Publications


ko„zida yosh kelgan sarson-sargardon kishilarga



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

ko„zida yosh kelgan sarson-sargardon kishilarga (hayajon bilan), qanday 
yordam berishni bilmay, (kichik pauza) qattiq qayg„uga cho„mgan edi
1
.
(afsuslanish ohangida o„qish, ovoz ko„tariladi va tushadi)
Parchadagi mantiqiy urg„u tushishi mumkin bo„lgan so„zlar talaffuzida ovoz 
imkoniyatlari ishga solinib, ifodali o„qilishidan buzg„unchilikka qo„l urgan 
qarovsiz va yetim bolalar yaqinlarining mustarligi va Hirot zamini farzandlari 
kelajagidan kuyunayotgan Shaxsning o„ksik qalbini to„lig„icha tasavvur qilish 
imkoniyati yuzaga keltiriladi.
So„zlarni aniq talaffuz qilish; talaffuzda bo„g„inlarga e‟tibor berish; nutq 
maromi (tez, o„rta, sekin)ni o„zgartirib turish; ovoz balandligi (past, o„rta, 
yuqori)ga ahamiyat qaratish orqali his-hayajonni ifodalay olish, (buning uchun 
aynan bir so„zni turli ohanglarda talaffuz qilish) ifodali o„qish ko„nikmalarini 
takomillashtirishga zamin yaratadi.
 “Karvon sokin bir salobat va marom bilan ilgarilaydi, har kim o„z o„y-
xayoli bilan band... Faqatgina Mahmud Zamaxshariy bilan yonma-yon borayotgan
gurganjlik zargar Jaloliddin tinmay gapiradi...”
2
.
P.Shermuhamedovning “Yaxshilar bahori yoxud Mahmud Zamaxshariy 
dahosi” asaridan olingan mazkur parchaga vazmin ohang yuklab salmoq bilan 
o„qilishi o„quvchilarning haj safariga otlangan Zamaxshariy va hamrohlarini, Jidda 
bilan Makkai mukarrama orasidagi bepoyon dashtlardagi xurmozor bog„lar 
yonidan asta-sekinlik bilan odimlayotgan tuyalar karvonini tasavvurida 
jonlantirishga, ziyoratchilarning tashqi va ichki portretini idrok etishga yordam 
beradi.
Ifodali o„qish texnikasi ustida ishlashni to„g„ri talaffuzning eng sodda 
usullari, jumladan, savodli nutqdan boshlash zarur. Nutq savodini (to„g„ri nafas 
olish, urg„uni to„g„ri qo„yish, aniq talaffuz) o„qituvchi mashg„ulot jarayonida 
ko„rsatib beradi. Asosiysi – ovoz bilan fikr va hislarning turli tovlanishlarini bera 
olish ko„nikmasidir. Aynan turli intonatsiyalarning mavjudligi ifodali va oddiy 
nutqni bir-biridan ajratib turadi.
Har bir belgi so„z, so„z birikmalari va gap turlarining qanday ma‟no 
ifodalashiga xizmat qiladi. Yakka tinish belgilari butunni qismlarga ajratadi va ular 
orasidagi chegarani belgilaydi. Nuqta gap tugaganligini anglatib, uning ma‟no 
jihatdan yakunlanganligini ko„rsatadi, ko„p nuqta esa fikr tugallanmaganligini 
bildiradi. Ikki nuqta ogohlantirish intonatsiyasiga xizmat qiladi. Qo„shtirnoq 
o„zgalar nutqi, qavslar ikkilamchi fikrni ifodalaydi va hokazo. Masalan, 
Muhammad Alining quyidagi fardida qo„llanilgan tinish belgilari ayrim kaltabin, 
nokas kimsalar vaziyatga qarab buqalamun kabi qiyofasini o„zgartirishi, ezgulikni 
qadrlay olmasligini baholashga zamin yaratadi:
 
Yelkamga oyoq qo„yishib, yana: 
“Yelkang qattiq!” – deya qilurlar ta‟na!.. 
1
 
1
Оmon Muxtor. Navoiy va rassom Abulxayr. –Т.: Sharq, 2006. –206-bet. 
2
Shermuhamedov P. Yaxshilar bahori yoxud Mahmud Zamaxshariy dahosi. –Т.: Noshir, 2010. – 99-bet. 


65 
Adabiy talaffuzni to„g„rilash uchun o„quvchilarga o„qituvchi va suxandonlar 
nutqini diqqat bilan tinglash, so„z talaffuzini orfoepik lug„atdan tekshirib olish 
tavsiya etiladi. Badiiy matn ustida ishlayotganda o„quvchilar ifodali o„qishga, 
muallif fikrini intonatsiya bilan bera olishga, qalamga olingan voqeani fikran 
tasavvur qilishga o„rganadilar. 
Aynan bir iborani turlicha marom va intonatsiya bilan talaffuz qilish 
mumkin. Fikr bildirish maromi matn mazmuniga ko„ra quvonchli, qayg„uli, 
tantanali, ishonchli, da‟vatkor, iltimos singari turli ohangda ifoda etiladi.
Og„zaki nutqda ma‟nosi muhimroq bo„lgan so„z, ibora yoki gaplar ovozni 
balandlatish – mantiqiy urg„u bilan ajratib ko„rsatiladi. Ovoz chiqarib ifodali 
o„qish his-tuyg„ularni ifodalash madaniyatini tarbiyalaydi.
O„qish texnikasi ta‟limning barcha bosqichlarida matn mazmunini tushunish 
ko„nikmasi bilan bir paytda ro„y beradi. Ifodali o„qish ko„nikmasini 
mustahkamlash va takomillashtirib borishda alohida mashg„ulotlar tashkil qilish
bunga tayyorgarlik jarayonida o„quvchini shoir yoki yozuvchining hammuallifi 
bo„lib qolishiga ishontirish muhim o„rin tutadi.
9-sinfda Ikrom Otamurodning “O„rin” dostonini ifodali o„qishga o„rgatishda 
olam va odamning yaralishi, hayotda har kimning o„z o„rni borligi yoki 
aksinchaligi anglanishiga erishiladi. Shoir kun va tun, yer va osmon, botin va 
zohir, sobitlik va lafzsizlik, diyonat va nafs, ibtido va intiho, toqatsizlik va 
chidam, keksa va yosh kabi bir-biriga zid tushunchalarni yonma-yon qo„llash 
orqali inson hayotining dramatik holatlarini aks ettirishga harakat qilganiga e‟tibor 
qilaylik: Andisha nochor kibor tovidan. Qadr dog„lanadi ilashsa jabr. Burd 
yo„qolgaydir beburd sovidan. Dilga madaddir dildagi sabr
2
. 
Dostonda lirik qahramon yuragini qiymalab og„riq berayotgan dard-alamlar 
qisqagina “... Nimadir... ... Qachondir... ... Kimdir...” misralariga mohirlik bilan 
singdirilgan.
So„roq va gumon olmoshlaridagi ohangni ilg„ab, satrlar boshi va oxiridagi 
uch, bandlar orasidagi ko„p nuqtalar mavjud o„rinlarda sukut saqlab, to„xtamlarga 
rioya qilib ifodali o„qish dunyoning o„tkinchiligi haqida insoniyatga shu kungacha 
jumboq bo„lib kelayotgan va yechimiga javob izlanayotgan muammolar haqida 
mushohada yuritishga chorlaydi. Koinotning cheksizligi, osmon jismlarining 
harakatlari, zamon va makon o„rtasidagi bog„liqlik haqida o„ylashga majbur etadi. 
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida ifodali o„qish rejasi o„qituvchining 
yoddan o„qishi, asarning g„oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida suhbat o„tkazish, 
nutq kompozitsiyasi ustida ishlash, intonatsiya va maromni aniqlash, qayta 
hikoyalash kabi faoliyat turlarini ko„zda tutgan holda tuziladi. 
Asarni ifodali o„qish doim uning tahlili bilan bog„liq. Tahlil badiiy asarning 
o„ziga xosligi haqida o„quvchilar tasavvurini chuqurlashtiradi, undagi nafosatni 
his qilishga imkon beradi. Masalan, 6-sinfda o„quvchilarni Hamid Olimjon ijodi 
bilan chuqurroq tanishtirishga mo„ljallangan mashg„ulotlarda adabiyotshunos olim 
1
XX asr she‟riyati antologiyasi. Мuhammad Аli. Fardlar. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. – 176-bet. 
2
Ikrom Otamurod. O„rin. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013. №3, – 32-bet. 


66 
N.Karimovning “Hamid Olimjon” nomli ma‟rifiy-biografik romanidan unumli 
foydalanish o„quvchini shoir shaxsiyatining noma‟lum qirralaridan voqif etadi.
O„qituvchining kirish so„zi “Eng gullagan yoshlik chog„imda”, “Xayolimda 
bo„lding uzun kun”, “O„rik gullaganda” kabi she‟rlarning yozilish tarixi bilan 
boyitilsa, shoir ijodiy ustaxonasi haqida kengroq tushunchaga ega bo„linadi. 
“O„rik gullaganda” – tabiatning yaratuvchanlik qudratidan junbushga kelgan 
sohir qalb tuyg„ulari mahsuli. She‟r 1937-yilning 30-martida yozilgan. 
Qozog„iston safaridan qaytgan kuni saharlab uyg„ongan shoir ilohiy mo„jiza 
qoshida lol qoladi. “Derazadan quyosh yog„dusi emas, balki allaqanday 
pushtirang shu‟la tushib, uning ko„zini qamashtirib yubordi. Kuni kecha u 
Olmaotaga yo„l olganida, hali mast uyquda yotgan o„rik daraxti chaman bo„lib 
ochilgan edi”
1
.
Shoirni to„lqinlantirgan bu latiflikdan ohorli tashbehlar dunyoga keladi: 
“Novdalarni bezab g„unchalar, Tongda aytdi hayot otini...” 
Ushbu voqea hikoya qilingach, she‟r yoddan ifodali o„qilishi, unga 
bastlangan qo„shiq eshittirilishi o„quvchilarni xayolan lirik qahramonning o„sha 
paytda tuygan holatni chuqurroq anglashga, asar g„oyasini idrok qilishga yordam 
beradi. Turli janrdagi asarlarni idrok etish asosida o„quvchi so„z zamiridagi ma‟no 
tovlanishlaridan zavqlanadi, inson ruhiyati bilan bog„liq sir-sinoatlarni anglash sari 
qadam qo„yadi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin