Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


IV BOB. XX ASRNING BOSHLARIDA BOLA



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

68


IV BOB. XX ASRNING BOSHLARIDA BOLA
RIVOJLANISH NAZARIYALARI
Reja:
1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi.
2. Bolalar psixologiyasi predmeti.
3. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlarda XX asrning boshlarida bola 
rivojlanish nazariyalari haqida ilmiy bilimlarni hosil qilish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlarga bola psixik rivojlanishining 
ijtimoiy va biologik omillari ahamiyatini singdirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.
Tayanch tushunchalar: 
genetik metod, genetik psixologiya.
4.1. Psixik rivojlanish omillari muammolarining qo‘yilishi
XX 
asrning birinchi 10-yilligida bola shaxsi rivojlanishi 
muammosi bilan shug‘ullangan psixologlar orasida eng yetakchi- 
lari sifatida A.Bine, E.Meyman, D.Syolli, E.Klaperd, V.Shtern, 
A.Gezell va boshqalarni kiritish mumkin. Ingliz olimi Dj.Syol-
li inson psixikasini shakllanishiga nisbatan assotsiativ yondashuv 
pozitsiyasidan qaragan. U aql his-tuyg‘u va irodani psixikaning 
asosiy tarkibiy qismi sifatida ajratib ko‘rsatgan. Uning izlanishlari 
bolalar tarbiyasi amaliyoti uchun bolalardagi birinchi assotsiatsi- 
ya va ularni yuzaga kelishining ketma-ketligi tarkibini aniqlash- 
dan iborat edi.
M.Montessori Syollining izdoshi sifatida uning xulosalariga 
tayanib maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish jara­
yoni rivojlanish tizimini ishlab chiqdi. U bola shaxsini o‘rga- 
nishda ular rivojlanishining ichki impulslarini bilish va inobat- 
ga olish haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqadi. Bolalarning bu 
davri hissiylik davri deb e’tirof etilib, bu vaqtda o‘zining moyil- 
ligi mavjud bo‘lgan bilimlarini o‘zlashtirishga imkon berishi 
kerak. M.Montessori turli xil his-tuyg‘u va harakatlarni mashq
69


qildirish orqali ularni sekin-asta anglashga murakkablashtirish- 
ga, mukammallashtirishga katta ahamiyat qaratgan. Natijada bu 
tafakkur jarayonining rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalarning ta’limi va tarbiyasini tashkil etishga nis­
batan Montessorining g‘oyasi juda keng tarqaldi va hozirgi vaqt­
da Rossiyada bu tamoyillar bo‘yicha bir nechta bolalar bog‘chasi 
yoki guruhlarga qo‘llanilgan.
Nemis psixologi va pedagogi E.Meyman ham bolalarning bilish 
jarayonlarini rivojlanishi muammolariga, shuningdek, ta’limning 
metodologik asoslarini ishlab chiqishga asosiy e’tiborini qarat­
gan. Meyman tomonidan davrlashtirishda 3 bosqichga, ya’ni fan- 
tastik sintez bosqichi, analiz bosqichi, fikriy sintez bosqichlari- 
ga ajratilgan.
E.Meyman laboratoriyasi qoshida tashkil etilgan eksperimen- 
tal maktabda bolalarning ta’lim dasturlariga tayyorlik darajasini 
diagnostika qilish metodlari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ta’lim 
dasturlari va sinflarni shakllantirish mezonlari sinovdan o‘tka- 
zilgan (masalan, intellekt darajasi, qiziqishlari, o‘qituvchi bilan 
hamkorlik bo‘yicha).
Shveysariyalik psixolog E.Klapared Xollning rekapitulatsiya 
tasavvurlarini tanqid qilib chiqqan. Uning psixika filogenezi va 
ontogenezi umumiy mazmunga ega va bu rivojlanishning birinchi 
qatorini o‘xshashligiga olib keladi, ammo ularni bir xil demay- 
di. Klaparedning o‘ylashicha bola psixikasining rivojlanish bos­
qichlari instinktiv jihatdan aniqlanmagan, u qobiliyatlarni o‘zida 
shakllantirish g‘oyasini taqlid va o‘yin mexanizmlari yordamida 
deb hisoblagan. Tashqi omillar rivojlanishga ta’sir etib, uni yo‘na- 
lishini aniqlaydi hamda tempini kuchaytiradi.
Psixik rivojlanishni Klapared tafakkur rivojlanishiga teng- 
lashtirilgan va tafakkur tipining o‘zgarishiga tayanib 4 bosqich­
ga ajratgan. Birinchi bosqichda (2 yoshgacha) predmetlarning 
tashqi ko‘rinishini eslab qolish idrokni shakllanishi sodir bo‘la- 
di; 2-bosqichda (2 yoshdan 3 yoshgacha) nutqiy predmetlar nom- 
lari o‘zlashtiriladi. 3-bosqichda (3 yoshdan 7 yoshgacha) tafak-
70


kur bolaning umumiy aqliy qobiliyatlari 4-bosqichda (7 yoshdan
12 
yoshgacha) maxsus qiziqishlar shakllanadi va individning in­
dividual moyilliklari ifodalanadi.
E.Meyman va E.Klapared ishlari bolalar yosh davrlari psixo- 
logiyasiga asos bo‘ldi va uning predmetini aniqlab maxsus vazifa 
va muammolarni shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi pedalogi- 
ya pedagogikani rivojlanishi, bolalar psixik rivojlanishini tadqiq 
etishning ishonchli metodlarini ishlab chiqilishini taqozo etdi.
Fransuz psixologi A.Bine bolalar psixologiyasida testologik 
va normativ yo‘nalishlarning asoschisidir. Bine bolalarda tafak­
kur rivojlanishining darajalarini eksperimental tadqiq etdi. Ular­
ning oldiga tushunchalarni aniqlash topshirig‘ini qo‘ygan holda 
(«stul» nima, «ot» nima va boshqalar). Turli yoshdagi bolalar­
ning javoblarini umumlashtirib, u 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar 
tushunchalari rivojlanishining 3 bosqichini aniqladi: sanoq bos­
qichi, ta’riflash bosqichi va interpretatsiya bosqichi. Har bir bos­
qich ma’lum yosh bilan tenglashtirilgan va Bine intellektual rivoj- 
lanishni ma’lum normativlari mavjudligi haqida xulosa qildi.
Ta’lim vazirligi talabiga ko‘ra Bine rivojlanishda normadan 
og‘ishgan va shu tariqa yordamchi maktabda ta’lim olishga muh- 
toj bolgan bolalarni ajratib oluvchi metodni ishlab chiqdi. Ke- 
yinchalik u 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni intellektual 
rivojlanishning umumiy diagnostika qilish uchun testlar ishlab 
chiqdi. Har bir yosh davri uchun Bine murakkablik darajasi bo‘yi- 
cha variatsiyalari bilan intellektual rivojlanishini turli tomonlari- 
ni tadqiq etuvchi topshiriqlarni tanlab oldi. Ularga so‘z boyligini, 
sanoqni, xotirani, umumiy bilimini, makoniy mo‘ljalga olishni, 
mantiqiy tafakkurni va boshqalarni tekshiruvchi topshiriqlar kiri- 
tilgan. Bine g‘oyasiga ko‘ra, topshiriqlar bu yoshdagi barcha bola- 
larga xos bo‘lgan minimal malakaga yo‘naltirilgan. Faqat shunda- 
gina teng diagnostik sharoitda tug‘ma yuqori intellektual darajali 
bolalar, ya’ni qobiliyatli va tarbiyali bolalar bo‘ladilar. Binening 
shogirdi T. Simon tomonidan tuzilgan maxsus shkala yordamida 
bolaning aqliy yoshi hisoblangan.
71


Keyinroq aniqroq diagnostika qilish uchun nemis psixologi 
V.Shtem intellekt koeffitsientini kiritishni taklif etdi. Bine intel- 
lekt darajasi tug‘ma qobiliyat sifatida hayot mobaynida o‘zgarmay- 
di va turli topshiriqlarni bajarishga yo‘naltirilgan. Intellektual nor­
ma 70 dan 130% koeffitsient deb hisoblangan. Shunga ko‘ra aqlan 
qoloq bolalar 70% dan past ko‘rsatkichlarni olganlar, iqtidorlilar 
130% dan yuqori ko‘rsatkichni olganligini ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin