89
usulidan foydalangani
1
yoki Respublika bolalar kutubxonasida taniqli adib
X.To„xtaboyev bilan Forum. kitob. uz. saytida yosh kitobxonlar bilan uyushtirilgan
On-line muloqotni keltirish mumkin
2
.
“Veb kamera” – o„quvchilarni badiiy asarlar mutolaasiga qiziqish
uyg„otishning ta‟sirchan vositalaridan bo„lib, taniqli ijodkorlar bilan masofadan
turib video muloqot o„rnatish usulidir. Uning qulayligi va afzalligi shundaki, bunda
o„quvchilar o„zlari sevgan shoir yoki yozuvchilar bilan Internet tarmog„ida jonli
muloqot o„rnatishga muvaffaq bo„ladilar. Buning uchun Skype, Mail.ru Agent,
Google Talk, ICQ kabi maxsus dasturlar bo„lishi talab etiladi.
Sinfdan tashqari mashg„ulotlarga mazkur usulni tatbiq etish kompyuter,
multimediya vositalari bilan bir qatorda Internetga tezkor ulanish qurilmasi USB
modem va veb kamera kabi qo„shimcha uskunalardan ham foydalanish zaruriyatini
taqozo etadi.
Taniqli adiblar bilan noan‟anaviy shaklda uchrashuvlar tashkil etish uchun
foydalanuvchilar global tarmoqqa ulangan hamda ularning kompyuterida veb-
kamera qurilmasi o„rnatilgan bo„lishi shart. Muloqot chog„ida tomonlar ekranda
bir-birlarining harakatli tasvirlarini ko„rib, ovozlarini eshitish imkoniga ega
bo„ladilar. Videoaloqa komryuter vositasiga ulangan “Veb kamera” deb ataluvchi
maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Video muloqot o„tkazilishi rejalashtirilgan xonaga ikkita kompyuter
o„rnatish zarur bo„lib, ulardan biri USB oraqali Internetga ulanish, ikkinchisi esa
multimediya vositalaridan foydalanish uchun tayyorlab qo„yiladi. Yuqori qismida
veb kamera uskunasi mavjud monitor o„quvchilar ko„rib turishi uchun qulay joyga
qo„yiladi.
Uchrashuv kuni, vaqti ijodkor bilan o„qituvchining ma‟lum shaklda
(elektron pochta, uyali telefon aloqasi yoki individual tarzda)gi suhbatidan so„ng
aniqlanadi va ma‟lum tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida uyushtiriladigan video muloqot
jarayoni uchun dastlab maqsad va vazifalar belgilanib, so„ngra uni amalga
oshirishning texnologik xaritasi, kutiladigan natijalar va istiqboldagi rejalar
loyihalashtiriladi. O„quvchilarga mustaqil o„qish uchun adabiyotlar tavsiya
qilinadi.
Albatta, mashg„ulotni qanday shaklda tashkil etish o„qituvchining bilim
saviyasi, ijodiy salohiyati, ilg„or pedagogik va AKT vositalarini o„zlashtirilganlik
darajasiga bog„liq. Quyida Internet tarmog„ida amalga oshirilishi rejalshtirilgan
jonli efirning mazmuni haqida so„z yuritiladi:
Mashg„ulotning borishi:
I
Dostları ilə paylaş: