3.2-§. Navolarga yo„g„rilgan g„azalxonlik
She‟rxonlik musiqa bilan integratsiyalashgan holda olib boriladigan
noan‟anaviy shakldagi sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlari o„quvchilar
kitobxonlik madaniyati, intellektual salohiyati va estetik didlarini kamol toptirishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 5-9-sinf adabiyot darslarida mumtoz
shoirlar ijodini o„rganish jarayonida navolarga yo„g„rilgan g„azalxonlik kechasi
tayyorlash dars va sinfdan tashqari o„qish o„rtasidagi o„zaro uzviylik va izchillikni
ta‟minlaydi. Shunday mashg„ulotlardan birini 9-sinfda Navoiy, Bobur, Mashrab
g„azaliyotiga bag„ishlab o„tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ma‟lumki, sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarini o„quvchilarning
tayyorgarligisiz tashkil etish mumkin emas. Shu bois, mumtoz shoirlar ijodini
o„rganishga kirishilgan dastlabki kunlardanoq rejalashtirilgan loyiha g„oyasi
o„quvchilarga tanishtiriladi. O„quvchilarni mustaqil mutolaaga qiziqtirishda
“Topmadim”, “G„azal gulzoridan 100 otashin gul”, “Shoh va shoir Zahiriddin
Muhammad Bobur”, “Mehribonim, qaydasan”, “Dilim daryoi nurdur” kabi she‟riy
to„plamlar tavsiya qilinadi.
G„azallarni yoddan ifodali o„qish mushoira sharti tarzida belgilanadi.
Nazmga navoning hamohangligini ta‟minlash borasida mazkur shoirlar g„azallari
bilan kuylangan qo„shiqlar radio, televidenie yoki joylardagi ovoz yozish
studiyalaridan maxsus buyurtmalar asosida yozdirib olinadi. Nay, dutor, g„ijjak
kabi musiqa asboblarini chala oladigan o„quvchilarga kuy ijro etishlari uchun
alohida topshiriqlar beriladi.
Mashg„ulotdan ko„zlangan asosiy maqsad o„quvchilar qalbiga g„azallarda
tarannum etilgan hayot madhi, ishq, vafo, insoniylik g„oyalarini singdirish orqali
nafosat tarbiyasini berish; mumtoz adabiyot nazariyasiga oid bilimlarini
chuqurlashtirish, aruz vaznida yaratilgan asarlarni ifodali o„qish ko„nikma va
malakalarini takomillashtirish; dunyoqarashlarini boyitish hamda og„zaki
nutqlarini o„stirishdan iborat.
1
Usmon Azim. Sog„inch. –Т.: O„zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
–
93-бет.
85
O„quvchilar bilimini mustahkamlab, umumlashtiruvchi musobaqa shaklidagi
mushoira darsida ijodiy o„qish metodi qo„llaniladi.
Adabiyotdan takomillashtirilgan o„quv dasturida aruz nazariyasini o„rganish
ko„zda tutilmaganligi bois o„quv yili davomida aruz tizimiga xos bahrlar, vaznlar,
ularning ruknlari tarkibi va chizmalari yuzasidan to„garak mashg„ulotlari yoki
sinfdan tashqari suhbatlar o„tkazib borish maqsadga muvofiqdir. Modomiki,
maktablarda aruz vaznida bitilgan asarlar o„rganilar ekan, buning uchun maxsus
soatlar ajratilishi zarur. Lekin bu masala qisman bo„lsa-da darsliklar mualliflari
tomonidan e‟tiborga olinganligini ta‟kidlash joiz. Jumladan, 8-sinf adabiyot
darslik-majmuasi
1
da Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” dostoni (44-bet),
Lutfiyning “Xoh inon, xoh inonma” (76-bet), “Bu ko„nguldur, bu ko„ngul” (79-
bet), “Ayoqingg„a tushar har lahza gisu...” (81-bet), Navoiyning “Qilg„il” (103-
bet), “Kelmadi” (112-bet), “Bo„ldum sanga” (121-bet), Nodiraning “Doda
keldim...” (148-bet), “Vasl uyin obod qildim...” (150-151-betlar), “Kel, dahrni
imtihon etib ket...” (153-bet), Fuzuliyning “So„r” (144-bet), “Mani jondan
o„sondirdi...” (148-bet)
2
g„azallari vaznlari va taqte‟lari ko„rsatib o„tilgan.
9-sinf darsligida esa Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni hazaji
musammani mahzuf vazniga mansubligi
3
(65-bet) haqida muxtasargina aytib
o„tilgan. Bu kabi ma‟lumotlar o„quvchining aruz haqida muayyan tushuncha hosil
qilishi uchun yetarli emas, albatta.
Ma‟lumki, taniqli olim A.Hojiahmedovning she‟riy san‟atlar, aruz va qofiya
ilmini o„rganishga bag„ishlangan “Maktabda aruz vaznini o„rganish”, “O„zbek aruz
lug„ati”, “Maktabda o„rganiladigan mumtoz she‟riyatning vazn ko„rsatkichlari”
kabi qator izlanishlari mavjud. So„nggi yillarda aruz nazariyasini o„rgatish
masalalari adabiyotshunoslikda L.Sharipova, adabiyot o„qitish metodikasi sohasida
esa V.Qodirovlar tomonidan tadqiq etilayotgani kuzatilmoqda.
Metodist V.Qodirov to„g„ri ta‟kidlaganidek, maktabda aruz haqidagi
tushunchalar tadrijiylik tamoyili asosida rejalashtirilishi zarur. Muammo yuzasidan
tajribalari bilan o„rtoqlashar ekan, olim maktabda aruz nazariyasini o„rganish
tartibini quyidagicha belgilash maqsadga muvofiqligini ko„rsatadi: 1) barmoq
vazni to„g„risida tushuncha; 2) hijo va uning sifatlari; 3) ruknni hosil qiluvchi
unsurlar; 4) rukn, uning tuzilishi va turlari; 5) bahrlarning hosil bo„lishi; 6) vasl
hodisasi; 7) vazn talabiga ko„ra so„zlarni qo„llashdagi istisnolar haqida ma‟lumot
berish; 8) zihoflar
4
.
O„quvchilarda aruz ilmi yuzasidan yetarlicha bilim va tushuncha hosil
qilish maqsadida yuqoridagi kabi manbalardan, xususan, A.Hojiahmedovning
“Maktabda aruz vaznini o„rganish” risolasidan foydalanilib, g„azallarni ritmik
bo„laklarga ajratish, bahr hamda vaznlarini aniqlash, chizmalarini belgilash
qoidalari haqida amaliy saboqlar tashkil etish mumkin. Xususan, 8-sinfda
Alisher Navoiyning “Kelmadi” g„azalini ifodali o„qishga o„rgatish jarayonida
1
S ultonmurod Olim va boshq. 8-sinf uchun darslik-majmua. Birinchi qism. –T.: G„.G„ulom nomidagi NMIU, 2014.
2
Sultonmurod Olim va boshq. 8-sinf uchun darslik-majmua. Ikkinchi qism. –T.: G„.G„ulom nomidagi NMIU, 2014.
3
Yo„ldoshev Q. va boshq. Adabiyot. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. Birinchi qism. –T.:
Yangiyo„l poligraph servis, 2014. – 65-bet.
4
Qodirov V. Аruz vaznini o„qitish tajribasidan. //Til va adabiyot ta‟limi. –Т.: 2013, №1. – 30-bet.
86
uning ikki o„lchovda yozilganligi ta‟kidlanib, bahri va vaznini aniqlashga
kirishiladi.
O„quvchilarga dastlab g„azalning asosiy vazni ramali musammani mahzuf
ekanligi, ruknlari tarkibi “foilotun foilotun foilotun foilun”, taqte‟si: – v – – / – v
– – / – v – – / – v – tarzida bo„lishi mufassal tushuntiriladi. So„ngra ikkinchi
vaznning asosiy o„lchovdan farqlanishi sabalari oydinlashtiriladi. Chunonchi,
“g„azalning uchinchi misrasi oxiridagi “intizor”, 5-misrasi oxiridagi “ehtiyot”, 7-
misrasi oxiridagi “devonavor” so„zlari o„ta cho„ziq hijo bilan tugallangan. Shunga
ko„ra mazkur misralarning oxirgi ruknlari foilotunning mahzuf tarmog„i –
foilunga emas, balki maqsur tarmog„i – foilonga teng keladi. Demak, vazn nomi
ham o„zgaradi va ramali musammani maqsur deb ataladi”
1
.
Adabiyot daftarlariga ikkinchi vaznning ruknlari tarkibi (“foilotun foilotun
foilotun foilon”) va taqte‟si ( – v – – / – v – – / – v – – / – v ) yozdirib qo„yiladi.
Multimediya vositalari orqali aks ettiriladigan g„azal matnining har bir misrasi
ushbu o„lchovlar asosida avval o„qituvchi, so„ngra o„quvchilar tomonidan ifodali
o„qilib, mazmuni sharhlanadi.
Kecha kelgum – dur debon ul – sarvi gulru – kelmadi,
– v – – – v – – – v – – – v –
Ko„zlarimga – kecha tong ot – kuncha uyqu – kelmadi.
4
– v – – – v – – – v – – – v –
Aruz ilmiga oid ma‟lumotlar yod olish yo„li bilan mustahkamlanib boriladi.
Bunday usullar orqali o„quvchilarda aruz vaznida yozilgan asarlarni qoidaga
binoan ifodali o„qish ko„nikma va malakalari shakllantiriladi.
Aruz nazariyasini mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg„ulotlarda
o„quvchilar bilimlari javoblari yoziladigan, belgilanadigan va jadvalli test
topshiriqlari asosida nazorat qilinib, baholanadi. Masalan:
1. “Faulun faulun faulun faal” ruknlariga asoslangan vazn ...
Javob: mutaqoribi musammani mahzuf
2. Navoiyning “O„n sakiz ming olam oshubi...” g„azali ruknlari chizmasi
qaysi javobda to„g„ri ko„rsatilgan?
A. – v – –
– v – –
– v – –
– v –
V. v – – –
v – – –
v – – –
v – – –
S. v – – –
v – – –
v – –
D. – v – –
– v – –
– v –
E. v – –
v – –
v – – v –
Javob: A. Bunday chizmaga ega ruknlar “foilotun foilotun foilotun foilun”
tarzida bo„lib, vazni – ramali musammani mahzuf.
1
Ҳожиаҳмедов А. Шеър санъатларини биласизми?. – Т .: “Шарқ”, 1999. – 27-bet.
87
3.Quyidagi g„azallar aruzning qaysi vaznlari asosida yaratilganligini
tartibga muvofiq joylashtiring.
1. Bobur. “Xazon yaprog„i yanglig„”
2. Turdi Farog„iy “Bu mulk”
3. Ogahiy. “Navro„z bo„lsun”
4. Muqimiy “Tanobchilar”
5. Furqat “Sayding qo„ya ber, sayyod”
A. Ramali musammani maqsur
V. Sar‟i musaddasi matviyi makshuf
C. Hazaji musammani axrab
D. Hazaji musaddasi mahzuf
E. Hazaji musammani solim
Javob: 1 – E, 2 – A, 3 – D, 4 – V, 5 – C
1
.
O„quv yili davomida ham yuqoridagi kabi sinfdan tashqari o„qish
mashg„ulotlari o„tkazib turilsa, aruz vaznidagi asarlarni o„rganishda
qiyinchiliklarga duch kelinmaydi.
Galdagi ish “G„azalxonlik bo„stoni”ni yaratish bo„lib, unga safarbar
qilingan o„quvchilarga tasviriy san‟at va mehnat ta‟limi fanlaridan olgan
bilimlari juda asqotadi. Adabiyot xonasini she‟rxonlik ko„tarinki ruhda o„tishiga
moslab bezatish ishlarining o„ziyoq o„quvchilar badiiy-estetik tafakkurini
yuksaltirishga xizmat qiladi.
Ish debochasi mushoira o„tadigan xonaning markaziy qismiga mo„jazgina
bog„ barpo etishdan boshlanadi.
Bog„ kiraverishiga o„rnatiladigan ramziy eshikning arksimon tepa qismiga
“G„azalxonlik bo„stoni”ga xush kelibsiz! so„zlari yozib qo„yiladi. Eshikning har
ikkala yon tomoni xuddi “Bog„i Bobur
iy”ga qiyoslanib gullarga burkanadi.
Bog„ning chekkaroq qismida kokillarini yelkalari uzra tashlab xayol surayotgan
q
iz kabi – shoxlari egilgan majnuntol. Chamanda qiyg„os ochilgan turfa rang
gullar atrofida kapalaklar, ninachilar parvona. Atirgul shoxida bulbul unga dil
rozini aytayotgandek...
Shinamgina supachadagi xontaxta ustidagi ko„hna lavhda hazrat
Navoiyning sahifalari ochiq holda turgan afsonaviy “Xamsa”si. Kumush
shamdondagi yarmi yonib bo„lgan va o„zidan mayingina nur taratayotgan shamda
ham qandaydir sirlilik mujassam go„yo ...
O„quvchilar o„zlari ijod qilgan bunday go„zallikdan bahra olib, ilhomlanadi,
qalblarida yaratuvchanlikka ishtiyoq, shijoat uyg„onadi.
1
Hojiahmedov A. She‟r san‟atlarini bilasizmi? –T.: Sharq, 1999. – 77-92-betlar.
88
She‟riyat bog„i manzarasi yaratilishida majnuntol shoxlari, novdalari,
yaproqlari, tabiiy va sun‟iy gullar, yog„ochlar, rangli karton qog„ozlar, bo„yoq,
plastilin, yelim va boshqa zarur aksessuarlardan foydalaniladi. Xush iforlari
atrofni tutgan guldonlardagi anvoyi gullar xonaga chiroy, ko„zlarga quvonch
ulashadi.
O„quvchilarning shoirlar ijodidan olgan taassurotlari yoritilgan insho,
maqola, referatlaridan namunalar olinib devoriy gazeta, albom va bukletlar
tayyorlanadi. Xonaning bir burchagida tashkil etiladigan ko„rgazmada shoirlar
suratlari, asarlari qatori hikmatli so„zlari ham o„rin oladi.
Mushoira boshlanishidan bir oz ilgari bog„ atrofiga stol-stullar doira
shaklida joylashtiriladi. “Navoiy vorislari”, “Bobur vorislari”, “Mashrab vorislari”
guruhlari shakllantirilib, ishtirokchilar tegishli raqamlar ostida faoliyat yuritishadi.
Har bir stolga qo„yilgan musamman shaklidagi ko„rgazmali vositalarda guruh
nomi, shiori va g„oyalari tasvirlanadi.
She‟riyat kechasini o„qituvchi qisqacha va mazmunli kirish nutqi bilan
boshlab, o„quvchilarni mushoiraga taklif etadi.
Shundan so„ng g„azalxonlikka muntazir ko„ngillarga she‟riyat bog„ining
ramziy eshigi ochiladi. Sirtiga jimjimador qilib “Sirli sandiqcha” so„zi qayd
etilgan qutichadan kartochkalar olinib, qaysi raqamdagi ishtirokchilar bellashishi
aniqlanadi. G„azalxonlikni boshqarib boruvchi o„quvchining taklifidan so„ng
muayyan raqam egalari bellashuv maydoni vazifasini o„taydigan “G„azalxonlik
supasi”dan joy egallashadi.
Sayroqi qushlarning maxsus tayyorlangan yoqimli nag„malari jo„rligida
mushoira boshlanadi. Shu zaylda davom etadigan she‟rxonlik kechasida latif kuy
va qo„shiqlar hamrohligidagi nazm javohirlari yoddan aytiladi. Odamiylik, haqiqiy
va majoziy ishqdan so„zlaguvchi marg„ub satrlar ko„ngillar qatiga taxlanadi.
Mashg„ulot so„ngida “Ko„nglimdan joy olgan g„azal”, “Meni hayajonga
solgan qo„shiq” mavzularidan birida ijodiy insho yozib kelish uy vazifasi qilib
topshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |