Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Og„zaki tasvirlash psixologik va badiiy taktni talab qiladi. U har qanday
adabiy janrga mansub asar matni ustida ishlashda qo„llanilishi mumkin. Asar
mazmunini o„z so„zlari bilan hikoyalash o„quvchi idrokini uyg„otadi. Masalan,
G„.G„ulomning “Shum bola” asaridagi Shum bola yoki X.To„xtaboevning “Sariq
devni minib” qissasidagi Hoshimjon obraziga xos xususiyatlarni aks ettirishda
nutqni san‟atkorona ifodalash talab etiladi.
Sehrli qalpoqchasini kiyib Soraxon folbinnikiga sayohat uyushtirgan
Hoshimjonning yerto„lada sinfdoshi Mirobiddinxo„ja nayranglariga guvohi bo„lishi
jarayonidagi qo„rquv, hayrat, g„azab kabi ruhiy o„zgarishlarni ifodalashlari
misolida qayta hikoyalashga xos zaruriy me‟yorlar o„zlashtiriladi. Qahramonlar
o„rtasidagi dialoglarni bayon etish jarayoni o„quvchilarning nutq madaniyatini
takomillashtirish, matndagi ko„chirmalarni o„zlashtirma gaplarga aylantirish
malakalarini shakllantiradi.
O„quvchilar matn mazmunini so„z vositasida og„zaki ifodalashga jiddiy
tayyorgarlik ko„rishi lozim. Buning uchun oldindan bayon rejasini belgilab olish,
zaruriy ko„chirmalarni tanlash, shakldosh, ma‟nodosh, zid va ko„chma ma‟noli
so„zlar, tasviriy ifodalarni aniqlash, obrazlar, portret, tabiat manzaralarni izchillik
bilan yoritish talab etiladi. Jumladan, Rauf Parfining “Tong otmoqda...”
1
she‟ridagi
obrazli fikrni so„z vositasida tasvirlash (rasm chizish) usulidan foydalanib tahlil
qilish o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va tasavvurlarini rivojlantirish, xayolot
dunyosini boyitish hamda bog„lanishli nutqini o„stirishda muhim o„rin tutadi.
She‟rda tun va kun almashish hodisasi badiiy gavdalantirilgan. Quyosh kamonidan yog„ilayotgan zarrin nurlarga ko„ksi qalqon bo„lgan ona zamin bag„rida hayot kurtaklari ko„z ochadi. Butun borliq zumrad ipaklardan naqshlangan harir libosga burkanadi. Har tongni ezgu niyatlar bilan qarshi olar ekan, lirik qahramon yaxshilarga yuragini payvand etishga, yashashdan asl maqsadini anglashga intiladi. Matn ustida ishlashning yana bir turi o„zlashtirilgan parchalar asosida
mo„yqalam va ranglar, kompyuterning “Paint” dasturi imkoniyatlaridan foydalanib