Insoniylashtirish. Bu tabiat hodisalari, mavhum tushunchalarni inson
obrazida tasavvur qilishni anglatadi. Masalan, Asqad Muxtorning “Nihol”
she‟ridagi gursillab yiqilganidan, tag tomirlarigacha qo„porilgan keksa qayrag„och
– umri poyoniga yetgan chol, unga tirgak bo„lishga intilgan navniholni esa yosh
nabira obrazi sifatida ko„rsatilishi mumkin.
1
Аlisher Navoiy. Хаmsa. Qisqartirib nashrga tayyorlovchi А.Hojiahmedov. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013.
–
267-bet.
72
Ta‟kidlash. Badiiy obrazning biror jihati ajratib alohida ta‟kidlanadi.
She‟rda Niholning “Kiftimga tashlayver keksa gavdangni”
1
tarzidagi daldasidan
hayot nasllar bilan bardavomiyligi, yoshi ulg„ayganida inson farzandlariga
suyanishi, e‟tiborsizlik, unutilishidan xavotirlanish va bir og„iz shirin kalomga
ilhaqligini unutmaslik g„oyasi tarannum etilishi haqida fikr yuritiladi.
Tipiklashtirish: turli asarlarda ko„p bora takrorlanadigan, kengroq tarqalgan
personajlar, vaziyatlarning o„xshash jihatlarini izohlash. Bunda Odil Yoquboqning
“Ulug„bek xazinasi”, Xurshid Davronning “Alg„ul” tragediyasidagi Ulug„bek
obrazlari, Oybekning “Navoiy”, Omon Muxtorning “Navoiy va rassom Abulxayr”
romanlaridagi Alisher Navoiyga xos insoniylik, oliyjanoblik kabi xislatlari va
amalga oshirgan xayrli ishlariga tavsif beriladi.
Qiyoslash. Turli yozuvchilar tomonidan aynan bir xarakter tasvirini ochib
berish, o„xshashligi yoki qarama-qarshi jihatlarini qiyoslash. Xususan,
M.Osimning “To„maris”, Shuhratning “Mardlik afsonasi” balladasidagi To„maris,
P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani, X.Davronning “Samarqand xayoli”
asaridagi Bobur obrazlari “Venn diagrammasi” texnologiyasi asosida qiyoslanib,
bu obrazlar uchun umumiy va farqli jihatlar o„rganiladi. Qiyoslash muayyan
maqsadga yo„naltirilgan va rejali asosda bo„lishi kerak.
Hozirgi paytda o„quv jarayonida mustaqil ta‟limga nihoyatda katta e‟tibor
berilmoqda. Shu sababli O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi
tasdiqlagan namunaviy o„quv rejalarida har bir fandan mustaqil ta‟limga tegishli
soatlar ajratilganligi bu masalaning naqadar dolzarbligini ta‟kidlab turibdi.
Adabiyotdan mustaqil ta‟limning keng tarqalgan turi referatdir . Yaxshi
bajarilgan referat shaklidagi mustaqil ish o„quvchining ilm sohasiga qo„ygan
birinchi qadami deyish mumkin. Albatta, hozir “internet referatlar” ko„payib ketdi.
Lekin ularni ta‟qiqlash bilan maqsadga erishib bo„lmaydi.
O„quvchilarni internet materiallariga nisbatan ijodiy yondashishga o„rgatish
tushunchalarini mustahkamlash va kengaytirishga yordam beradi. Referat yozishda
o„quvchi faoliyati belgilangan muammoni hal etish yo„llarini ishlab chiqishga
yo„naltiriladi. Tadqiqot maqsadi, yo„nalishi va mohiyati rejaga muvofiq izchil
bayon etilishi, yangi g„oyalar, dalillar bilan isbotlanishi, asosli xulosalar
chiqarilishi talab etiladi.
Insho, taqriz, matn yaratish kabi yozma ishlar ham o„quvchilarni tahlilga
yo„naltiruvchi vositalar sifatida e‟tirof etiladi. Jumladan, maktub usuli ta‟limda
yangilik sanalmasa-da, o„quvchilarni biror yozuvchining ijodi bilan yaqindan
tanishtirishga, aks ettirilgan voqelik yuzasidan o„zaro fikr almashib, munosabat
bildirishga o„rgatishi bilan samarali hisoblanadi.
7-sinfda ingliz adibi Ernest Seton-Tompsonning “Yovvoyi yo„rg„a” asarini
o„rganish chog„ida o„quvchilarga o„zbek adabiyotida N.Norqobilov ijodida ham
hayvonot olami ishonarli va samimiy tarzda aks ettirilgani bilan ajralib turishi
alohida ta‟kidlanib, adib asarlari mustaqil o„qishga tavsiya qilinishi maqsadga
muvofiq. Mutolaa yakunida esa taassurotlarini maktub orqali o„rtoqlashish vazifasi
topshiriladi.
1
Аsqad Мuxtor. El-yurt kerak ekan odamga. –Т.:G„afur G„ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2011.
–
10-bet.
73
Tengdoshidan maktub olgan o„quvchi, albatta, javoban o„zini hayajonga
solgan, o„yga toldirgan lavhalar xususida mulohaza yuritish sharti belgilanadi. Shu
usul bilan o„qituvchida butun sinfning kitobxonlik faoliyatini o„rganish va nazorat
qilish imkoni paydo bo„ladi.
Maktub quyidagi mazmunda bitilishi mumkin:
“Salom ... Kuni kecha men yozuvchi N.Norqobilovning “Ovul oralagan
bo„ri” qissasini o„qib tugatdim. Asar haqidagi fikrlarim seni befarq qoldirmasligiga
ishonaman.
Voqealar rivoji Oqyol laqabli bo„rining jufti Cho„ngkalladan arazlab,
bemaqsad tentirashi oqibatida behosdan Salom merganning tulki va quyonlarga
qo„ygan qopqoniga tushib qolishidan boshlanadi.
Dala-dashtni axtarib Oqyolni topolmagan arloni bo„ri tunda yog„ib o„tgan
qor yuzidagi qonli halqobda uning isi borligini sezadi. Dumining qorda sudralgan
izlari va qon hididan Oqyolni odamlar olib ketishganini fahmlab, qishloq tomon
yo„l oladi.
Cho„ngkallaning juftini qutqarish uchun qayta-qayta ovul oralashi befoyda
kechadi, chunki odamlar jondorning tungi tashriflarini payqab qolishib, bunga
qarshi chora o„ylab qo„yishgan edi.
Arloni bo„ri mergannikiga so„nggi bor kelganida ombortom o„rtasida
osig„liq turgan Oqyolga ko„zi tushadi. Erkalanib jufti istiqboliga oshiqar ekan,
Oqyolning tanasida tiriklik alomatlarini sezmaydi. Yurak-bag„ri o„rtanib uvlab
yuboray deganida, uning kelishini poylay-poylay uxlab qolgan uy sohibi
kutilmaganda uyg„onib ketgach, ilojsizlikdan omborni tark etadi.
Ertasiga qirda o„ziga hamla qilgan bo„ri yotganligini Norqul polvondan
eshitgan mergan o„sha tomonga oshiqadi. Uzoqdan mahobatli jondor tanasini
ko„rib, unga yaqinlashadi. “Salom mergan va, nihoyat, uning tepasiga bordi.
Tanida o„q izini ilg„amagach, bosh tomoniga o„tdi. Jonivorning ko„zlarida yosh
qotib qolgandi. Bechoraning yuragi judolikka dosh berolmagandi”
1
.
Arloni bo„ri menga erk uchun qiyinchiliklarni mardonavor yengib, abadiy
ozodlikka erishgan yovvoyi yo„rg„ani eslatdi. Senga ham qissani o„qishni tavsiya
etardim.
Ehtirom bilan ...”
Javob maktubidan namuna:
“Qadrli ... Sening sadoqatli bo„ri haqidagi hikoyang menda asar bilan
tanishish istagini uyg„otdi.
Men ham adibning “Paxmoq” qissasini hayajon bilan o„qib chiqdim. Asar
qahramoni Paxmoq laqabli ayiqchaning boshidan kechirganlari har qanday odamni
hayron qoldiradi.
Voqea mana bunday bo„lgandi. Yoz kunlarining birida shaharlik mehmonlar
Toshloqsoy qishlog„i etagidagi so„lim maskanga dam olishga kelishadi. Ularga
xizmat ko„rsatayotgan Panji sayoq ismli kimsa o„ylamasdan davraboshining ayiq
terisi haqidagi istagini bajarishga so„z berib qo„yadi. Belgilangan muddat yetgach,
1
Norqobilov N. Оvul oralagan bo„ri. –Т.: Sharq, 2005.
–
58-bet.
74
va‟da eslatiladi va Panji Pahmoqning izidan tushib, uni yarador qiladi. Shundan
so„ng ayiqcha hayotidagi halovatsiz kunlar boshlanadi.
G„animi ta‟qiblaridan qutulolmay yurgan kunlarining birida Paxmoq
tasodifan o„ziga yaqinlashayotgan xavfni sezib qoladi. Qo„rquvdan dag„-dag„
titrab, xarsangtosh ortiga bekinar ekan, agar quroli bo„lmasa, odamzod ham ojiz bir
mahluqdan farqi yo„qligiga hayratlanadi. O„sha lahzalarda barcha ko„rgiliklarining
sababchisiga nafrati ortib, yuragida qasos tuyg„usi bosh ko„taradi. O„ljasi ilinjida
yurgan dushmani qarshisidan shiddat bilan chiqib, undan o„ch olishga kuch topa
biladi.
Nimalarnidir xayol qilib xotirjam kelayotgan Panji sayoq ro„parasida paydo
bo„lib qolgan Paxmoqni ko„rib, dahshatdan qotib qoladi...
Do„stim, men qissani o„qish paytida go„yo voqealar tasvirlangan sehrli
olamga tushib qolgandek bo„ldim. Xayolan o„zimni ayiqcha bilan Mudroqqoya
tomonlarga yastangan Yalang„och tizmalar bag„rida yonma-yon yugurib
o„ynagandek, Chuqurkamar ko„lidagi shifobaxsh suvda rohatlanib suzgandek
bo„ldim.
Uning Bujurqoya etagidagi yovvoyi olma daraxtlarini silkitib, duv-duv
to„kilgan mevalardan to„yib-to„yib yeyishlaridan; qiyoqzorlarni loyqalatib baliq
tutishlari-yu, qorni to„ygach, oftobga toblanib yotishlaridan zavqlandim.
Ba‟zan Panji sayoqdan qochib borayotgan ayiqchaga hamrohlik qilib, yo„lda
uchragan xarsanglar, butalar, archalar ortidan atrofni olazarak bo„lib kuzatdim.
Pahmoqning yovvoyi to„ng„izlar va bo„rilar galasi hujumiga uchragandagi
chorasizliklariga achindim. Unga qilingan tahdidlardan, qo„lga tushib qolishidan
xavotirga tushdim.
Qadrdonim, norasta ayiqchaning onasidan ayrilgan ilk kunlardagi ayanchli
ahvolini bir tasavvur qilgin-a. Onasini izlab topolmay, qayg„uga botgan Pahmoqni
yozuvchi shunday tasvirlaydi: “Zorlanib g„ingshidi. Qorni ochganini his etib,
onasini emmoq istadi. Tamshanib-tamshanib ona sutini qo„msadi. Munkib ketib,
tumshug„i bilan o„ngir devoriga turtildi. Og„izchasi sut o„rniga qumga to„ldi.
U yig„ladi, rostmana g„ingshib, zorlanib, ho„ngrab yig„ladi...”
1
.
Vaqti kelib g„o„r va jur‟atsiz Pahmoq o„zidan zo„rlar hamlasiga javob
qaytara oladigan Egridara hududidagi kuchli ayiqqa aylandi.
Men Pahmoq obrazida yashash uchun kurashib, kelajakka ishonch bilan
intilgan insonlar qiyofasini ko„rganday bo„ldim. Shuningdek, tabiatga yovuzlarcha
munosabatda bo„lishning oqibati yaxshilikka olib kelmasligini Panji sayoq yurish-
turishi misolida anglab etdim.
Ha, aytganday, o„tgan xatingda “Oqbo„yin” nomli asarni o„qiyotganingni
yozgan eding. Men ham Yovqur ismli it taqdiri tasvirlangan “Ajal chorlagan kun”
qissasi mutolaasini boshladim. Keyingi maktubda mazkur asarlar haqida
fikrlashamiz, deb umid qilaman.
Javobingni kutib ...”
1
Norqobolov N. Тоg„dagi yolg„iz odam. –Т.:Sharq, 2011.
–
126-bet.
75
Ijodiy ishlar yig„ib olinib muhokama qilinadi, iqtidorli mualliflar
rag„batlantiriladi. Eng munosiblari adabiy tanlovlarga yuborilishi yoki vaqtli
matbuot sahifalarida chop ettirishga tavsiya qilinadi.
Badiiy matnlarni yod olish va ifodali o„qish ham mustaqil ishning samarali
turlaridandir. Yod aytish chog„ida ovoz chiqarib o„qish, ko„rish, eshitish singari
nutq va xotira turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Agar matn katta hajmli bo„lsa,
tahlil chog„ida qismlarga bo„linib, reja bo„yicha yod olinadi. Yod aytishda
o„qituvchi ijrosi o„quvchilar uchun namuna vazifasini o„taydi.
Dostları ilə paylaş: |