Hofiz Ko„ykiy hayajonini bosolmay:
– Saodat sohili – vatanda, olampanoh...
1
Jarayon Bobur vafotidan chuqur iztirobga tushgan Hofiz Ko„ykiyning
Baxshiturk bilan uchrashuvi lavhasi ijrosi bilan yakunlanadi.
Xulosa qilganda, ilg„or pedagogik tehnologiyalardan unumli foydalanish,
ijodiy va mustaqil ishlarni tashkil etish o„quvchilarning kommunikativ, kreativlik,
estetik kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
1
Sultonov Х. Boburning tushlari. –Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1993
.
– 96-бет.
81
III BOB
SINFDAN TASHQARI O„QISH: TAJRIBALAR VA XULOSALAR
3.1-§ . To„garak mashg„ulotlarida axborot texnologiyasidan foydalanish
Ta‟lim sohasidagi islohotlar sinfdan tashqari ishlar, xususan, to„garaklar
samaradorligini oshirishda ilg„or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng ko„lamda foydalanish zaruriyatini taqozo etmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini darsdan tashqari o„quv jarayoniga tatbiq
etish yosh avlod intellektual salohiyati, badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish,
nazariyani amaliyotga bog„lash, bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash,
nazorat qilish, axborotlar bilan ishlash hamda mashg„ulotlarga qiziqtirish kabi
qator afzalliklarga ega.
Adabiyotdan tashkil etiladigan to„garak mashg„ulotlarida biror ijodkorning
umrbayoni bilan yaqindan tanishish, mustaqil mutolaa qilingan asarlarni tahlil
qilishda
kompyuter,
multimediya
vositalari
kabi
zamonaviy
axborot
texnologiyalarining imkoniyatlari cheksiz.
Fikrimizni Usmon Azim ijodiga bag„ishlangan adabiy-ijodiy to„garak
mashg„ulotini kompyuterning “Power Point” dasturidan foydalanib tashkil etish
misolida asoslashga harakat qilamiz.
Mashg„ulotga hozirlik ko„rish jarayonida to„garak ishtirokchilariga
ijodkorning “Sog„inch” she‟riy, “Jodu” nasriy to„plamlari, “Bir qadam yo„l”
dramatik asarlarini mustaqil o„qib-o„rganish qatorida adabiyot nazariyasiga doir
bilimlarini ham takrorlab, mustahkamlash tavsiya etiladi.
Shoir hayoti va ijod yo„li yuzasidan taqdimot qilishda o„quvchilar
kompyuter yordamida Internetdan ma‟lumot qidiradi, manbalarga qayta-qayta
murojaat qiladi. Bu esa ularning kompyuter savodxonligi oshishiga, mavzuga doir
bilimlari uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qolishiga zamin hozirlaydi.
O„z navbatida to„garak rahbari test olish, savolnomalar tarqatish, yakka yoki
jamoa tarzida suhbatlar o„tkazish yo„li bilan o„quvchilar faoliyatini kuzatib boradi.
Topshiriqlarni tuzishda to„garak a‟zolarining yosh xususiyatlari, bilish jarayonlari
va qiziqishlariga ijodiy yondashiladi.
Noan‟anaviy to„garak mashg„ulotlari pedagog xodimlar zimmasiga yana bir
qo„shimcha mas‟uliyat yuklashi tabiiy. Endilikda to„garak rahbari nafaqat o„z
fanini mukammal bilishi, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o„quv
vositalari bo„yicha ham yetarlicha bilim va tajribaga ega bo„lishi zarur. Buning
uchun o„qituvchi, eng avvvolo, “Power Point”, “Word”, “Exsel” kabi dasturlarni
yaxshi bilishi muhim.
Mashg„ulotni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish
o„qituvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etishi muqarrar. Garchi katta mehnat
talab qilsa-da, to„garak rahbari Usmon Azim ijodiga doir slaydlar tayyorlaydi,
she‟rlari asosida kuylangan qo„shiqlar, muallifligidagi kinofilmlardan parchalarni
maxsus texnika vositalari yordamida yozib olib, kompyuter xotirasiga o„tkazadi.
82
Bu faoliyatga o„quvchilarning ham jalb qilinishi ularning mashg„ulotga bo„lgan
qiziqishlarini orttiradi, bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko„maklashadi.
Mashg„ulot shakli: hamkorlikda o„qitish texnologiyalari amalga
oshiriladigan noan‟anaviy juftliklarda ishlash (binar) darsi. To„garaklarda
o„quvchilar soni qat‟iy bo„lmasligi nazarda tutilsa, o„rtacha 10-12 ta atrofida
juftliklar shakllantiriladi.
Ikki bosqichga mo„ljallangan mashg„ulot debochasi to„garak rahbarining
ijodkorning o„zbek adabiyotini rivojlantirishga qo„shgan hissasi haqidagi kirish
so„zi bilan boshlanadi. So„ngra kompyuter karnayidan barchaga xush kayfiyat
ulashuvchi shoir qalamiga mansub “Derazadan boqar sohibjamol oy” qo„shig„i
ohista yangraydi.
Qo„shiq nihoyasiga yetgach, to„garak a‟zolarining Usmon Azim ijodiy
faoliyati yuzasidan taqdimotlari bo„lib o„tadi. Taqdimot chog„ida “MS Power
Point” dasturida yaratilgan musiqali slaydlarga murojaat qilinadi. Ma‟lumki, bu
dasturda matn harakatga keladi. Matnga jilo berishda dasturning “Создать слайд”
tugmasini bosib, “Koнструктор” holatidagi “Эффекты анимации” shakllaridan
foydalanish mumkin.
Dastlab ekranda shoir surati va “O„zim haqimda” she‟ridan olingan satrlar
paydo bo„ladi. Shoir siyratidagi halollik, rostgo„ylik, qat‟iyatlilik kabi o„ziga xos
jihatlardan so„zlovchi she‟r to„liq holda o„quvchilardan biri tomonidan yoddan
ifodali o„qiladi.
Ijodkorning zamonaviy o„zbek she‟riyati, dramaturgiyasi taraqqiyotiga
qo„shgan munosib ulushi haqidagi taqdimotda ma‟ruzalarning muhim o„rinlari
videoproektor yordamida monitorda namoyish etib turiladi.
Turli yillarda dunyo yuzini ko„rgan to„plamlari, jahon va qardosh xalqlar
adabiyotidan tarjimalari, sermahsul va serqirra ijodiga hukumatimizning yuksak
e‟tibori haqidagi ma‟lumotlar slaydlarda yoritib boriladi.
Slaydlarda ”Gipermurojaat” (“Гиперссылка”) orqali “Alpomish” filmidan
lavhalar Usmon Azimning kinossenariylar yaratish mahoratini o„quvchilar ko„z
o„ngida gavdalantiradi. Taqdimot yakunida ma‟ruzachilar shoir hayoti va ijodi
yuzasidan to„garak a‟zolarida tug„ilgan savollarga javob qaytaradi.
Ikkinchi bosqichda Usmon Azim ijodining birgina qirrasi – she‟rlari
o„rganishga kirishiladi. Topshiriqlar har bir juftlikka belgilangan she‟r matni,
undagi ayrim bandlar asosida ishlangan rasmlar, tahlilga yo„naltiruvchi savollar
ko„rinishida slaydlarda aks etadi.
Shoir so„z san‟ati vositasida ifodalagan fikrni kompyuter imkoniyatlaridan
foydalanib, turli tasvir va tovushlar uyg„unligida o„rganish o„quvchilarning
dunyoqarashini boyitish, badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan:
Bolari tentirar tentirar – gullarga cho„ri,
Kapalak jonsarak – boqqa xizmatkor.
Quyoshning tillarang jismini so„rib,
Namxush havolarda ko„karar bahor
1
.
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. – 92-bet.
83
Tabiat bag„riga xayolan sayohat maqsadida mazkur she‟riy satrlarga
ishlangan quyidagicha manzaralar keyingi slaydlarga joylashtiriladi va unga
hamohanglikda suvlarning shildirashi, qushlarning sayrashi hamda asalarilarga xos
tovushlar eshittiriladi:
Moviy osmon kengliklarida oqqush misol suzayotgan pag„a-pag„a bulutlar
karvoni. Hayotbaxsh ko„klam oftobining saxovatidan bag„ri anvoyi chechaklar-u
zumrad maysalar bilan bezangan ona zamin.
Atlasnusxa qanotlarini mayingina hilpiratib bog„ sahnida uchayotgan turfa
kapalaklar. Bol ishqida chaman kezib, gul kosachalari poyini tavof aylayotgan
g„ujg„on asalarilar...
“Paint” grafik muharriri imkoniyatlari doirasida hosil qilingan rasmlar she‟r
sarlavhasi “Bolari tentirar...” nomi bilan saqlanib, “Tahrir” (“Правка”)
menyusidagi “Nusxalash” (“Koпировать”) va “Joylashtirish” (“Вставить”)
amallaridan foydalanib “MS Power Point” dasturiga o„tkaziladi.
Navbatdagi slaydlarda o„quvchilarni mustaqil mushohadaga yo„naltiruvchi
savol-topshiriqlar ketma-ketlikda beriladi. Masalan, “Bilaman, hayot – kurash
bilan tirik”
1
she‟rini tahlil qilish vazifasi yuklatilgan juftlik quyidagi savol-
topshiriqlar ustida izlanib, fikr-mulohazalarini og„zaki bayon qiladilar:
1. She‟rdagi qirg„iy va chumchuq timsollarining hayotiy ifodasini izohlashga
urinib ko„ring.
2. Lirik qahramonning “Chirqillagan chumchuq tarafida” bo„lishga undagan
ehtiyojni aniqlang.
3. “Gullagan daraxtning kesilishi” misrasining o„z va ko„chma ma‟nolarini
toping.
4. “Men kuchning har ishidan izlayman mantiq – Chidolmayman haqning
ezilishiga” bayti shoir tabiatidagi qaysi fazilatlarni yuzaga chiqargan?
5. “Olamga zo„ravonlik beshafqat boqadi. U xush ko„rar tiz cho„kkan
dunyoni...” bayti zamiridagi haqiqatga munosabat bildiring va hokazo.
Tahlil nafaqat savol-javoblar shaklida, balki shoir she‟rlarida qo„llanilgan
maxsus tasviriy vositalarni aniqlash yo„li bilan ham amalga oshiriladi. Bunday usul
orqali o„quvchilar faoliyati satrlar zamiriga singdirilgan ma‟nolarni izlab topishga
yo„naltiriladi.
“Usmon Azimning she‟rlarida haqiqatga talpinish, haqiqatni izlash,
yolg„ondan zada ko„ngil iztiroblari aks etadi. Tabiatning turli fasllari, turli
hodisalari va hosilalari shoir his-tuyg„ularini teranroq tasvirlash uchun vosita. Lirik
qahramon kuzgi bog„larda sayr etadi. Shoirning kunduzlari – bir lahzalik, tunlari
uzun; quyosh esa haqiqat ramzi. Shu bois “Ruhimda bir porla, quyoshim” deydi”
2
.
Aksariyat she‟rlarida Usmon Azim kishi nigohidan yashirin, bir qarashda
ko„rimsizdek, oddiy, lekin betakror tabiat manzaralariga murojaat qilish asnosida
badiiy jihatdan mukammal asarlar yarata olganligining guvohi bo„lamiz. Jumladan,
“Zaminda salqin oz...” deb boshlanuvchi she‟rida yo„ng„ichqaning muzday suv
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
–
136-bet.
2
XX asr o„zbek she‟riyati antologiyasi. –T.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
–
8-бет.
84
kechib o„ynashi tasvirlari
1
lirik qahramon qalbidagi dard tugunlarini “yechib”
yuboradi.
She‟rda tasvirlanganidek, egatlariga saraton suvlari taralgan beda
barglarining mayin shabboda epkinlaridan ohista tebranib chayqalishi kishi
ruhiyatiga cheksiz huzur baxsh etadi. Yo„ng„ichqaning “suv kechib” raqsga
tushishidan zavqlangan lirik qahramon hayot tashvishlarini bir zumga bo„lsa-da
unutadi. Aldovlar, xiyonatlar soya solgan ozurda ko„nglidagi g„uborlar tarqalib
ketadi. Ko„rinadiki, shoir tashxis san‟atini qo„llash orqali yo„ng„ichqani
detallashtiradi, shaxslantirishga erishadi.
Mashg„ulot yakunida juftliklarning tahlili asosidagi muayyan xulosalar matn
ko„rinishida kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |