92
Bir guruh qizlar zamin qa‟ridan asta bosh ko„tarib, bahoriy nasimlarda
yengilgina tebranayotgan o„t-o„lanlar, haroratli bobo quyosh taftidan g„unchalari
yaproq yozayotgan chechaklar, ko„kda charx
urib parvoz qilayotgan
qaldirg„ochlar, chamanzor oralab guldan-gulga qo„nayotgan kapalaklar
harakatlarini ifodalab Furqat g„azali bilan kuylangan “Fasli navbahor o„ldi...”
qo„shig„iga raqs tushadilar.
Boshlovchi yigit: Assalom, Ko„klamoy! Sening tashrifing ko„ngillarni
munavvar ayladi. O„lkamizga xush kelibsan !
Ko„klamoy: Tashakkur, men yurtingizga yolg„iz o„zim emas,
har yilgidek
sadoqatli hamrohlarim Navro„zoy, Dehqon bobo, Bog„bon bobo, Cho„pon bobolar
bilan birga qadam ranjida qildim. Marhamat, ularni kutib olaylik.
Ramziy mehmonlarni yoshi ulug„ qariyalar, Baxshi bobo, polvonlar,
dorbozlar, masxarabozlar qiyofasidagi shodiyona mezbonlari
qarshi olishadi va
hammalari davra to„ridan joy egallashadi.
Baxshi bobo navbat olib, do„mbirasini chertib qo„shiq boshlaydi:
Azal-azal Navro„zjon,
Bayramlarnng zo„rida,
Nuroniy chol, kampirlar,
Turar davra to„rida,
Keling Navro„z sayliga,
Siz ham keling mayliga.
1
Oppoq ko„ylagiga binafshalar qadalgan, sochpopuklari tolbargakdan
Navro„zoy Jumaniyoz Jabborovning “Navro„z kelibon” she‟ri
bilan aytilgan
qo„shiqqa sahnalashtirilgan raqsni ijro etadi.
Boshlovchi qiz: Navro„z! Bu so„z dillarga olam-olam quvonch baxsh etadi.
Uning zamirida ajib nafosat, tuganmas zavq-shavq, zebolik, dilrabolik va
muattarlik bor. Navro„z uyg„onish, mehnat, mehr-oqibat va muhabbat bayramidir.
Bu fikrni qo„llari mehnatda
qavargan bobo dehqon ham, suruvi ortidan yaylovlar
osha tog„-toshlar kezgan cho„pon bobo ham, ishq sururidan sarxush oshiq ham
tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: