Psychikos ruhiy, ruhiyat yuksak darajada tashkil topgan materiya



Yüklə 117,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix30.10.2022
ölçüsü117,05 Kb.
#66875
Psixika - Vikipediya



Qidi
Psixika
Psixika (
yunoncha
: psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya
(miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi,
tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. P.
materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu P.ning mavjudlik usuli (P. miya xususiyati)da va
uning mazmuni (P. — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. P. materiya
taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli
yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning
mo ologik- ziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda ne si-stemasining vujudga kelishi
va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi
jarayonida rivojlangan. P.ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan
hayvonlarda bosh miyadir. P. — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir. Psixik faoliyat
doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir.
Ayni vaqtda P. obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos
faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. psixik jarayonlar, holatlar va insonning
psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo
boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga
kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning
emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat
inson-gagina xos P. shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati
— ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini
rejalashtirishdan iborat. Inson obʼyektiv voqelikdagi predmetlar va hodisalarni tajribaga
asoslanib idrok qiladi. Insonning psixik faoliyati asosida birinchi va ikkinchi signal
sistemalarining oʻzaro taʼsiri yotadi. P.ning muhim tomoni uning ref-lektorlik tabiati, yaʼni
re ekslar hosil boʻlishi, bu jarayonning toʻxtov-siz va qatʼiy kechishidir. Real P. faoliyat
koʻrinishida mavjud. Faoliyatda u shakllanadi, namoyon boʻladi va bilib olinadi. Inson


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
P.sining shakllanishida taʼlim va tarbiya muhim rol oʻynaydi. Taʼlim va mehnat jarayonida har
bir shaxs P.sining individual rivojlanishi yuz beradi, bu insoniyat toʻplagan moddiy va
maʼna-viy boyliklarni oʻzlashtirishdan ibo-ratdir. P.ni psixologiya oʻrganadi.
Ergash Gʻoziyev.
[1]

OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Psixi
ka&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Psixika&oldid=2854600
" dan 
olindi 
Manbalar

Yüklə 117,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin