77
o„rik” she‟ri bilan mustaqil tanishishda grafik tasvirlash usulidan foydalanish
o„quvchilarning ijtimoiy munosabatlar mohiyati haqida fikr yuritishga,
tasavvurlarini o„stirishga, dunyoqarashini boyitishga yordam beradi.
Dastlab she‟rda ilgari surilgan g„oya yuzasidan savollar bilan murojaat
qilinishi maqsadga muvofiq. Masalan:
1. She‟rning aynan “Bir tup o„rik” deb nomlanishi sababi haqida o„ylab
ko„rdingizmi?
2. Chizgan rasmlaringizdagi daraxt tasvirini qanday izohlaysiz?
Matn quyidagicha reja asosida tahlil qilinadi.
1. O„rik ko„lankasi bilan do„stlashdi.
2. Soya yo„q bo„lib qoldi.
3. Sodda daraxt aldandi.
Muallif qiyinchiliklarsiz ulg„aygan, takabbur,
hayotga yengil-yelpi
qaraydigan, yolg„iz o„zi o„sgan o„g„il-qizlarni daraxt qiyofasida aks ettirgan.
She‟r nomlanishida ramziy ma‟no mujassam. Chin do„sti yo„q insonlar bir
tup o„rikka qiyoslangan. Qiyg„os gullagan daraxt shoir nazarda tutgan kishilar
hayotining ayni navqiron, omadli va baxtiyor damlari bo„lsa; boshiga ish
tushganda yolg„izlanib qolishi lavhasi esa yomg„irli kunda gullari yerga yakson
bo„lgan o„rik qiyofasida jonlantiriladi.
Unda so„z faqat daraxt haqida borayotgani yo„q. Barcha orzu-istaklari to„kis
ado etilib, oilada bitta o„zi katta bo„lgan erka va arzanda o„g„il-qizlar bir tup o„rik
obrazida gavdalantirilgan. Chunki yolg„iz
farzandlarning hammasi ham
qiyinchiliklarsiz voyaga yetadi, degan xulosaga kelish noo„rin.
Tajribasizlik, hammani o„zidek bilish, faqat bugungi kunini o„ylashlik,
gohida yaqin insonlarining maslahatlariga quloq solmaslik, manmanlik – inson
boshiga tushuvchi ko„rgiliklarning asosiy sabablaridandir.
Soya toifasidagi kishilar bilan do„stlashganidan bilinadiki, hayotga faqat bir
yoqlama qaraydigan, kalta o„ylaydigan, ishonuvchan, g„o„r
va adashgan insonlar
o„rik obrazida namoyon bo„ladi.
Turli qiyofalarda bo„y ko„rsatgan soya esa amaling, obro„-e‟tiboring, mol-
davlating bor paytda o„zini do„st qilib ko„rsatishga urinadigan ikkiyuzlamachi,
munofiq va laganbardor kimsalar timsolidir. O„zboshimchalik, kibr-u havo, yon-
atrofidagilarga bepisandlik, loqaydlik va yakkalik insonni muammolar girdobi sari
yetaklovchi illatlar sirasiga kiradi. Daraxt halokatining sabablarini ham shunga
mengzash mumkin. Soyaning yolg„on maqtovlari, balandparvoz gaplariga ishonib,
bulutli kunda uni kutib, yomg„irda qolgan o„rik qiyofasida
boshiga kulfat tushib,
yaqin hamdardga muhtojlik sezgan insonlar aks ettiriladi.
Soxta do„stlarning asl qiyofasi, maqsad-muddaosi mushkul ahvolda
qolganda yaqqol namoyon bo„ladi. Unday insonlar qiyin damlaringda xuddi
soyadek ko„rinmay qolishadi, huzur-halovati yo„lida hech narsadan tap
tortishmaydi. Faqat moddiy manfaat ilinjida
yaqinlashadigan odamlardan
yaxshilik, mehr-muruvvat kutib bo„lmaydi. Har qanday vaziyatda qo„llab-
78
quvvatlovchi, yelkadosh, suyanchiq bo„la oladigan insonlargina haqiqiy do„stdir.
Chin do„stlar hech qachon yolg„izlatib qo„ymaydi.
She‟rdagi ramziy ma‟noni tasviriy san‟at fani bilan integratsiyalashgan holda
o„rganish o„quvchilarning idrok, xayol, tasavvur va tafakkur kabi bilish jarayonlari
takomilida muhim o„rin tutadi.
“Bulutli kun, izg„irin shamol, egilgan daraxt shoxlari, sarg„aygan va
to„kilayotgan barglar” tasvirida masalaning quyidagi jihatlariga e‟tibor qaratiladi:
Daraxt – asar markazidagi inson obrazi. Bulutli havo – hayotning sinovli
“qora” kunlari. Shamol – o„zgalar tomonidan uyushtiriladigan, adolatsizliklar
yoki taqdirning shafqatsiz hukmi. Umidsizlik, tushkunlikka tushish – egilgan
shoxlarda o„z ifodasini topadi.
She‟r ilk bor o„qilganida o„quvchilar xayolida nafis tusdagi “bir tup o„rik”,
har xil qiyofaga kirib, girdikapalak bo„lib so„zlayotgan ko„lanka, osmonda to„p-
to„p aylanayotgan qora bulutlar, sharros quyayotgan yomg„ir, soyani kutib
charachagan daraxt va uning yerga to„kilib, loyga qorishib yotgan gullari
jonlanadi.
Do„stlar
orasidagi ishonch, sadoqatning oq, yashil yoki zangori; soxta
tuyg„ularning qora bo„yoqlarda aks ettirilishi o„quvchi tafakkuridagi analiz-sintez
jarayonining yorqin ifodasi sifatida ro„yobga chiqadi.
Qayta-qayta o„qish, tahlil davomida esa shoirning asl maqsadi uqiladi.
Soyaning umri qisqa. Oftob ko„rinib, bulutlar tarqaganidek, chin do„stlar yoningda
bo„lsa, yorug„ kunlarga umid bilan intilasan. Qiyinchiliklar odamlar o„rtasidagi
ishonch va sadoqatni sinaydi. Hamjihatlik, birdamlik va yakdillik maqsad sari
eltuvchi mezon ekanligiga amin bo„linadi.
Dostları ilə paylaş: