70
“tafakkurning bilmaslikdan bilishga, bilishning chalaligi yoki noaniqlikdan to„liq
va aniq shakliga o„tkazadigan samarali vosita”
1
sifatida baholaydi.
Mashg„ulotga tayyorgarlik chog„ida savollarning xususiyatini o„ylab
ko„rish, maqsadini aniqlab olish muhim.
Suhbat mantiqiy izchilligi, aniqligi va
mazmuni bilan ajralib turadi. Savollar o„rganilayotgan asarni anglashga
yo„naltirilishi, o„quvchilar faoliyatini jadallashtirishi, mustaqil xulosa chiqarish va
umumlashtirishga harakat qildirishi lozim.
Yangi materialni o„rganish, mustahkamlash va
umumlashtirish jarayonida
uyushtiriladigan suhbat o„quvchilarning bilim darajasini baholashga yordam
beradi.
Ulug„bek Hamdamning 8-sinflarga mustaqil o„qishga tavsiya etish mumkin
bo„lgan “Na‟matak” mini romani butun borliq sinoatlarini o„zida jo etgan Ism,
uning mohiyatini anglatish muammosiga bag„ishlangan. “Har
qanday hikmatning
ibtidosida fikr turadi, fikr o„zlashgach, hikmat maqomlarining pillapoyasi
boshlanadi. Maqomlar hududiga o„tgan shaxs oqimlar shamolida g„ildirab
ketavermaydi, har on, damning ASL mazmunini uqib, Ismlar siriga boraveradi”
2
.
Asar yuzasidan quyidagicha savollar tuzish adib g„oyasi,
maqsad-
muddaosini tushunishga imkon yaratadi:
1. Na‟matak obraziga qanday g„oya singdirilgan? (Insonning O„zligini
anglashi)
2. Bobolar o„rtasidagi nifoqning asl sababi nimada edi? (Nafs)
3. Ajdodlar adovatiga nima barham beradi? (Avlodlar muhabbati)
4. Inson qachon Asliga yetishadi? (Ismini topganida)
5. Asarda qo„llanilgan hikmatning kaliti qaysi satrlarga yuklangan?
(“Qanday ko„z-la boqsa, odam olamga, shunday javob aylar olam odamga,
degan
ekan donishlar, degan ekan, degan, to„liq hukm shaklida)
3
.
Suhbat chog„ida muomala madaniyatiga o„rgatish ham o„quvchilarni
axloqiy-estetik tarbiyalashga xizmat qiladi.
Ta‟kidlash joizki, o„qituvchi muammoli vaziyatlar yaratishga yo„naltirilgan
dastlabki savollardanoq asarda qo„yilgan asosiy muammo mohiyatini ochishni
nazarda tutishi zarur. O„quvchilar javobini o„z vaqtida umumlashtirish,
aniqlik
kiritish va to„ldirishga qaratilgan suhbat o„qituvchidan alohida diqqat-e‟tibor talab
etadi.
Suhbat erkin bahs-munozara tarzida o„tkazilib, jarayonda o„quvchi
javoblariga mustaqil fikrlash sifatida qaraladi: unda tezis (isbotlanayotgan narsa)
va isbot bo„ladi. Agar o„quvchi o„rganilayotgan asar janrini aniqlashga doir
savolga javob berish topshirig„ini olgan bo„lsa, eng avvalo,
tezis tarzidagi fikrini
aytishi kerak. O„quvchining izohi, isbotlari uning haqiqiy bilimini aniqlashga
yordam beradi.
1
Husanboyeva Q. Adabiyot – ma‟naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. –T.: Alisher Navoiy nomidagi
O„zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti, 2009. – 119-бет.
2
Ulug„bek Hamdam. Na‟matak. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 93-bet.
3
Тurdimov Sh. Ismdagi sir. //Sharq yulduzi. –Т.: 2013, №3. – 96-bet.
71
O„quvchini baholashda javobning to„g„riligi, fikrini izchil bayon etishi,
o„rganilgan materialni tushunish darajasi (isbot uchun keltirgan fikrlarining
aniqligi) hisobga olinishi zarur.
Dostları ilə paylaş: