3.Annotatsiya yozish(O’zi yozgan mavzuga anotatsiya yozish)
Maqolada talaba yoshlarga va nafaqat matematika sohasiga qiziqadigan barcha barchaga ushbu maqolani foydasi tegadi ya’ni ma’lumki, matematikani ko’p sohalarda uchratishimiz mumkin. Shunday ekan differensialtenglamalarni ham ishlatadigon soha mavjud. Masalan : Qurilish sohasida juda ko’plab ishlar matematika sohasiga tegishli. Ayniqsa tenglamalar ko’p ishlaydi. Matematik tenglamalar , difirensial,hosilalar juda ko’p kerak bo’ladi.Mqtematikadagi tenglamalar,hosilalar va difirensial tenglamalar hayotimizda ko’p uchraydigon masala ekanligi sababli o’rganishimiz darkor.
4.Taqriz yozish (Said Ahmadning “Qorako’z Majnun” hikoyasi uchun yozilgan taqriz)
Bilamizki Said Ahmadning bir qancha hikoyalarini o‘qiganmiz bulardan “Qoplon “,Qorako‘z Majnun”
Kabi hayvonlar misolida ko‘rishimiz mumkin. “Qorako‘z Majnun”hikoyasida Saodat aya, Qorako‘z, Qumri, Bo‘rixon asosiy qahramonlardir. Hikoya hayotdan kelib chiqqan bo’lib, unda ma‘nolar ko‘pki u qahramonlardan faqat yaxshi fazilatlarni olishingiz keladi. Saodat aya 5farzandning onasi bo’lib hech ham namozni qo’ymagan “Hoji buva “bo’lish niyati edi. Uning farzanlari yani Bo‘rixon armiyadan so’ng uyiga qaytmagan. Onaning mushtoq ko’zlari o‘g‘lini o’ylab tunlari uxlamay namozlarida qaytib kelishini istardi. U esa armiyadan so’ng bir qizni sevib qolgan, qiz xristian dinidan bo’lib, qizning otasi Bo‘rixonni xristian diniga o’tishini aytgan. Bo‘rixon O‘z sevgisi deb dinidan kechgan uyiga ham qaytmagan. Saodatning naberasi Anvar borib qidirib ketganida Bo‘rixonni yaxshi yashayotganni eshitgan ona quvonib ketdi. Saodat ayaning Qumri qizi bechora turmushidan qaytib kelgan, onasi tun -u kun qizini baxti ochilishi haqida yaratgandan badat so’raydi. Uning Qorako‘z nomli iti farzandlaridan ham yaxshiroq manimcha, u kasal bo’lganda ham tun-u kun yonida bo’lgan. U Saodat ayaga sadoqatli it edi. Qayerga borsa Qorako‘z Saodat ayaning orqasidan tushardi. Bo‘rixon ona tilini ham unatgan edi. Opa ukalari ham nima qilishni bilmasdilar. Saodat aya Makkaga borganlarga pensiyasidan pul berardi. U o‘glini kuzatishga ham chiqmadi. Namozida ham o‘glini tilga olmadi. Uning yoshligidagi narsalarni yondirib tashladi. Qumri ga qarab meni bunday o’g’lim yo‘q derdi. Bechora ona qalbi o‘kinchga to‘la edi. Mazasi qochdi. Qorako‘z ham uning oldida eshikdan kirib kelganlar Saodat ayaga Hoji buva bo‘ldingiz deyishdi .U quvonib ketdi. Uning tilagi amalga oshdi. O‘z farzandlarini chaqirib vaziyatini aytib Qorako‘zni tag‘in meni aqtarib bormasin deb joni uzuldi. Uning janozasiga Qorako‘z ni bog’lab qo’yishdi. .
U o’limidan so’ng Qorako‘z ko’chalardan ko‘p yuradigan bo’lib qoldi. Saodat aya qayyoqqa kelganini bilmas, farzandlarini uyini aylanib chiqardi, Qumri Qorako‘z bilan hech kelishmagan bo‘lsa ham uyda yosh to‘kishdi. Qorako‘z Saodat ayaning farzandini uyidan Saodat ayaning ovozini eshitdi u magnitafon edi. Qorako‘z ovoz chiqayotgan qarab akkillardi. Uning xayolida egam meni eshitib yonimga chiqadi deb o’ylardi go’yo. Odamlar uning ovozini eshitaverib dod -voy solishdi. Keyinroq Qorako‘zni o‘q bilan o‘ldirishdi . Qorako‘z yerda murdadek jim yotardi. Qorako‘zdek vafodor, mehribon va aqlli it barchaning yuragidan joy oladi. U oddiy itdir lekin unda yurak bor edi. Insonlarnikidek yurak
Qorako‘z egasiga sodiq qoldi. Qorako‘z inson qiyofasidagi bir qahromondir. Qorako‘z egasini albatta topadi albatta, chunki u ham uning oldiga ketdi. Men ham undan sadoqatli bo’lishni o‘rgandim.
5.Referat yozish (O’zi yozgan mavzuga referat yozish,mavu nomi “Gʼildirak va shinalar”)
Reja:
1.Gʼildiraklarning vazifasi, tuzilishi va konstruktsiyasi;
2.Аvtomobil shinalari;
3.Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda
Rostlash tizimi.
Tayanch soʼzlar:
Shina; disk; obod; stupitsa; shpilьka; boshqariluvchi gʼildirak; shkvoren; ogʼish burchagi; yaqinlashish burchagi; sapfa; karkas; rezina-kord; yostiqsimon qatlam; viskoza; kapron; neylon; protektor; pokrishka; ventilli kamera; ventil.
1.Gʼildiraklarning vazifasi, tuzilishi va konstruktsiyasi
Gʼildiraklar avtomobilni yoʼl bilan bevosita bogʼlanishini taʼminlaydi,uni harakatlanishini taʼminlaydi, uni harakatlanishini Xosil qilishda va yoʼnalishini oʼzgartirishda ishtirok etadi, avtomobilь massasidan yuzaga kelgan yuklanishlarni yerga (yoʼlga) uzatadi.
Gʼildiraklar asosiy vazifasiga qarab: yetaklovchi, boshqariluvchi, murakkab (etaklovchi va boshqariluvchi), tutib turuvchilarga boʼlinadi. Yetaklovchi gʼildiraklar transmissiyadan oldingi aylantiruvchi lahzani (momentni) tortish kuchiga aylantiradi, buning natijasida avtomobilning ilgarilanma harakati hosil boʼladi. Boshqariluvchi gʼildiraklar kuzovdan osmalar orqali oʼtadigan itaruvchi kuchni qabul qiladi va rul boshqarmasi yordamida harakatlanish yoʼnalishini oʼzgartiradi.
Murakkablashgan gʼildiraklar bir paytni oʼzida ham yetaklovchi ham boshqariluvchi gʼildiraklar vazifasini bajaradi. Turtib turuvchi gʼildiraklar itaruvchi kuchni gʼildiraklarni dumalashiga (gʼildirashiga) aylantirgan holda avtomobilь ramasi yoki kuzovining orqa qismi uchun tayanchni hosil qiladi.
Аvtomobilь gʼildiragi odatda koʼprik toʼsiniga podshipniklarda oʼrnatilgan gupchakka mahkamlanadi. Gʼildirakning asosiy qismilari toʼgʼinli disk va pnevmatik shinadir. Shina-asosiy oʼlchamlar boʼlgan tashqi diametr, gʼildirak toʼgʼiniga oʼtkazish diametri, shina kesimining eni va balandligi bilan tavsiflanadi.
Gʼildirak diski va toʼsini maxsus poʼlatdan, uning bikrligini (mustahkamligini) oshiradigan va shinani toʼgʼinga kiydirilishini yengillashtiradigan shakl berib shtamplanadi. Toʼgʼinning shina oʼtkaziladigan joyida tokchalar (polkalar) boʼlib, ular yon devorlar (bolt) bilan tugallanadi. Gʼildirak diski va toʼgʼini payvandlab biriktiriladi. Gʼildirakni gupchakka mahkamlash uchun diskda, parmalab teshiklar ochiladi va bu teshiklar yordamida gʼildirak shpilkalarga oʼrnatiladi hamda gaykalar bilan qotirib qoʼyiladi.
Toʼgʼinning konstruktsiyasiga hamda uni gupchakka biriktirilishiga qarab barcha gʼildiraklar diskli va disks gʼildiraklarga boʼlinadi. Diskli gʼildiraklar barcha yengil avtomobillarda va yuk avtomobillarining koʼpchiligida ishlatiladi. Disksiz gʼildiraklar yuk koʼtaruvchanligi katta boʼlgan MАZ, KamАZ va boshqa avtomobillarda qoʼllaniladi. Oʼta ogʼir yoʼllarda GАZ va ZIL avtomobillarida esa toʼgʼinni ajraladigan diskli gʼildiraklar ishlatiladi.
Diskli gʼildiraklarning tuzilishi. Toʼgʼinning ichki qismi shakliga qarab diskli gʼildiraklar ikkiga, yaʼni tekis toʼgʼinli va chuqur toʼgʼinli gʼildiraklarga ajratiladi. Chuqur toʼgʼin yengil avtomobillar gʼildiraklarida qoʼllaniladi. Chuqur toʼgʼinning oʼziga xos tomoni shundan iboratki, toʼgʼinni oʼrta qismida botiqlik boʼlib, u pokrishkani toʼgʼinga kiydirishni yengillashtirish uchun xizmat qiladi. Bunday toʼgʼinning qismlarga ajralmaydigan konstruktsiyasi gʼildirakni maksimal darajada yengillashtirishga va soddalashtirishga imkon beradi. Ushbu gʼildiraklarga, oʼlchamlari uncha katta boʼlmagan shinalarni- yengil avtomobilь shinalarini oʼrnatish mumkin.
Tekis toʼgʼin yuk avtomobillarining gʼildiraklarida bir necha xil variantlarga ega. Koʼpincha, toʼgʼin chekkasi vazifasini bajaradigan qirqilmagan bort halqa ishlatiladigan variantdan foydalaniladi. Bu vaziyatda toʼgʼin disk bilan ajralmaydigan qilib payvandlangan va shina borti uchun yon devorli bita tokchaga ega, shina oʼtkaziladigan ikkinchi tokcha esa qirqilgan prujinasifat qulf halqaning ichki yuzasida hosil qilingan.
Gʼildirakni yigʼishda shina toʼgʼinga erkin kiydiriladi, bort halqa oʼrnatiladi va toʼgʼin ariqchasiga kesilgan qulf halqa tushirib qoʼyiladi, natijada bort halqa toʼgʼinga mahkam oʼrnashadi. Shina damlangandan soʼng undagi havo bosimi shina bortlarini toʼgʼin chekkalariga va bort halqasiga zich siqilishini taʼminlaydi, qulf halqani toʼgʼin ariqchasiga tushirib berkitadi va shinaning toʼgʼinga zich oʼtirishiga erishiladi.
Tekis toʼgʼinli diskli gʼildiraklarning boshqa konstruktsiyalarida kesilgan bort halqa ishlatilib, u bir vaqtni oʼzida qulf halqa vazifasini ham bajaradi yoki boʼlmasa tekis toʼgʼin ikki qismga ajraladigan qilib tayyorlanadi. Orqa koʼprikka tushadigan yuklanishlarning kattaligi bois, yuk avtomobillarining orqa gʼildiraklari qoʼshaloqdir. Bunda ichki gʼildirak gupchakka shpilkalar hamda ichki va tashqi rezbasi boʼlgan qalpoqsimon gaykalar bilan, tashqi gʼildirak esa konusli gaykalar bilan qotirib qoʼyiladi.
Disksiz gʼildiraklarning tuzilishi. Disksiz gʼildiraklar gupchakka, shu gupchakning detallaridan foydalanilgan holda mahkamlanadi. Disksiz gʼildirak toʼgʼini konstruktsiyasining oʼziga xosligi shundan iboratki, toʼgʼin uchta sektordan yasalgan boʼlib, ular sektorlar toretsidagi kesilgan joylar yordamida yagona halqa qilib biriktiriladi. Gʼildirakni avtomobilga oʼrnatishda sektorlar damlanmagan shinaga joylashtiriladi, soʼng yigʼilgan gʼildirak gupchakning konussimon sirtiga oʼtkaziladi va shpilkaga qisqichlarni kiygizib, gaykalar bilan qotirib qoʼyiladi.
Disksiz gʼildirakning boshqa konstruktsiyasi (KamАZ avtomobili) qismlarga ajralmaydigan toʼgʼinga, sugʼuriladigan bort halqaga va kesilgan qulf halqaga ega boʼlib, ularning tuzilishi 15.1-chizmada tasvirlangan gʼildirak detallariga oʼxshash boʼladi. Uni gʼildirak gupchakiga oʼrnatish, qulf halqa ariqchasi ostiga ishlangan ichki konus boʼyicha markazlovchi qisqichlar vositasida amalga oshiriladi.
Disksiz gʼildiraklar diskli gʼildiraklarga qaraganda kam vaznga ega, shinalarni taʼmirlashda qismlarga ajratish va yigʼish ancha qulay, tormoz mexanizmlarini yaxshi sovitilishini taʼminlaydi. Hozirgi vaqtda bunday gʼildiraklar katta yuk koʼtaruvchi avtomobillarda va avtobuslarda borgan sari keng koʼlamda ishlatilmoqda.
2.Аvtomobilь shinalari
Аvtomobil gʼildiragining eng muhim qismi pnevmatik shina hisoblanadi. U harakatlanish chogʼida yoʼlning notekisliklarida yuzaga keladigan uncha kuchli boʼlmagan turtki va zarblarni oʼziga yutadi. Bu shinaning qayishqoqligi va unga toʼldirilgan havoning elastikligi hisobiga taʼminlanadi.
Аvtomobilь shinasi pokrishka, ventili bor kamera va gʼildirak toʼgʼiniga kiydirilgan toʼgin tasmasidan iborat. Bu tasma kamerani shikastlanishdan hamda gʼildirak toʼgʼini va pokrishga bortiga ishqalanishdan saqlaydi. Pokrishka shinaning yuklanishlarni koʼtaruvchi tashqi qobigʼini hosil qilsa, uning ichki boʼshligʼini kamera qiladi. Аyrim hollarda yengil avtomobillarda kamerasiz shinalar ishlatiladi. Ularnig germetikligiga pokrishkaning ichki yuzasiga maxsus zichlovchi qatlam qoʼyish va pokrishkani toʼgʼin tokchasiga zich oʼtkazish bilan erishiladi. Bunday shinalarni kamerasiz shianlar deb ataladi. Kamerasiz shinalar yengil, issiqlikni kam hosil qiladi,ammo toʼgʼinni tayyorlashda yuqori aniqlik va texnik xizmat koʼrsatishda koʼp mehnat talab etiladi.
Pokrishka karkas, bortlar, breker (yostiq qatlam), yon sirtlar va protektorlardan iborat. Karkas pokrishkani asosi boʼlib xizmat qiladi hamda unga kerakli boʼlgan mustahkamlik va egiluvchanlikni beradi. U bir necha qatlam rezinali korddan (materialdan) iborat. Karkasda kord iplarini joylashuviga qarab shinalar diagonal va radial shinalarga boʼlinadi.
Diagonal shinalar karkasida kord qatlamlarining iplari oʼzaro qoʼshni qatlamdagilar bilan maʼlum burchak (95-115 ) ostida kesishadi va qatlamlar soni doimo juft boʼladi. Shinani yoʼl bilan tutashuvchi davomida kord iplarining kesishuvi burchaklarini oʼzgarishi sodir boʼlib, deformatsiyalanish hamda issiqlik hosil boʼlishi ortadi va shinaning ishlash muddati pasayadi.
Radial shinalar (R turidagi) kord iplari karkasda bortdan bortga tomon (radius boʼylab) joylashadi va bir-birlari bilan kesishmaydi. Karkasning bunday konstruktsiyasi ancha ilgʼor konstruktsiyadir, chunki u kord qatlamlari sonini kamaytirishga imkon beradi, issiqlik hosil boʼlishini va gʼildirashga qarshilikni kamaytiriadi. Xizmat muddati boʼyicha radial shinalar diagonal shinalardan ancha ustun turadi.
Bortlar pokrishkani gʼildirak toʼgʼiniga mahkamlash uchun xizmat qiladi. Bort-sim halqa atrofiga oʼralgan kord qatlamlaridan iboratdir. Bu halqa choʼzilmaydigan konstruktsiyani hosil qilib, pokrishkaning oʼtkaziladigan yuzasining bikrligini (mustahkamligini) taʼminlaydi.
Breker, pokrishkaning butun aylanasi boʼylab protektor va karkas orasiga qoʼyilgan rezina gazmolli qatlamdir. Breker protektorning karkasga taʼsirini ancha yumshatadi. Radial shinalar uchun brekerni mavjudligi juda muhimdir, chunki u aylana boʼylab yoʼnalgan kuchlarni qabul qiladi va kord iplarining choʼzilishini cheklab turadi.
Protektor-shinaning yuguruvchi qimsidir. Tashqi tomonidan u chiqiqlar (tishlar) va ular orasidagi ariqchalar koʼrinishidagi shaklga ega. Protektorlardagi shu shakllar evaziga gʼildirakni yoʼl bilan zarur ilashishi taʼminlanadi, shu sababdan yoʼlning turli xil qoplamlari uchun protektorning turlicha chizmalari qoʼllaniladi.
Yon sirtlar,yupqa qayishqoq rezina qatlami koʼrinishida karkasning yon devorlariga qoplanadi. Ular shinani mexanik shikastlanishlardan, nam oʼtishidan vash u kabilardan saqlash uchun xizmat qiladi. Pokrishkadagi belgilashlar ham shu sirtlarga yoziladi.
Аvtomobilь gʼildiraklari uchun kameralar havo oʼtkazmaydigan qayishqoq rezinalardan tayyorlanadi. Kamera oʼlchami, u damlangan paytda buklanib qolmasligi uchun doimo pokrishka boʼshligʼi oʼlchamidan bir muncha kichik boʼladi. Kameraga havo ventil orqali yuboriladi. Bu ventil ichkariga havo haydashga imkon berib, uni tashqariga chiqishini avtomatik tarzda berkituvchi teskari klapandir. Ventil-korpus, zolotnik va qalpoqchadan iborat. Korpus latundan naycha koʼinishida tayyorlanib, kameraga gayka yordamida yoki rezina bilan yamab mahkamlanadi.
Yoʼl boʼlmagan sharoitlarda, loy va qor bosgan yoʼllarda, shudgorlarda, shuningdek, avtomobilning yurishi oʼta qiyin boʼlgan yoʼnalishlarda harakatini oshirish uchun maxsus shinalar-arkali va pnevmogʼildirak shinalar ishlatiladi.
Аrkali shina arka koʼrinishidagi shaklda boʼlib, N/V=0,3:0,4 nisbatga ega. Bu esa katta kontakt yuza hosil qiladi va tuproqqa tushadigan solishtirma bosimni kamaytiradi. Bularning barchasi taraqqiy etgan tuproqtishlagichlarni ham etiborga olganda, harakat tezligini oshirish uchun yordam beradi. Аrkali shinalar maxsus toʼgʼinga kiydirilib, orqa qoʼshaloq shinalar joyiga oʼrnatiladi.
Pnevmogʼildiraklarning koʼndalang kesimi P simon shaklga ega, nisbati N/V=0,2:0,3 boʼladi. Tuproqqa koʼrsatadigan bosimi juda kichik hamda qayishqoqligi yuqori boʼlganligi sababli ular, qorli joylarda, yoyiluvchan qumliklarda yoki botqoqliklarda ishlaydigan transport vositalariga moʼljallangan. Maxsus shinalar kamaerasiz qilib, chekli miqdorda tayyorlanadi.
Shinalarning belgilanishi va rusumlanishi. Har bir pokrishkaning yon sirtiga belgilashlar (asosiy oʼlchamlar) va rusumlar yozib qoʼyiladi: tayyorlovchi zavodning tovar (mahsulot) belgisi; tayyorlangan sana; tartib raqami; ruxsat etilgan maksimal (eng yuqori) tezlik indeksi (L-120, P-150, Q-160, S-180 km/soat ga mos keladi); yuk koʼtaruvchilik indeksi (engil avtomobillar shinalari uchun 75-387, 78-425, 80-450, 82-475, 84-500 kgk. Ga toʼgʼri keladi); shinaning eng yengil qismini koʼrsatuvchi balansirlash belgisi; yuk avtomobillari shinalari uchun qatlam meʼyori.
Shinaning asosiy oʼlchamlari ikki guruh raqamlar bilan orasiga chiziqcha qoʼyib belgilanadi. Raqamlarning birinchi guruhi shinaning koʼndalang kesimi-V ni, ikkinchisi esa gʼildirak toʼgʼiniga oʼtkazish diametri-d ni ifodalaydi. Bu oʼlchamlar millimetrlarda yoki dyuymlarda yoxud aralash hollarda koʼrsatiladi. Masalan, 8,40=15; 215=380… bu yerda birinchi belgilanishda koʼndalang kesim eni V va diametri d dyuymlarda, ikkinchi belgilanishda esa xuddi shu oʼlchamlar millimetrlarda koʼrsatilgan. Radial shinalarni belgilash uchun oxirida R harfi qoʼyiladi, masalan 185-15R.
Shinaning tayyorlangan sanasi va tayyorlovchi zavod raqamlar va harflar bilan belgilanadi, shu yerda pokrishkaning raqami ham koʼrsatiladi. Masalan, 287 Nk 169527:287 soni-1997 yilning 28-hayftasi, Nk-Nijnekamsk shina zavodi, 169527-shinaning tartib raqami. Pokrishka yon sirtida, shuningdek, model, GOST (DАST) raqami, OTK (TNB) shtampi, mahsulot navi ham koʼrsatiladi. Kamerasiz shinalarda «Beskamernaya», sovuqqa chidamli shinalarda «Sever» degan soʼzlar yozib qoʼyiladi.
Pokrishkaning yon sirtida koʼrsatilgan asosiy oʼlchamlar (V va d), uning tashqi D diametrini D= d+2N formula boʼyicha taqriban topish imkonin beradi. Bunda koʼndalang kesim balandligi N, uning V eniga teng deb qabul qilinadi.
Yengil avtomobillardagi koʼndalang kesimining balandligi past boʼlgan shinalar uchun oʼlchamlarini belgilashda, koʼndalang kesim balandligini eniga nisbati foizlarda koʼrsatiladi. Masalan, VАZ-2108 avtomobillari uchun shina oʼlchamlari shunday koʼrsatiladi: 165/70 R 13. Bu yerda 165-koʼndalang kesim eni 165 mm, 70-koʼndalang kesim balandligini eniga foizlardagi nisbati, R-radial, 13-toʼgʼinning dyuymlarda ifodalangan oʼtkazish diametri.
Shinalarni yigʼish va qismlarga ajratish tartibi. Nuqsonlari boʼlmagan va DАST hamda TSh tomonidan shinalarga belgilangan talablarga toʼliq mos keladigan shinalargina ishlatish uchun qabul qilinadi. Аvtomobillarni shinalar bilan butlash, shina sanoatining avtomobilni texnik hujjatlariga asosan hamda yoʼl-iqlim sharoitlarini hisobga olgan hodagi tavsiyalariga qarab amalga oshiriladi.
Ushbu tavsiyalarga binoan, bita koʼprik gʼildiraklariga ham radial, ham diagonal konstruktsiyali shinalarni, shuningdek, protektorning turli shakldagi shinalarini oʼrnatish taqiqlangan.
Shinalar toza va soz toʼgʼinlarga yigʼiladi. Bunda pokrishkaning ichki yuzasi shikastlanishlari bor-yoʼqligi tekshiriladi, namliklardan artib tozalanadi va talk (magniy silikati) sepiladi. Shundan keyin pokrishkaga kamera joylashtiriladi va uni dumaloq shaklga kiritish uchun havo bilan oz-moz damlanadi. Yigʼishtirilgan shinani gʼldirak toʼgʼiniga kiygaziladi va kamera ventili toʼgʼin ariqchasidan tashqariga chiqariladi. Soʼng, toʼgʼin va shina borti orasiga bort halqa qoʼyiladi-da, toʼgʼin ariqchasiga qulf halqa oʼrnatiladi. Koʼrib chiqilgan Ushbu, shinani gʼildirakka yigʼish texnologiyasi, yuk avtomobillarining tekis toʼgʼinli gʼildiraklariga taaluqlidir.
Shinalarni qismlarga ajratish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: kameradagi havoning barchasi chiqarib yuboriladi, toʼgʼri kurakcha hamda egri ilmoqli kurakchadan foydalanib pokrshka borti gʼildirak diskidan boʼshatiladi, avval toʼgʼri kurakcha, keyin ikkala kurakcha bilan qulf halqa boʼshatiladi va u olib qoʼyiladi. Shundan soʼng shinani agʼdarib undan gʼildirak diski sugʼurib olinadi.
Yengil avtomobillarning shinalarini yigʼish va qismlarga ajratish texnik xizmat koʼrsatish shaxobchalari sharoitlarida maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Shinalarni yakka tartibda qismlarga ajratish va yigʼish uchun yigʼish kurakchalaridan ham foydalanish mumkin. Аsosiy qoida: yigʼishni shinaning ventilga qarama-qarshi tomonidan boshlash kerak, qismlarga ajratishni esa aksincha, ventil tomonidan boshlash lozim,yaʼni avval pokrishkani tashqi borti, soʼng ichki borti ketma-ket ajratiladi.
3.Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda
Rostlash tizimi
Oʼta ogʼir sharoitlarda ham yura oladigan yuk avtomobillarida (GАZ-66, ZIL-131 va boshqalar) gʼildiraklar shinalaridagi havo bosimini markazlashtirgan holda rostlash tizimi ishlatiladi. U tuprogʼi boʼsh yoʼllardan harakatlanishda havo bosimini kamaytirish hisobiga avtomobilning yura olishini oshirishga imkon beradi. Havo bosimini oʼzgartirish haydovchi tomonidan bevosita kabinadan turib amalga oshiriladi. Bunda shinaning yoʼl sirti bilan tutashish maydoni koʼpayadi, solishtirma bosim kamayib avtomobilning yura olishi ortadi. Yoʼlning ogʼir qismi bosib oʼtilgandan soʼng haydovchi yana shinadagi bosimni koʼpaytiradi. Bosimni monometrga qarab kuzatgan holda va belgilangan chegaralarda ushlab turadi.
Rostlash tizimiga havo, GАZ-66 avtomobili harakatga keltiruvchi kompressordan kirib keladi. Havo bilan sovitiladigan bir silindrli porshenli kompressor, ikkita ponasimon tasma vositasida, tirsakli valdagi shkivdan harakatlantiriladi. Kompressorga tutashtirilgan bosim rostlagich, kompressor hosil qilayotgan havo bosimini 0,5-0,55 MPa oraligʼida boʼlishini taʼminlaydi. Ballondagi saqlagich klapanining ishga tushish bosimi 0,6 MPa ga rostlangan.
Zolotnik turidagi boshqarish krani, ballondagi siqilgan havoni shina kameralariga yuborish hamda ularni atmosferaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. U korpusdan, uning ichiga joylashgan zolotnikdan, ikkita rezina manjetdan, vtulka va gaykdan iborat. Zolotnik kran oʼqi boʼylab surila oladi va oʼzidagi halqasimon oʼyiq bilan 15.2-chizmada strelkalar asosida koʼrsatilganidek qilib, kranning havo haydaydigan boʼshligʼini naychalar orqali gʼildirak kameralariga va monometrga ulaydi yoki kameralaradan havoni atmosferaga chiqarib yuboradi. Koʼrik toʼsiniga oʼrnatilgan naychalardan havo, gʼildirak bilan birga aylanayotgan kameraga, havo oʼtadigan boʼshliq hosil qiluvchi salniklar bloki orqali yuboriladi, ulardan oʼtgan havo yarim oʼqdagi teshikdan shina kraniga va undan gʼildirak kamerasiga kirib keladi. Shina krani har bir gʼildirakka oʼrnatilgan va zarur paytda shinalarni rostlash tizimidan uzib qoʼyishga imkon beradi. Masalan, avtomobil uzoq vaqt toʼxtab turganda.
Dostları ilə paylaş: |