Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/240
tarix23.08.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#140204
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   240
Ривожланиш психологияси

11.3. D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid
dinamikasi haqidagi tasavvurlari
D.B.Elkonin (1904—1984) bolada insoniyatga xos bo'lgan qo- 
biliyatlar rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy in- 
soniy faoliyat usullarini o'zlashtirish muammosini o'rgangan. 
D.B.Elkoninning bola tug'ilgan onidanoq ijtimoiy mavjudot hi- 
soblanishini ta’kidlab, «jamiyatda bola» (bola va jamiyat emas) 
formulasinigina tan olgan. Bolaning bilish jarayoni ikki turdagi 
munosabatlar tizimida kechadi: «bola-ijtimoiy predmet» va «bo- 
la-ijtimoiy ulg'aygan inson». «Ijtimoiy ulg'aygan inson», pred- 
metlar bilan «harakatning ijtimoiy ishlab chiqilgan usullari», ha- 
yotning mazmun va me’yorlarini gavdalantiruvchi shaxs sifatida 
namoyon bo'ladi. Madaniyat asoslarini egallagan sari bola ha- 
yot sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol subyekti 
sifatida namoyon bo'ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayoni- 
da unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivoj- 
lanadi. Bolaning tug'ilganidan to 17 yoshigacha bo'lgan psixik 
rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtirilishi D.B.Elkonin to­
monidan yaratilgan bo'lib, «Bolalik yoshidagi psixik rivojlanish­
ni davrlashtirish muammosiga» (1971) maqolasida taqdim etilgan. 
D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqla- 
rini emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb 
hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — «bola rivojlanishining umu­
miy egri chizig'ida uning o'rni va funksional ahamiyati bilan- 
gina muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr» sifatida 
ko'rib chiqqan. Har bir psixologik yosh o'zaro murakkab mu- 
nosabatlarda bo'lgan ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivoj-
196


lanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yan­
gi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy 
sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi 
faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Ma’lum bir ijtimoiy vaziyat- 
dagi bolaning hayoti bilan, uning ikkinchi muhim tavsifini tash­
kil etuvchi ushbu yosh uchun xarakterli bo‘lgan bolaning faoliya­
ti chambarchas bog£liq. A.N.Leontev tomonidan ishlab chiqilgan 
yetakchi faoliyat tushunchasidan D.B.Elkonin psixologik yosh- 
larni ajratish mezoni sifatida foydalangan. Har bir yoshda faoli- 
yatning turli xil ko‘rinishlari tizimi mavjud, lekin yetakchi faoli­
yat unda alohida o‘rinni egallaydi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor 
shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq 
yo£lini (kattalar rahbarligida) bosib o£tadi. Yetakchi faoliyat — bu 
bolaning ko£p vaqtini oluvchi faoliyat emas. Bu psixik rivojla­
nish uchun uning ahamiyatiga ko‘ra, asosiy faoliyatdir: yetakchi 
faoliyat shaklida yuzaga keladi va uning ichida faoliyatni boshqa 
yangi turlari farqlanadi; (masalan, maktabgacha tarbiya yoshida­
gi o£yinda o£rganish elementlari birinchi marta yuzaga keladi va 
shakllanadi); yetakchi faoliyatda ayrim (xususiy) psixik jarayon­
lar shakllanadi yoki qayta tuziladi (o£yinda bolaning faol tasav­
vur jarayonlari shakllanadi); yetakchi faoliyatdan, rivojlanish­
ning ushbu davrida kuzatiladigan bola shaxsining o£zgarishlari 
bog‘liqdir (o‘yinda bola inson xulq-atvorining motiv va me’yor- 
larini egallaydi, bu esa shaxs shakllanishining muhim tomonini 
tashkil etadi). D.B.Elkonin bolalikdagi psixologik yoshlar ket- 
ma-ketligini quyidagicha taqsimlagan: chaqaloqlik davri inqiro- 
zi; go£daklik (2 oylikdan 1 yoshgacha); kattalar bilan bevosita 
emotsional muloqot; 1 yosh inqirozi; ilk bolalik (1—3 yosh); vo- 
sitali — predmetli (predmetli — harakatli) faoliyat; 3 yosh inqiro­
zi; maktabgacha tarbiya yoshi (3—7 yosh); rolli o£yin; yetti yosh 
inqirozi; kichik maktab yoshi (8-12 yosh) o£quv faoliyati; 11-12 
yosh inqirozi; o£smirlik yoshi (11—15 yosh) tengdoshlar bilan in- 
tim (jinsiy) shaxsiy munosabat; 15 yosh inqirozi. Faoliyat ichida 
psixologik yangi tuzilmalar yuzaga keladi va rivojlanadi. Bir ye-
197


takchi faoliyatning boshqasi bilan almashinuvida inqiroz sodir 
bo‘ladi (masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘yin faoliyatini 
kichik maktab yoshidagilar uchun xos bo'lgan o'quv faoliyati bi­
lan almashinuvi). Mazmun-mohiyatidan (tuzilishidan) bog'liqlik- 
da munosabatlar inqirozi (3—11 yosh) va dunyoqarashlar inqiro­
zi (1—7 yosh) farqlanadi. D.B.Elkonin o'zining bolalikdagi psixik 
rivojlanish chizmasida ontogenezda faoliyatning ikki turini al- 
mashinishi, davriy almashinuv g'oyasini ishlab chiqqan. Ushbu 
qadam predmetli harakatning tuzilishi va shakllanishiga bag'ish- 
langan. A.V.Zaparojets psixik jarayonlarni oriyentatsion jarayon- 
larning bir ko'rinishi deb hisoblagan. Misol uchun, idrok — bu 
predmetlar xususiyatlari va sifatlariga diqqatni qaratish, tafakkur
— ularning aloqalari va munosabatlariga diqqatni qaratish, emot- 
siya esa — shaxs ahamiyatiga diqqatni qaratishdir. A.V.Zaparojets 
ixtiyoriy harakatlar va ularni bolalarda shakllanishi tadqiqotlari- 
da, harakatning yetakchi qismi sifatida oriyentatsiya roli va ori- 
yentatsiyani bir qancha bosqichlarini tashqi yo'nalgandan, ichki 
yo'nalganga bosib o'tishi haqidagi xulosaga keldi. P.Ya.Galperin 
ichki, aqliy faoliyatning rivojlanishini o'rgangan. P.Ya.Galperin 
harakatning uch komponentidan (tarkibiy qismidan) — oriyentat­
siya, bajarish va nazoratdan, ko'proq ahamiyatga ega deb ori- 
yentatsiyani hisoblaydi. To'g'ri yo'naltirilgan oriyentatsiya asosi 
birinchi urinishdayoq harakatni to'g'ri bajarish imkonini bera­
di. Asta-sekin (bosqichma-bosqich) harakatlar interiorizatsiya- 
si va uni ichki, aqliy harakatga aylanishi sodir bo'ladi. Shunday 
qilib, har bir inson harakatida uning ikki tomoni, ikki qismini 
oriyentatsion va bajarishni ajratish mumkin. Oriyentatsiya faza- 
si (davri) bajarishdan oldin kechadi. U ayniqsa yangi predmet­
li harakatni egallashning boshlang'ich bosqichlarida keng tashkil 
etiladi. Harakatning aynan oriyentatsion qismi interiorizatsiyaga 
uchraydi va psixika funksional rivojlanishining asosiy mazmuni- 
ni tashkil qiladi. Faoliyatda ikki — motivatsion va operatsion to- 
monlarni ajratib ko'rsatish mumkin. Ular bir tekis rivojlanmay- 
di, xususan har bir yosh davrida faoliyatning alohida tomonlarini
198


rivojlanish sur’ati o‘zgaradi. D.B.Elkonin faraziga muvofiq, bar­
cha bolalik yoshlari ikki turga boMinishi mumkin: birinchi tur­
dagi yoshlarda (bu go‘daklik, maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalik, o‘smirlik yoshi) bolada ko‘proq biror faoliyatning ijtimoiy 
motivatsion tomonlari rivojlanadi; bolaning munosabatlar, motiv- 
lar inson harakatlari mazmuni tizimidagi oriyentatsiyasi shaklla­
nadi; birinchi turdan keyingi, ikkinchi turdagi yoshlarda (bu ilk 
bolalik, kichik maktab yoshi, ilk o‘spirinlik) bolada ushbu faoli­
yatning endi operatsion tomoni rivojlanadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin