56
“Ilohiynoma”dan “Ali va chumoli”, “Dunyo mohiyati”, “Asrornoma”dan “Suvdagi
aks”, “Sham ko„targan nodon” kabi hikoyatlar;
2. Miraziz A‟zam. Kuzgi yaproqlar. To„rt buyuk qoya etagida (tarjimalar).
”Asrornoma”dan “Qafasdagi to„ti”, “Sulaymon bilan chivin”, “Ilohiynoma”dan
“Ko„karmasdan burun meva bergan daraxt”, “Shayxning mushugi”, “Mantiq ut-
tayr”dan “Pir ila shoh”.
“Izlanishlar” bosqichida esa quyidagi usullarni qo„llash orqali tavsiya etilgan
adabiyotlar o„quvchilar tomonidan qay darajada o„qib-o„rganilayotgani aniqlanadi:
1.
“Davomini siz ayting” usuli. Mazkur
usuldan adabiyot darslarida
uyushtiriladigan “Lirik chekinish”lar chog„ida foydalanish mumkin. Buning uchun
dastlab o„quvchilar badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga ahamiyatli sanalgan
asarlar tanlanadi. So„ngra asarlarning ayrim o„rinlari o„qituvchi tomonidan yoddan
o„qiladi yoki magnit tasmasiga yozib olinib, o„quvchilar e‟tiboriga havola qilinadi.
O„quvchilar bu lavha ijodi o„rganilayotgan adibning qaysi asaridan
olinganligi; agar matn dialog shaklida bo„lsa, suhbat kimlarning o„rtasida bo„lib
o„tganligi; monolog tarzidagi matn qaysi qahramon
nutqiga tegishli ekanligi;
hikoyat kim tomonidan o„zbek tiliga tarjima qilinganligi; keltirilgan parchadan
so„ng voqealar davomi qanday yakun topganligini qisqacha hikoya
qilib berishlari,
shuningdek, asarda ilgari surilgan g„oyani izohlashlari va xulosalarini bayon
etishlari zarur bo„ladi.
Masalan, o„qituvchi tomonidan ifodali o„qilgan “Ko„karmasdan burun meva
bergan daraxt” parchasi DVD diskidan qo„yib eshittiriladi. Attorning “Ilohiynoma”
dostonidan keltirilgan parchada Sharq xalqlari orasida adolatli hukmdor deb nom
qozongan No„shiravon va donishmand chol o„rtasidagi
muloqot jarayoni aks
ettiriladi. Asar o„zbek kitobxonlariga shoir Miraziz A‟zam tarjimasida taqdim
etilgan.
Kunlarning birida No„shiravoni Odil o„z amaldorlari bilan mamlakati
sarhadlarini aylangani chiqibdi. Tog„-toshlar, bog„-rog„lar kezib, daryo-ko„llardan
o„tib, nihoyat bir sahroga yetib kelibdilar. Bu yerda shohning ko„zi quduqdan suv
tashib, ko„chat o„tqazayotgan mo„ysafidga tushadi.
Otidan tushib, u bilan suhbat
quradi. No„shiravonga cholning daraxtlar hosili kelgusi nasllarga atalganligi
haqidagi purma‟no javoblari xush yoqadi.
Unga ishlarida kuch-g„ayratlar tilab, lutf-marhamatlar ko„rsatadi
va oltin-
kumushlar in‟om qiladi. Chol esa mehnati besamar ketmaganligi, nihollar
ekilmasidan oldin o„z nishonasini ko„rsatganligidan mamnun bo„ladi. Asarda yoshi
anchaga borib qolgan qariyaning cho„lni obod etib, bog„ barpo etishi tasviri orqali
oliyjanoblik va bunyodkorlik g„oyalari ulug„lanadi. Inson xoh u shoh bo„lsin, xoh
oddiy fuqaro bu o„tkinchi dunyoda ezgu nom qoldirishi uchun savob ishlar qilishga
da‟vat etiladi, yaratuvchanlikka ruhlantiriladi. Har qanday ko„rinishda bo„lishidan
qat‟iy nazar, o„zgalarga yaxshiliklar sog„inishi, ko„ngillarni shod aylash ishqi bilan
yashashi insoniylik belgisi ekanligi ta‟kidlanadi.
Shuningdek, unda ajdodlar kelajak avlodlar uchun o„zlaridan ma‟naviy va
moddiy meros qoldirishga mas‟ulligi haqidagi g„oya ham ilgari suriladi.
Hikoyat
57
mazmunan o„zbek xalqining “Yaxshidan bog„ qoladi” maqoliga yaqin va
hamohangdir, degan xulosaga kelish mumkin.
Hikoyat davomi shu tarzda nihoyasiga yetkaziladi va unga 4-5 daqiqa vaqt
sarflanishi ko„zda tutiladi.
2. Navbatdagi usul
“Kim nimani bilib oldi?” deb nomlanadi.
Bunda
o„quvchilarning mustaqil o„qishlari darsdan tashqari vaqtlarda maxsus
so„rovnomalar o„tkazish yo„li bilan aniqlanadi. Savol va topshiriqlarda quyidagilar
aks etadi:
1. Ism-familiyangiz?
2. Tavsiya etilgan asarlardan qaysilarini o„qidingiz?
3.O„zingizga manzur bo„lgan hikoyat va hikmatlardan namunalar keltiring.
4. Qaysi qahramonlarning xatti-harakatlari sizga ma‟qul bo„ldi?
5. Voqealar bo„lib o„tgan joylardagi tabiat manzaralarini tasvirlang.
6. Asarning o„zingizga yoqqan lavhalaridan misollar keltiring.
Sahifa yakuniga “Qiziqsangiz, bir o„qib ko„ring...” jumlalari qayd etilib, har
bir o„quvchi uchun muayyan asardan alohida tanlab
olingan parchalar taqdim
etiladi. Jumladan:
Ali yo„lda borarkan shasht ila to,
Chumoliga ziyon etkazdi nogoh.
Chumoli qo„l-oyoq silkirdi nolon,
Ali ko„rdi va bo„ldi ko„ngli vayron...
1
Bir beozor jonzotga behosdan aziyat yetkazib qo„ygan hikoyat
qahramonining ko„nglidan nimalar kechganligini bilish istagidagi o„quvchi,
albatta, kitob varaqlashga kirishishi, shubhasiz.
Izlanishlari samarasini belgilab beruvchi mashg„ulot ko„rinishidagi
Dostları ilə paylaş: