Publications


-§. Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida ijodiy topshiriqlar va



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

2.2-§. Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida ijodiy topshiriqlar va 
mustaqil ishlar 
Ijodiy o„qish metodida o„quvchilarning matnni idrok etish, tafakkurini 
rivojlantirishga qaratilgan yelimlash, o„xshatish, insoniylashtirish, ta‟kidlash, 
tipiklashtirish, qiyoslash kabi topshiriqlarga alohida o„rin ajratiladi. Bu turdagi 
ishlarni tashkil etish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin: 
Yelimlash. Bu usulning o„ziga xosligi doston, qissa, roman, drama kabi 
yirik hajmli adabiy asarlarning qismlari, epizodlari va parchalarining yoki 
yozuvchi ijodining leymotivini belgilashda u yaratgan asarlarning g„oyaviy-badiiy 
mohiyatini ochishga yo„naltirilgan detallarning ulanishi bilan belgilanadi. Masalan, 
Cho„lpon ijodi asosini tashkil etuvchi inson sha‟ni, yurt ozodligi va obodligi har 
qanday boylikdan ustunligi Erk va Hurriyat obrazlari orqali umumlashtirilib
Binafsha yoki Go„zal ko„rinishida talqin etilishini namuna tarzida izohlanishi 
mumkin. 
O„xshatish. Mavjud namunalarga nimasi bilandir o„xshab ketadigan obraz, 
matn yoki vaziyat hosil qilinadi. Jumladan, Navoiyning “Sab‟ai sayyor” 
dostonidagi Junaning yashindan ham tez harakatlanadigan “Sariyus sayr” ulovi
samolyot yoki tezyurar poyezdlarni, Iskandar olimlari kashf qilgan sirli qurol 
portlatuvchi bombalar tasvirini ifodalashi haqidagi fikrlar bayon etiladi.
“Saddai Iskandariy”da Xitoy hoqoni Iskandarga tuhfa etgan “Oinai Chin” 
ko„zgusi avtoulov boshqarayotgan shaxsning alkogolli ichimlik iste‟mol qilgan 
yoki qilmaganini aniqlash moslamasiga o„xshab ketishi borasidagi o„xshatishlar 
talqin qilinadi. 
“Ikkinchi iqlim yo„lidan keltirilgan musofir hikoyati”dagi Zayd zahhob 
yasagan taxt zamonaviy eskalator yoki liftning Navoiy orzusidagi ko„rinishidir. 
“Bu g„aroyib taxt sakkiz poyali bo„lib, to„rttasi yuqoriroqda, yana to„rttasi 
pastroqda edi... Duru la‟llar bilan bezatilgan bu taxtning zinasi ham sakkiz poyali 
bo„lib, shunday ishlangan ediki, shoh taxtga chiqmoqchi bo„lganida, u poyalar 
pasayib ustma-ust taxlanar, qadam bosgach, u poyalar ko„tarilib, ...taxt ustiga 
chiqar, ...qaysi tomonga yurmoqchi bo„lsa, ...salgina ishorat bilan yura 
boshlardi”
1
.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin