Adabiy asarning janr xususiyatiga ko„ra tahlili. Adabiyot o„quvchilarga
turli davrlar, hayotiy voqeliklar, insoniy munosabatlar, xarakterlar bilan tanishish
imkonini beradi, fikr yuritishga o„rgatadi. Ayniqsa, inson va jamiyat hayotining
barcha qirralarini aks ettirishiga ko„ra nasr yetakchi mavqeda turadi. O„qituvchi
tahlilning u yoki bu yo„lini o„rganilayotgan asar mazmuni, tuzilishi va hajmiga
qarab tanlaydi hamda loyihalashtirilgan rejaga tayanadi. Badiiy asar yuzasidan
tuzilgan savollar uning g„oyaviy-badiiy mazmunini ochishga, hikoyaga mustaqil
baho berishga imkon yaratadi. O„quvchilar topshiriqlar bo„yicha matndan
tanlangan zaruriy materialni tahlil qiladi va mustaqil xulosalar chiqaradi.
27
“Lirik va dramatik asarlardan farqli, – deb yozadi professor M.Mirqosimova
– epik turga taalluqli asarlarga qamrab olingan hayotiy hodisalar makoni kengroq,
ularda voqealar va qahramonlarning nasriy yo„sindagi tasviri yoki talqini
yetakchilik qiladi; ziddiyatlar, holatlar tasviri janr miqyosiga mos salmoqdor
ma‟nolarni ifoda etadi; qahramonlar qiyofasidan anglashiladigan mazmun esa
ularning xatti-harakatlari bilan kurashlariga tuyg„ulari va maslaklariga bog„lanib,
yaxlit holda asar g„oyasini yuzaga keltirishi haqida o„quvchilar to„la tasavvurga
ega bo„lishlari shart”
1
.
Yirik epik asarlar tahlili bir necha bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
Kirish mashg„ulotlari asar ustida ishlashning umumiy rejasiga bog„liq bo„lishi
kerak. Bu turdagi mashg„ulotlarining shaklan va mazmunan xilma-xil bo„lishi
haqida professor B.To„xliyev shunday fikr yuritadi: “Ba‟zan u bir-ikki muhim
detallar tavsifi va bayonidan iborat bo„lsa, ba‟zan muayyan tarixiy davr va sharoit,
yozuvchining tarjimai holidagi eng muhim qirralar, muayyan asar atrofidagi
muhim ijtimoiy-siyosiy va badiiy-estetik hodisalar tahlilidan iborat bo„lishi
mumkin”
2
.
Kirish mashg„ulotlarida asarning yaratilish tarixi, yozuvchi shaxsiyati haqida
so„z boradi, roman yoki qissada yoritilgan hayotiy muammolarni asoslash ustida
fikr
yuritiladi.
Jumladan,
Z.Saidnosirovaning
“Oybegim
mening”,
K.Qahhorovaning “Chorak asr hamnafas”, H.Qodiriyning “Otam haqida”,
M.Ahmedovaning “Men qaytib kelaman”, N.Karimovning “Maqsud Shayxzoda”,
M.Atoning “So„nmas yulduzlar”, M.Sattorovning “Kul ustida cho„g„”,
N.Fozilovning “Ustoz so„zlaganda”, M.Garning “Mahallaning oltin tuproqlari”
kabi manbalardagi xotiralar yozuvchi shaxsi, tafakkur darajasi, ijodiga qiziqish
uyg„otadi, asarni puxta o„zlashtirishga imkon yaratadi.
Ayrim asarlari yuzasidan shunchaki fikr yuritish orqali biror yozuvchi
ma‟naviy olamiga yetarlicha baho berib bo„lmaydi. Shu nuqtai nazardan olganda,
ijodkor xarakteri, dunyoqarashi va hayotiy maslagi yaratgan asarlaridagina emas,
balki zamondoshlari, yaqin insonlariga yo„llagan xatlari, yuritgan kundaligi-yu
tundaliklariga chuqurroq nazar tashlash orqali yanada oydinlashadi.
Taniqli rus olimi V.G.Belinskiyning fikriga ko„ra, yozuvchi ijodi
o„rganishga kirishilar ekan, eng avvalo, uning “shaxsiyati siri”ni anglash zarur.
Aynan yozuvchi shaxsiyati va uni o„rab turgan atrof-muhit bu holatda asar
tahlilining tayanch nuqtasi bo„lib qoladi. Tahlil jarayonida ijodkor shaxsiyati,
yashagan davr va tasvirlanayotgan hayot voqeligiga munosabatini ochib berish
imkoniyati bo„lsa, tahlildan ko„zlangan maqsadga erishish qiyin kechmaydi.
Uzluksiz adabiy ta‟lim jarayonida maktublardan foydalanish muhim o„rin
tutadi. Xususan, umumiy o„rta ta‟lim maktablari 5-9-sinf adabiyot darslarida
G„afur G„ulom, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad, Saida Zunnunova, O„tkir
Hoshimov va boshqa adiblar ijodini o„rganishda ularning o„zaro yozishmalaridan
foydalanish o„quvchilarda iliq taassurot qoldiradi.
1
Мirqosimova М.М. O„quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish usullari. Ped. fan.
dokt… diss. –Т.: 1995. –147-бет.
2
Тo„xliyev B. Аdabiyot o„qitish metodikasi. –Т.: Yangi asr avlodi, 2006. –59-bet
28
Aslida qadimdan ijod ahli orasida noma yozish an‟anasi mavjud bo„lgan.
Noma o„zbek mumtoz adabiyotida alohida janr sifatida shakllangan bo„lib, bu so„z
forschadan tarjima qilinganida “xat”, “maktub” ma‟nolarini anglatadi.
1207-1273 yillarda yashab o„tgan valiy Jaloliddin Rumiy hazratlarining
zamondoshlariga atalgan 147 maktubdan iborat “Maktubot”i qadim Sharqda
epistolyar janr taraqqiy etganidan yorqin namunadir.
Manbalardan Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi buyuk shoirlar
o„rtasidagi do„stona rishtalarni olijanob maqsadlarga yo„g„rilgan yozishmalar
yanada mustahkamlagani yaxshi ayon. Zero, “Xamsatul-mutahayyirin” asarining
“Ikkinchi maqoloti” mutafakkirlarning mamlakat obodligi, yurt osoyishtaligi
yo„lidagi ezgu g„oyalari tarannum etilgan bitiklardan tashkil topganligi bilan
ahamiyatga molik.
Alisher Navoiy ijodida mazkur janr unumli qo„llanilganligi Husayn
Boyqaro va boshqalar bilan olib borgan yozishmalarini to„plab “Munshaot”
tuzganligida ham namoyon bo„ladi.
O„quvchilar mashg„ulotlarda shoir hayoti ziddiyatlar va murakkabliklar
ichra kechganligi haqidagi tarixiy faktlarga duch keladilar. Jumladan, Abusaid
Mirzo hukmronlik qilgan yillarda uning boshiga ham anchagina kulfatlar yog„iladi.
Abusaid Mirzo hokimiyatni egallaganidan so„ng taxtga da‟vogar Husayn
Boyqaroning yaqin kishilariga zulm va tazyiqlar o„tkazadi. Alisherlar oilasi ham
bundan chetda qolmaydi. Shoirning ota merosi musodara qilinib, tog„alari Kobuliy
va G„aribiylar qatl etiladi, o„zi esa Hirotdan ketishga majbur bo„ladi. Barcha
ko„ngilsizliklardan iztirobga tushgan Navoiy xalqning og„ir ahvoli hamda o„z
kayfiyatini bayon etib, otasidek bo„lib qolgan Said Hasan Ardasherga xat yozadi.
Darslarda “Xazoyinul-maoniy” ning birinchi devoni – “G„aroyibus-sig„ar”
inson sha‟nini ulug„lab ustoziga yo„llangan hasbi hol tarzidagi she‟riy
maktublardan iborat ekanligi mantiqiy izchillikda yetkazilsa, shoir shaxsiyati quruq
gaplar asosida emas, balki hayotiy voqealar misolida anglanishiga erishiladi.
Barcha davrlarda dunyo xalqlarini qiziqtirib kelgan epistolyar namunalar
ma‟lum darajada jamiyat manfaatlarini ifodalashi hamda muayyan soha
taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan ham o„ziga xos xususiyatlarga ega. Bunga
Movarounnahr, Turkiston, Markaziy Osiyo tarixiga oid masalalar yuzasidan rus
sharqshunosi, Kembrij universiteti professori V.F.Minorskiy, amerikalik Devin de
Vis, mo„g„ulistonlik akademik Shagdarin Bira, Venadan nemis olimi Karel
Yanlarning o„zbek tarixchisi B.Ahmedov bilan o„zaro yozishmalarni misol qilish
mumkin.
“Meni Rashididdinning turkiy tarjimalari qiziqtirib keladi,
–
deb yozadi
vengriyalik sharqshunos Ishtvan Vashari 1987 yil 2 noyabrda yo„llagan maktubida.
–
Qaydadir G„ozi Olim Yunusning “Maorif va o„qitg„uvchi” (1929 y.) jurnalida
bosilgan maqolasiga ishora ko„rgandim. Afsuski, bu jurnalni bizning tomonlarda
topib bo„lmaydi, muallifning yozishicha, Rashididdinning turkiysi bor emish,
Samarqandda... Tarjima Temuriylar zamonida ado etilgan... siz shu qo„lyozma
haqida nima deya olasiz?..”
1
.
1
Мuhammad Ali. O„z-o„zingni anglab yet. –Т.: Sharq, 2012. –199-bet.
29
O„zbek adabiy tanqidchilik tarixi xususida so„z borganda, albatta, Fitratning
“Yopishmagan gajaklar” (O„rtoq J.Boybo„latovga ochiq xat) nomli maqolasi tilga
olinadi. “Yopishmagan gajaklar” shunchaki nohaq bir tanqidga javobgina emas,
–
deb yozadi B.Qosimov “Alloma adib” nomli so„zboshisida, – go„zallikni,
chinakam adabiyotni anglash, idrok etishdan uzoq nuqtai nazarning, olmadan qurt
qidirishning (A.Muxtor) jamiyat hayotida tobora kuch olayotganini teran his qilish
va unga qarshi isyon edi. Noprofessionalizmga, Krilov aytgan etikdo„zning holva
pishirib, holvapazning etik tikishiga qarshi isyoni edi. Gap shundaki, J.Boybo„latov
Fitratning o„tmish adabiyot namunalarini bittama-bitta yig„ib, tozalab, saralab,
izohlab o„quvchiga taqdim etishdek og„ir va sharafli ishni dushmanlik,
zararkunandalik hisoblagan va buni adibning butun faoliyati misolida “isbot”
qilishga uringan edi”
1
.
Oradan qancha vaqt o„tsa hamki, bugun olimlar “Yopishmagan gajaklar”
xususida o„z so„zlarini aytishdan to„xtashgani yo„q. Jumladan, muxolifining
asossiz malomatlariga Fitratning javob qaytarish mahorati, voqeliklarni real
baholashga chaqirig„ini professor O.Safarov Belinskiyning “Gogolga xat”iga
qiyoslaydi
2
.
Shu o„rinda rus klassiklari A.S.Pushkin, A.P.Chexov, I.S.Turgenov,
F.M.Dostoyevskiylar maktubshunoslik maktablari boshqa xalqlar adabiyotida bu
soha rivojiga sezilarli ta‟sir ko„rsatganligini qayd etish zarur. Xususan, Sobit
Muqonovning A.Tolstoy, A.Fadeyev, K.Fedin, N.Tixonov, V.Shklovskiy,
L.Sobolyev, V.Rojdestvenskiy I.Erenburg, I.Shuxov, N.Fozilov, J.Kopeyev,
Sh.Xudoyberdiyev kabi zamondoshlari bilan yozishmalari adib epistolyar merosi
boy va rang-barangligidan dalolat beradi
3
. Ular qozoq adabiyotida yechimini
kutayotgan dolzarb muammolar yoritilganligi va yozuvchining yaratilajak
asarlariga xalqdan ma‟lumot to„plash uslubi ekanligi bilan ajralib turadi.
Shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni ifodalashiga ko„ra xatlar turlicha
guruhlanadi. Nemis adabiyotining yirik vakili Fridrix Shillerning zamondoshlari
Y.V.Gyote, V.Humbold, V.Shligel, I.Kant, G.Kyorner, A.Iflandlarga yo„llagan
xatlari adib ruhiy olami, dunyoqarashi, ijodiy uslubi, yashash tarzi, mamlakatdagi
siyosiy, madaniy hayot, adabiy jarayon haqida ham o„quvchida muayyan tasavvur
uyg„otadi. Adib epistolyar merosi bilan tanishar ekanmiz, professor
Sh.Karimovning xatlarni “milliy koloritga boy rang-barang realistik portretlar va
lavhalar galereyasi”
4
tarzidagi e‟tirofi qanchalik haqiqatga yaqinligiga guvohi
bo„lamiz.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi Qo„qon adabiy muhiti
vakillari Muqimiy, Furqat va Zavqiy o„rtasidagi bitiklarni shaxsiy mazmundagi
maktublar sirasiga kiritish mumkin. Furqatning yaqin do„stlariga Yorkent,
Istanbuldalik chog„ida yozgan she‟riy maktublari mazmuni ijodining yetakchi
g„oyasi – ona yurtidan judolik alamlariga vobastaligi tasodifiy hol emas, albatta.
1
Abdurauf Fitrat. Chin sevish. –Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1996. – 20-bet.
2
Safarov O. Fitratning bir ochiq xati haqida. //O„zbek tili va adabiyoti. –Т.: 2012, №6. 35-bet.
3
Qulbek Ergo„bek. Yozuvchi ijodxonasi. –Тurkiston. Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk universiteti “Turon”
bosmaxonasi., 2007. –55-bet.
4
Каrimov Sh. Shiller va uning epistolyar merosi. //Jahon adabiyoti –Т.: 2014, №11. –141-bet.
30
Ular orasida, ayniqsa, Muqimiyga Bombeydan yo„llangan xat Hind o„lkasi tabiati,
shahar aholisining turmush darajasi atroflicha tasvirlangani bilan xarakterlidir.
Mirtemir, Ibroyim Yusupov, Sobit Muqonov, Quvonchbek Malikovlar
o„rtasidagi yozishmalarda tarjima san‟ati masalalari qatori qalblari tutash qardosh
xalq vakillari o„rtasidagi millatlararo hamjihatlik g„oyasi mujassamligini sezish
qiyin emas. Bu turdagi xatlar adabiy, madaniy hamda siyosiy aloqalarni
mustahkamlash vositasi sifatida tavsiflanadi.
XX asr o„zbek adabiyoti xazinasida yosh qalamkashlarni ijod sirlarini
mukammal o„rganishga rag„batlantiruvchi mazmundagi maktublar salmoqli o„rin
egallaydi. Endigina adabiy jarayonga kirib kelayotgan iqtidor egalariga G„afur
G„ulom, Abdulla Qahhorday hassos so„z ustalari yozgan xatlar ularga kelgusida
o„z uslublarini belgilab olishlari uchun mezon bo„lganligini ta‟kidlash mumkin.
Shuningdek, yozishmalardan milliy adabiyot ravnaqi va istiqboli uchun qayg„urgan
ustoz adiblarning odamiylik xususiyatlari ham o„quvchi tasavvurida jonlanadi.
Adabiy ta‟limdan ko„zlangan maqsad – Barkamol shaxs tarbiyasini amalga
oshirishda mashg„ulotlarni mavzuga oid maktublardan foydalangan holda tashkil
etish ijobiy samarasini beradi. Jumladan, 7-sinf adabiyot darslarida Abdulla
Qahhor hayoti va ijodini xatlarga bog„lab o„rganish yozuvchiga xos sinchkovlik,
g„amxo„rlik va talabchanlik jihatlarini yuzaga chiqaradi. Ilk mashqi bosilib
chiqqan talaba O„tkir Hoshimovga yo„llagan maktubi misolida yozuvchining
kamol
topayotgan
iste‟dodlarni qo„llab-quvvatlashi, ularga xayrixohligi
namunasini sezish mumkin. Masalan:
“Cho„l havosi”ni o„qib, – deb yozadi Abdulla Qahhor, – suyunib ketdim.
Birdan lov etib, alanga bilan boshlangan ijodning kelajagi porliq bo„ladi. Qissa sof,
samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o„qiladi. Qissaning xat shaklida bo„lishi ko„p
o„rinlarda sizni cheklab qo„ygan. Asar bosh qahramon tilidan hikoya qilinganida
ham shunday bo„lardi. Kelgusida buni hisobga oling. Shu alanga hech qachon
pasaymasin. Ijodingiz hech qachon tutamasin. Salom bilan, Abdulla Qahhor”
1
.
O„zbek adabiyoti bo„stonida shaxsiy hayoti va ma‟naviy fazilatlari bilan
bugungi kun o„quvchisiga o„rnak bo„la oladigan adiblar ko„pchilikni tashkil etadi.
Jumladan, taniqli hikoyanavis, O„zbekiston Qahramoni Said Ahmad shunday
ijodkorlardan biridir. Kitobxonlarga yozuvchi ayni navqiron yigitlik chog„ida
ko„plab o„zbek ziyolilari qatori nohaq qatag„onga uchrab, umrining besh yilini
Qozog„istonning Jezqozg„on konlarida o„tkazgani sir emas. Surgundalik yillari
uning irodasi metinday toblandi, haqiqat hech qachon yengilmasligiga ishonchi
ortdi. El-yurt manfaati, istiqloli uchun butun umri, kuch-g„ayrati, qalb qo„rini
baxshida etgan insonlar nomi abadiyatga daxldordir.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining Adabiyot fani o„quv dasturida Said
Ahmad umrbayoni va ijodi bilan tanishishga 6-, 8-sinflarda 2 soatdan vaqt
ajratilgan.
2
Yozuvchi tarjimai holi u mahbusligida rafiqasi Saida Zunnunovaga
1
Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida. –Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1987.
–
260-bet.
2
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.:
Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 66, 81-betlar.
31
yozgan maktublar bilan uzviylikda o„rganilsa, shaxsiyatining muhim qirralari,
sho„rolar davridagi muhitning biqiqligi, adibning atrofidagi insonlar bilan
munosabatlari haqida mustaqil fikr-mulohaza yuritishga zamin yaratiladi. Buning
uchun esa maktublarga bag„ishlangan sinfdan tashqari mashg„ulotlar tashkil etilishi
maqsadga muvofiq. Kutilgan natijalarga erishishida dastlab loyiha tayyorlanishi,
ta‟lim maqsadlari puxta rejalashtirilishi, metod va usullar to„g„ri tanlanishi hamda
o„rganilayotgan mavzu mazmun-mohiyatini ochishga qaratilgan topshiriqlar tizimi
ishlab chiqilishi zarur.
Mustaqil izlanishlarni tashkil etishda vazifalar qanchalik aniq bo„lsa,
o„quvchilar faoliyati shunchalik yengil kechadi. Mashg„ulotga qadar o„quvchilarga
xatlarning mavzusi, tuzilishi, g„oyasini o„rganish; badiiy tasvir vositalarini topish;
taassurotlarini bayon qilish; o„tgan asr va mustaqillik davri adiblari ijodining farqli
jihatlarini belgilash vazifalari topshiriladi.
Manbalarni topishda esa axborot-kutubxona fondidan foydalanishga doir
tavsiyalar berilib, adabiyotlar ro„yxati ilova qilinadi. Vaqti-vaqti bilan topshiriqlar
ijrosi yakka yoki jamoa tarzida savol-javob, suhbat usullarida nazorat qilib turiladi.
Mashg„ulot maqsadi murakkab insoniy his-tuyg„ular yuzasidan mushohada
yuritish va muayyan xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Shu bois o„quvchilardan
muallif ichki kechinmalari aks etgan jumlalarga ijodiy yondashishlari talab etiladi.
Binobarin, yozuvchi xarakter xususiyatlari, tafakkur doirasi nafaqat asarlarida,
balki maktublardagi har bir so„zda o„zining teran ifodasini topgan.
Yurakdan qog„ozlarga ko„chgan haroratli satrlar o„quvchilarning hayotga
bo„lgan qarashlarini o„zgartirishi, qahramonning sermashaqqat, ammo havas
qilishga arzigulik umr sahifalari esa ibrat bo„lishi, shubhasiz.
Botiniy ehtiyojlari mahsuli bo„lgan yozishmalarda bu juftlikning bir-biriga
samimiy muhabbatlari, maqsadi yo„lidagi kurashlari va e‟tiqod qo„ygan jamiyat
adolatsizligidan norozilik ohanglari sezilib turadi.
Adib po„rtana misol tug„yon urayotgan hislarini g„oyatda nuktadonlik bilan
tasvirlab, “chinakam do„sti”ni yorug„ kunlar kelishiga ishontiradi:
“... Yozgan xatingizda “hasratimni yozay desam, qalamga o„t tushib qog„oz
kuyib ketdi”, debsiz.
O„sha kuygan qalam bilan qog„ozning yolqini mening ham qalbimda alanga
olib ketdi. Qalamni kuydirmang. Hijron o„tida toblansin, chiniqsin. Qalam qancha
qora bo„lsa oppoq qog„oz betida jonli manzaralarni yanada jonliroq yaratadi. Mana
shu qog„ozlarda tasvir etganimiz manzaralardan poyondoz qilib kelajakka
bormog„imiz kerak. Ha, birga bormog„imiz kerak. Ruhan tusha ko„rmang. Kitob
bilan qalam ulfatingiz bo„lsin.
Men xuddi shunday qilyapman ...”
1
.
Da‟vatlariga javoban Saida Zunnunova Said Ahmad kutganidan-da qat‟iyatli
bo„ldi va hech qachon nomard kimsalar oldida bosh egmadi. Xo„rliklar, ta‟qiblar,
“xalq dushmani”dan voz kechish kerakligi haqidagi da‟volarga chidab, bardosh va
sadoqatdan o„zbek ayoliga haykal qo„ya oldi.
1
Borlig„im, kelajagim, taqdirimni baham ko„rdim. Nashrga tayyorlovchi Nodira Said Ahmad qizi. //Saodat. –Т.:
2011, №5-6. – 15-bet.
32
Muallif o„zligini yuzaga chiqarishi barobarida maktublar begona tuproqda
yurt sog„inchidan o„rtangan inson qiyofasini yaqqol gavdalantiradi:
“... Radio Toshkentdan eshittiryapti. Tanish ovozlar, konsert va nihoyat
torda “Cho„li Iroq”.
Butun vujudim bilan torning titroq sadolariga berilib ketdim, balki
ko„zimdan yosh ham chiqqandir, sezmadim ...”
1
.
Kun kelib orzular amalga oshdi. Adib oqlandi va ozodlikka chiqdi. Vatani va
xalqi oldida yuzi yorug„ bo„ldi. Bunga esa osonlikcha erishilgani yo„q, albatta ...
Demak, xatlar bu juftlik ma‟naviyati ko„zgusi, armonlari ro„yobi hamda
haqiqat tantanasiga ilinj manbai bo„lganligini qayd etish mumkin.
Tahlildan
kutilgan
natijalarga
erishishda
savol-javoblar
o„tkazish
o„quvchilarda ijodkor shaxsiyatidagi evrilishlar yuzasidan paydo bo„lgan fikr-
mulohazalar bilan o„rtoqlashish imkonini beradi.
1. Oilasi boshiga tushgan baxtsizliklarda adibning faqat o„zini aybdor
sanashini to„g„ri deb hisoblaysizmi?
2. Bayram arafasidagi “Qutlov” maktubida “... Kechardim ertangi qolgan
umrimdan, Kechardim jonimdan, bo„lib minnatdor” satrlari ma‟nosini izohlang.
3. Shoirning “Ajabmas, bir kun kelib Baxt qo„nsa peshonamga” misralarini
qanday tuyg„ular mahsuli deb bildingiz?
4. Xatlardan biridagi ”Cho„g„ni qog„ozga o„rab bo„ladimi?” jumlasining
ma‟nosini izohlang.
5. Ayol kishiga yolvorishni ojizlik va tubanlik deb bilishidan ijodkor
tabiatidagi qaysi jihatlarni ilg„adingiz?
6. Olis o„lka iqlimi, odamlari kayfiyati ham yozuvchi nazaridan chetda
qolmaganligi nimadan dalolat beradi?
7. Nima sababdan Toshkent shahrida o„rnatilgan monumentda adib bilan
umr yo„ldoshi yonma-yon ishlangan?
Demak, mustaqil va sog„lom tafakkurli, o„z maslagida sobit shaxs
tarbiyasida epistolyar janr namunalarini o„rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tahlil muammosini belgilash va o„quvchilarni o„rganilayotgan asarga
qiziqtirish kirish mashg„ulotlarining asosiy maqsadidir.
Dostları ilə paylaş: |