Publications


Hofiz Ko„ykiy hayajonini bosolmay



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/49
tarix23.05.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#59068
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Hofiz Ko„ykiy hayajonini bosolmay: 
 
 – Saodat sohili – vatanda, olampanoh... 
1
Jarayon Bobur vafotidan chuqur iztirobga tushgan Hofiz Ko„ykiyning 
Baxshiturk bilan uchrashuvi lavhasi ijrosi bilan yakunlanadi.  
Xulosa qilganda, ilg„or pedagogik tehnologiyalardan unumli foydalanish, 
ijodiy va mustaqil ishlarni tashkil etish o„quvchilarning kommunikativ, kreativlik, 
estetik kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Sultonov Х. Boburning tushlari. –Т.: G„afur G„ulom nomidagi Adabiyot va san‟at nashriyoti, 1993
.
– 96-бет. 


81 
III BOB
 
 SINFDAN TASHQARI O„QISH: TAJRIBALAR VA XULOSALAR 
 
3.1. To„garak mashg„ulotlarida axborot texnologiyasidan foydalanish 
 
Ta‟lim sohasidagi islohotlar sinfdan tashqari ishlar, xususan, to„garaklar 
samaradorligini oshirishda ilg„or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan keng ko„lamda foydalanish zaruriyatini taqozo etmoqda. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarini darsdan tashqari o„quv jarayoniga tatbiq 
etish yosh avlod intellektual salohiyati, badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirish, 
nazariyani amaliyotga bog„lash, bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash
nazorat qilish, axborotlar bilan ishlash hamda mashg„ulotlarga qiziqtirish kabi 
qator afzalliklarga ega. 
Adabiyotdan tashkil etiladigan to„garak mashg„ulotlarida biror ijodkorning 
umrbayoni bilan yaqindan tanishish, mustaqil mutolaa qilingan asarlarni tahlil 
qilishda 
kompyuter, 
multimediya 
vositalari 
kabi 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarining imkoniyatlari cheksiz. 
Fikrimizni Usmon Azim ijodiga bag„ishlangan adabiy-ijodiy to„garak 
mashg„ulotini kompyuterning “Power Point” dasturidan foydalanib tashkil etish 
misolida asoslashga harakat qilamiz. 
Mashg„ulotga hozirlik ko„rish jarayonida to„garak ishtirokchilariga 
ijodkorning “Sog„inch” she‟riy, “Jodu” nasriy to„plamlari, “Bir qadam yo„l” 
dramatik asarlarini mustaqil o„qib-o„rganish qatorida adabiyot nazariyasiga doir 
bilimlarini ham takrorlab, mustahkamlash tavsiya etiladi. 
Shoir hayoti va ijod yo„li yuzasidan taqdimot qilishda o„quvchilar 
kompyuter yordamida Internetdan ma‟lumot qidiradi, manbalarga qayta-qayta 
murojaat qiladi. Bu esa ularning kompyuter savodxonligi oshishiga, mavzuga doir 
bilimlari uzoq vaqt xotiralarida saqlanib qolishiga zamin hozirlaydi. 
O„z navbatida to„garak rahbari test olish, savolnomalar tarqatish, yakka yoki 
jamoa tarzida suhbatlar o„tkazish yo„li bilan o„quvchilar faoliyatini kuzatib boradi. 
Topshiriqlarni tuzishda to„garak a‟zolarining yosh xususiyatlari, bilish jarayonlari 
va qiziqishlariga ijodiy yondashiladi. 
Noan‟anaviy to„garak mashg„ulotlari pedagog xodimlar zimmasiga yana bir 
qo„shimcha mas‟uliyat yuklashi tabiiy. Endilikda to„garak rahbari nafaqat o„z 
fanini mukammal bilishi, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o„quv 
vositalari bo„yicha ham yetarlicha bilim va tajribaga ega bo„lishi zarur. Buning 
uchun o„qituvchi, eng avvvolo, “Power Point”, “Word”, “Exsel” kabi dasturlarni 
yaxshi bilishi muhim. 
Mashg„ulotni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish 
o„qituvchidan muayyan tayyorgarlikni talab etishi muqarrar. Garchi katta mehnat 
talab qilsa-da, to„garak rahbari Usmon Azim ijodiga doir slaydlar tayyorlaydi, 
she‟rlari asosida kuylangan qo„shiqlar, muallifligidagi kinofilmlardan parchalarni 
maxsus texnika vositalari yordamida yozib olib, kompyuter xotirasiga o„tkazadi. 


82 
Bu faoliyatga o„quvchilarning ham jalb qilinishi ularning mashg„ulotga bo„lgan 
qiziqishlarini orttiradi, bo„sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko„maklashadi. 
Mashg„ulot shakli: hamkorlikda o„qitish texnologiyalari amalga 
oshiriladigan noan‟anaviy juftliklarda ishlash (binar) darsi. To„garaklarda 
o„quvchilar soni qat‟iy bo„lmasligi nazarda tutilsa, o„rtacha 10-12 ta atrofida 
juftliklar shakllantiriladi. 
Ikki bosqichga mo„ljallangan mashg„ulot debochasi to„garak rahbarining 
ijodkorning o„zbek adabiyotini rivojlantirishga qo„shgan hissasi haqidagi kirish 
so„zi bilan boshlanadi. So„ngra kompyuter karnayidan barchaga xush kayfiyat 
ulashuvchi shoir qalamiga mansub “Derazadan boqar sohibjamol oy” qo„shig„i 
ohista yangraydi. 
Qo„shiq nihoyasiga yetgach, to„garak a‟zolarining Usmon Azim ijodiy 
faoliyati yuzasidan taqdimotlari bo„lib o„tadi. Taqdimot chog„ida “MS Power 
Point” dasturida yaratilgan musiqali slaydlarga murojaat qilinadi. Ma‟lumki, bu 
dasturda matn harakatga keladi. Matnga jilo berishda dasturning “Создать слайд” 
tugmasini bosib, “Koнструктор” holatidagi “Эффекты анимации” shakllaridan 
foydalanish mumkin.
Dastlab ekranda shoir surati va “O„zim haqimda” she‟ridan olingan satrlar 
paydo bo„ladi. Shoir siyratidagi halollik, rostgo„ylik, qat‟iyatlilik kabi o„ziga xos 
jihatlardan so„zlovchi she‟r to„liq holda o„quvchilardan biri tomonidan yoddan 
ifodali o„qiladi. 
Ijodkorning zamonaviy o„zbek she‟riyati, dramaturgiyasi taraqqiyotiga 
qo„shgan munosib ulushi haqidagi taqdimotda ma‟ruzalarning muhim o„rinlari 
videoproektor yordamida monitorda namoyish etib turiladi. 
Turli yillarda dunyo yuzini ko„rgan to„plamlari, jahon va qardosh xalqlar 
adabiyotidan tarjimalari, sermahsul va serqirra ijodiga hukumatimizning yuksak 
e‟tibori haqidagi ma‟lumotlar slaydlarda yoritib boriladi.
Slaydlarda ”Gipermurojaat” (“Гиперссылка”) orqali “Alpomish” filmidan 
lavhalar Usmon Azimning kinossenariylar yaratish mahoratini o„quvchilar ko„z 
o„ngida gavdalantiradi. Taqdimot yakunida ma‟ruzachilar shoir hayoti va ijodi 
yuzasidan to„garak a‟zolarida tug„ilgan savollarga javob qaytaradi. 
Ikkinchi bosqichda Usmon Azim ijodining birgina qirrasi – she‟rlari 
o„rganishga kirishiladi. Topshiriqlar har bir juftlikka belgilangan she‟r matni, 
undagi ayrim bandlar asosida ishlangan rasmlar, tahlilga yo„naltiruvchi savollar 
ko„rinishida slaydlarda aks etadi. 
Shoir so„z san‟ati vositasida ifodalagan fikrni kompyuter imkoniyatlaridan 
foydalanib, turli tasvir va tovushlar uyg„unligida o„rganish o„quvchilarning 
dunyoqarashini boyitish, badiiy-estetik tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Masalan: 
Bolari tentirar tentirar – gullarga cho„ri, 
Kapalak jonsarak – boqqa xizmatkor. 
Quyoshning tillarang jismini so„rib,
Namxush havolarda ko„karar bahor
1
.
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. – 92-bet.


83 
Tabiat bag„riga xayolan sayohat maqsadida mazkur she‟riy satrlarga 
ishlangan quyidagicha manzaralar keyingi slaydlarga joylashtiriladi va unga 
hamohanglikda suvlarning shildirashi, qushlarning sayrashi hamda asalarilarga xos 
tovushlar eshittiriladi: 
Moviy osmon kengliklarida oqqush misol suzayotgan pag„a-pag„a bulutlar 
karvoni. Hayotbaxsh ko„klam oftobining saxovatidan bag„ri anvoyi chechaklar-u 
zumrad maysalar bilan bezangan ona zamin. 
Atlasnusxa qanotlarini mayingina hilpiratib bog„ sahnida uchayotgan turfa 
kapalaklar. Bol ishqida chaman kezib, gul kosachalari poyini tavof aylayotgan 
g„ujg„on asalarilar... 
“Paint” grafik muharriri imkoniyatlari doirasida hosil qilingan rasmlar she‟r 
sarlavhasi “Bolari tentirar...” nomi bilan saqlanib, “Tahrir” (“Правка”) 
menyusidagi “Nusxalash” (“Koпировать”) va “Joylashtirish” (“Вставить”) 
amallaridan foydalanib “MS Power Point” dasturiga o„tkaziladi. 
Navbatdagi slaydlarda o„quvchilarni mustaqil mushohadaga yo„naltiruvchi 
savol-topshiriqlar ketma-ketlikda beriladi. Masalan, “Bilaman, hayot – kurash 
bilan tirik”
1
she‟rini tahlil qilish vazifasi yuklatilgan juftlik quyidagi savol-
topshiriqlar ustida izlanib, fikr-mulohazalarini og„zaki bayon qiladilar: 
1. She‟rdagi qirg„iy va chumchuq timsollarining hayotiy ifodasini izohlashga 
urinib ko„ring. 
2. Lirik qahramonning “Chirqillagan chumchuq tarafida” bo„lishga undagan 
ehtiyojni aniqlang. 
3. “Gullagan daraxtning kesilishi” misrasining o„z va ko„chma ma‟nolarini 
toping. 
4. “Men kuchning har ishidan izlayman mantiq – Chidolmayman haqning 
ezilishiga” bayti shoir tabiatidagi qaysi fazilatlarni yuzaga chiqargan? 
5. “Olamga zo„ravonlik beshafqat boqadi. U xush ko„rar tiz cho„kkan 
dunyoni...” bayti zamiridagi haqiqatga munosabat bildiring va hokazo. 
Tahlil nafaqat savol-javoblar shaklida, balki shoir she‟rlarida qo„llanilgan 
maxsus tasviriy vositalarni aniqlash yo„li bilan ham amalga oshiriladi. Bunday usul 
orqali o„quvchilar faoliyati satrlar zamiriga singdirilgan ma‟nolarni izlab topishga 
yo„naltiriladi. 
“Usmon Azimning she‟rlarida haqiqatga talpinish, haqiqatni izlash, 
yolg„ondan zada ko„ngil iztiroblari aks etadi. Tabiatning turli fasllari, turli 
hodisalari va hosilalari shoir his-tuyg„ularini teranroq tasvirlash uchun vosita. Lirik 
qahramon kuzgi bog„larda sayr etadi. Shoirning kunduzlari – bir lahzalik, tunlari 
uzun; quyosh esa haqiqat ramzi. Shu bois “Ruhimda bir porla, quyoshim” deydi”
2

Aksariyat she‟rlarida Usmon Azim kishi nigohidan yashirin, bir qarashda 
ko„rimsizdek, oddiy, lekin betakror tabiat manzaralariga murojaat qilish asnosida 
badiiy jihatdan mukammal asarlar yarata olganligining guvohi bo„lamiz. Jumladan, 
“Zaminda salqin oz...” deb boshlanuvchi she‟rida yo„ng„ichqaning muzday suv 
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. 
– 
136-bet. 
2
XX asr o„zbek she‟riyati antologiyasi. –T.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. 
– 
8-бет. 


84 
kechib o„ynashi tasvirlari
1
lirik qahramon qalbidagi dard tugunlarini “yechib”
yuboradi.
She‟rda tasvirlanganidek, egatlariga saraton suvlari taralgan beda 
barglarining mayin shabboda epkinlaridan ohista tebranib chayqalishi kishi 
ruhiyatiga cheksiz huzur baxsh etadi. Yo„ng„ichqaning “suv kechib” raqsga 
tushishidan zavqlangan lirik qahramon hayot tashvishlarini bir zumga bo„lsa-da 
unutadi. Aldovlar, xiyonatlar soya solgan ozurda ko„nglidagi g„uborlar tarqalib 
ketadi. Ko„rinadiki, shoir tashxis san‟atini qo„llash orqali yo„ng„ichqani 
detallashtiradi, shaxslantirishga erishadi. 
Mashg„ulot yakunida juftliklarning tahlili asosidagi muayyan xulosalar matn 
ko„rinishida kompyuter xotirasiga kiritiladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin