“Natijalar” bosqichi o„quvchilar bilimlarini sarhisob qiladi va umumlashtiradi.
Mashg„ulotning kirish qismida daho so„z san‟atkorining hayot yo„liga nazar
nashlanadi.
Manbalarda jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri Farididdin
Abuhomid Muhammad ibn Abubakr Ibrohim 1119-1229 yillarda Eronning
Nishopur viloyatida yashab o„tgan deb taxmin qilinadi. Otasi Abubakr Ibrohim
savdo-sotiq va tabiblik ishlari bilan shug„ullangan bo„lib, iymon-e‟tiqodda sobit,
diyonatli va porso kishi edi. Do„konida xush iforli shifobaxsh va dorivor giyohlar
sotilganidan el orasida “Attor” laqabi bilan mashhur bo„lgan. Otasining kasbini
davom ettirgan adibga bu nom keyinchalik taxallus bo„lib qolgan.
Adabiyotshunos olim E.Ochilovning ta‟kidlashicha, yoshligidan ilm
tahsiliga qiziqqan Muhammad islom dini asoslari, tasavvuf ta‟limoti, til va
adabiyot, hikmatu kalom, nujum, tib va dorishunoslik fanlarini chuqur o„zlashtirib,
o„z davrining peshqadam kishilaridan biriga aylanadi.
U so„fiylik muhiti va tasavvuf ahli orasida yashaganidan bu ta‟limot unga
kuchli ta‟sir ko„rsatgan. Ilohiy bilimlarni egallagan mutafakkir alloma
1
Fariduddin Attor. Hikmatlar va hikoyatlar (Forsiydan Jamol Kamol tarjomasi). –Т.: Мuharrir, 2010. – 253-bet.
58
o„rganganlarini o„z dostonlarida kuylab, boshqalarga yetkazganligi bois “Dinning
yagonasi” – Farididdin maqomiga sazovor bo„ladi.
Do„kondorlik bilan shug„ullanishi barobarida g„azal va ruboiylar yozishni
mashq qilgan Attor badiiy ijod sohasida ham kamolga etadi. Xalq orasida
“Muxtornoma”, “Mantiq ut-tayr”, “Ilohiynoma”, “Asrornoma”, “Xusravnoma”,
“Bulbulnoma”, “Ushturnoma”, “Pandnoma”, “Javhar uz-zot” va “Tazkirat ul-
avliyo” kabi ijod namunalari bilan tanilgan shoirga bu asarlari keyinchalik mislsiz
muvaffaqiyatlar olib keladi.
“Zeroki, bu asarlarda adib, bir tomondan, so„fizim ta‟limotidagi tavakkul,
ishq, ma‟rifat, shariat, tariqat, shukur, rizo, qanoat, nafs, tavhid, haqiqat, adolat,
himmat, xayr, saxo, javonmardlik singari talab va yo„llarni tashviq etadi; Haqqa
yetmoq uchun zahmat, riyozat chekmoq shartligini ta‟kidlaydi; ikkinchi tomondan
esa, o„z ilmiy fikrlari ta‟limotini asoslash, tasdiqlash uchun tarixiy voqealardan,
o„z hayotiy tajribalaridan, o„tmish mashoyixlari kechmishlaridan yuzlab
hikoyatlar, masallar, ma‟vizalar keltiradi
”
.
1
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda Attor ijodini o„rganish yuzasidan bir
qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, adib asarlari N.Komilov,
M.Kenjabek, J.Kamol, M.A‟zamlar tomonidan fors tilidan o„zbekchaga o„girilib,
keng kitobxonlar ommasi hukmiga havola etildi.
Shoir adabiy merosini o„rganishga bag„ishlangan jarayon avvalida “Mantiq
ut-tayr” asari xususida alohida mushohada yuritiladi. O„quvchilarga Alisher
Navoiyni cheksiz hayratlarga solgan va “Lison ut- tayr” dostonini yaratishga ilhom
baxsh etgan bu go„zal san‟at asarining mazmun-mohiyati haqida muxtasar
ma‟lumotlar berib o„tilishi maqsadga muvofiq. Dostonda o„zlariga rahnamo izlash
yo„lida mashaqqat chekib, Simurg„lik darajasiga erishgan o„ttizta qush
sarguzashtlari bayoni orqali Haq Taoloni tanimoq, anglamoq (irfon), uning vasliga
bo„lgan ilohiy ishq tuyg„ulari tasvirlanganligini alohida ta‟kidlamoq joiz.
“Mashhur tasavvufshunos Abu A‟lo Afifiyning yozishicha, “Mantiq ut-
tayr”dagi qushlar inson nafslaridir. Simurg„ esa Haq Taolo erur. Vodiylar so„fiy
yo„lidagi maqomlardir. Dostondagi qushlar na ko„z ila ko„rilur, na qo„l bila
tutilur... Ularning yo„lchiligi ma‟naviy vodiylardagi butunlay yo„lchilikdir. Bu
sayru sayohat asnosida, nafsning g„aroyibliklari, hollar va ulardagi qorong„ulik,
nur, dunyo ishlariga bog„lanish, “eng muqaddas ilohiy Yor” ishqiga taslim bo„lish
kabi holatlar mushohada etilur.
Darhaqiqat, Attor dostonidagi bosh maqsad, avvalo, nafsni tanish, nafsga
qarshi kurashish va uni poklash yo„li bilan Haqqa yetishishdir... Qushlar timsolida
Attor buni nihoyatda yorqin va ta‟sirchan manzaralarda tasvirlab bergan”
2
.
Adib asarlarini o„rganish “Pir ila shoh” hikoyati tahlilidan boshlanadi.
Qadim zamonlarda mol-mulki haddan ziyod bir podshoh yashagan bo„lib, hatto
1
Hamidjon Homidiy. Tasavvuf allomalari. –Т.: Sharq, 2009. –152-bet.
2
Ibrohim Haqqul. Navoiyni maftun aylagan kitob (So„zboshi). Shayx Fariduddin Attor. Маntiq ут-tayr (Qush tili).
Forsiydan Jamol Kamol tarjimasi. –Т.: Fan, 2006. – 6-bet.
59
yetmish yoshga kirganida ham o„y-xayolini boylik to„plash orzusi tark etmagan
edi.
Shu o„lkada dovrug„i yetti iqlimni tutgan piri komil faqirona umrguzaronlik
qilar, ilm-u hunaridan esa el-ulusga ko„p foydasi tegardi.
Kunlarning birida haligi shoh ul zotning huzuriga kelib, ikkisidan qaysi biri
ustunligi, unda o„zinikidan afzalroq nimasi borligini so„rabdi.
Shu o„rinda o„quvchilar bilan qanoat va nafs haqida munozara yuritish
orqali bu ikki tushunchaning inson ma‟naviy kamolotidagi o„rni anglanishiga
zamin yaratiladi.
O„ziga sabr-toqat va shukronalikni kasb etgan pir komillik timsoli. U
nafsoniy istaklarni riyozat ila mahf etib, o„z izmiga bo„ysundira olgan va Haq
diydoriga musharraf bo„lmoqlikni ixtiyor etgan solik.
Hayot mazmunini faqat moddiy boyliklarda deb bilgan podshoh esa
shaytoniy qutqularga uchgan xudbin bir kimsa. O„tkinchi dunyo hoyu-havaslariga
ortiqcha ruju qo„yish uni o„zligidan judo etib, nafs botqog„iga botiradi.
Qanchalik bisyor bo„lmasin shohning davlatidan o„zgalarga zarracha naf
yetmaydi. Pir esa yurt koriga yarash, qalblarni ilm ziyosi bilan nurafshon etish kabi
xayrli amallar istagida yashaydi. Buning evaziga boshqalardan hech narsa ta‟ma
qilmaydi. Ikkisining farqli jihatlari ham ana shunda. Ko„rinadiki, pir kamtarlik,
himmat va saxovat bobida shohdan ancha pog„ona yuqorida turar ekan.
Hikoyat tahlilidan qanoat va ma‟rifat insonni maqsad sari eltuvchi shamchiroq,
nafsga tobelik, kibr-u havo, johillik va ilmsizlik unga mone‟lik ko„rsatuvchi
bid‟atdir, degan xulosaga kelinadi.
Munozara adibning boshqa hikoyatlariga munosabat bildirish asnosida davom
ettiriladi. Mashg„ulot yakunida Attor asarlaridan olingan taassurotlar bilan
o„rtoqlashiladi.
O„quvchilarning adabiy-nazariy bilimlarga qiziqishlarini oshirish, har bir
ishga mustaqil va ijodiy yondashish kompetensiyasini shakllantirishda
“Tushunchalar” metodi jadvali yaxshi samara beradi. Masalan, 9-sinfda
Ch.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” qissasi ruhidan kelib chiqib pafos haqidagi
nazariy ma‟lumotlar berilgan
1
. Badiiy asar pafosi quyi sinflarda egallangan
nazariy bilimlar bilan uyg„unlikda quyidagicha grafik organayzer vositasida
o„rganilsa, o„quvchilarning o„zlashtirish darajasi ortishiga erishiladi:
Tushunchalar
nomi
Sizningcha bu
tushuncha
nimani
bildiradi?
Biror asar misolida ushbu
tushunchaning
ruhiyatingizga ta‟sirini
belgilang
Qo„shimcha
ma‟lumot bering
Pafos
Yunon tilidan
olingan bu so„z
(“pathos”)
“ehtiros”,
“hissiyot”,
Masalan, E.Vohidovning
“O„zbegim” qasidasidagi
hayajonli his-tuyg„ular
insonni vatanparvarlik va
millatparvarlik ruhida
Mazkur atamani
fanga Gegel olib
kirgan. Qadimgi
yunonlarda ritorika
(notiqlik)dan kelib
1
Yo„ldoshev Q. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablari 9-sinfi uchun darslik. II qism. –T.: Yangiyo„l poligraph
servis, 2014. –182-bet.
60
“iztirob”
ma‟nolarini
anglatadi.
tarbiyalashga xizmat qiladi.
chiqqan bo„lib,
yozuvchining
dunyoqarashi va
g„oyasini yuzaga
chiqaradi.
Xulosa qilganda, muayyan adabiy kompetensiyalarni shakllantirish orqali
o„quvchilarning hayotda uchrashi mumkin bo„lgan muammoli vaziyatlarni oqilona
hal etish, nazariy bilimlarini amalda qo„llash malakalari rivojlantiriladi.
Qahramonlar taqdiri misolida faqat insongagina xos eng nozik kechinmalar
anglanishiga, iztiroblariga darddoshlik tuyg„ulari tarbiyalanishiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: |