- 29 -
2.2. Siyosiy matbuot va uning til xususiyatlari.
Yurtimizda demoratik jarayonlarni chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarni
ayni shu jarayonlarning faol ishtirokchisi va himoyachisiga aylantirish, bu
mas’uliyatli vazifani ado eta borib, hur so’z, ozod fikr, erkin xatti-harakat orqali
jamiyat erkinligi va farovonligini shakllantirish respublikamizda olib borilayotgan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarining pirovard
maqsadidir. Vatanimiz
taraqqiyoti, islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan
xaqning siyosiy bilimi, madaniyati darajasiga bog’liq bo’lib, shaxsning siyosiy
faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga
intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga erishishning muhim omili hisoblanadi.
Binobarin, davlat, jamiyat, o’z fuqarolarining siyosiy bilimlarini va siyosiy
savodxonligini oshirib borishdan mafaatdor bo’lib, ularning siyosiy savodxonligini
yuksaltirishga, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’uldir.
Ana shu ijtimoiy zaruratni hisobga olib, respublikamizda mustaqillikning
dastlabki yillaridanoq ommaviy axborot vositalarida siyosiy yo’nalishdagi
masalalarni yoritishga jiddiy e’tibor berildi. Ana shu ijtimoiy zaruratni hisobga
olib, respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ommaviy axborot
vositalarida siyosiy yo’nalishdagi masalalarni yoritishga jiddiy e’tibor berildi.
Gazeta-jurnallarda fuqarolar siyosiy ongi va siyosiy madaniyatini oshirishga
bag’ishlangan maqola, tadqiqotlar e’lon qilish amaliyotga kiritildi. Matbuot
maydonida ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-falsafiy, ijtimoiy-publitsistik, adabiy-badiiy,
ma’naviy-ma’rifiy, ommaviy nashrlar bilan bir qatorda ijtimoiy-siyosiy, siyosiy
nashrlar paydo bo’ldi. Hozirgi vaqtda respublikamiz miqyosida mazkur
yo’nalishda o’nlab gazeta va jurnallar chop etilmoqda. Bugungi kunda
respublikamiz axborot tizimida faoliyat yuritayotgan O’zbekiston liberal
demokratik partiyasining «XXI asr», xalq demokratik partiyasining «Xalq so’zi»,
milliy tiklanish partiyasining «Milliy tiklanish», adolat sotsial demokratik
partiyasining «Adolat» kabi gazetalari mavqei, o’z o’rniga egaligini ta’kidlash
mumkin.
- 30 -
Binobarin, «siyosiy matbuot»
−
mazkur ishda ilk bor qo’llanayotgan
atamalardan biri bo’lib, tilshunoslik va bu sohada yaratilgan lug’at, darslik,
qo’llanma va boshqa adabiyotlarda shu paytga qadar qo’llanilmagan. Umuman,
siyosiy matbuot- ijtimoiy-siyosiy, siyosiy yo’nalishda chop etilayotgan gazeta-
jurnallar va ular faoliyatini umumlashtiruvchi yangi so’z birikmasi bo’lib, bugungi
kunda mazkur yo’nalishdagi matbuotning respublikamiz OAV orasida tutgan o’rni
katta ekanligi yuqorida eslatildi. Buning o’ziga xos sabablari bo’lib, ular
quyidagilardan iborat:
1.
Demokratlashtirish va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning siyosiy
asoslarini yaratish jarayonida shunday vaziyat yuzaga keldiki, ijtimoiy-
siyosiy,
ijtimoiy-falsafiy,
ilmiy-ma’rifiy,
ma’naviy-ma’rifiy
yo’nalishlarda chop etilayotgan nashrlar sahifalaridagi siyosiy
mavzularda berilayotgan materiallar fuqarolarni qoniqtirmay qoldi,
ya’ni siyosat sohasidagi yangilik va izlanishlar, siyosiy muammolar,
siyosiy terminologiya masalalari hamda siyosat fanidagi o’zgarishlar
to’g’risida keng ma’lumot beruvchi nashrlarga ehtiyoj tug’ildi.
2.
Jamiyatdagi islohotlar vujudga keltirgan ana shu ijtimoiy-siyosiy,
tibbiy- ma’rifiy ehtiyoj natijasida mazkur soha masalalarini talab
darajasida yoritishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan gazeta -
jurnallarni chop etish yo’lga qo’yila boshlandi va ular haqli ravishda
«siyosiy gazeta», «siyosiy jurnal», «siyosiy nashr» deb atala boshlandi.
Tabiiyki, ushbu nashrlar faoliyatida yildan-yilga sifat o’zgarishlari
yaqqolroq ko’zga tashlanmoqda va bu jarayonda ularning tili uslubiyatida sodir
bo’layotgan o’zgarishlarni alohida tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganishga bo’lgan
ehtiyoj ortib bormoqda. Modomiki, matbuot yozma nutq an’analarini davom
ettiruvchi, shuningdek, og’zaki nutq xususiyatlarini o’ziga singdiruvchi vosita
ekan, o’z navbatida, matbuot ham og’zaki va yozma nutq madaniyatining
yuksalishida, yozma nutqqa xos bo’lgan tartib va izchillikning takomillashuvida
muhim rol o’ynaydi – «jamiyat sanitari» vazifasini o’taydi. Siyosat matbuotning
bugungi asosiy vazifasi
−
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishda
- 31 -
jamiyat va hokimiyat o’rtasida ko’prik rolini bajarib, siyosiy savodxonlikni
oshirish, qonunchilik me’yorlarini ro’yobga chiqarish, islohotlarning borishi va
inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning ta’sirchan vositasi
bo’lmoqdir. Shunday ekan, siyosiy matbuot tili va uslubi har jihatdan namunaviy
tarzda bo’lishi, siyosat haqidagi nashrlar tilining ko’pchilikka tushunarli bo’lishi,
qisqasi, siyosiy hijjatlar mazmuni bilan tanishishning oson va qulay bo’lishi –
ko’zlangan maqsadni yanada tezlashtiradi. Biroq har qanday rivojlanishda bo’lgani
kabi, siyosiy matbuot tili va uslubida ijobiy o’zgarishlar bilan birga ayrim
kamchiliklar, nuqsonlar ham uchrab turadiki, ularni bartaraf etmoq har jihatdan
foydalidir. Negaki, o’z vaqtida tuzatilgan nuqson keyin yuzaga keladigan juda ko’p
chalkashliklarning oldini oladi, noto’g’ri hukm va xulosaga o’rin qoldirmaydi, ijro
madaniyatiga samarali ta’sir etadi.
Shu maqsaddan kelib chiqib, siyosiy matbuotdagi faol nashrlardan biri-
«XXI asr» gazetasining 2010-2011 yillaridagi sonlari bilan tanishib chiqilganda,
bu nashrning avvalo respublikamizdagi ko’pgina gazetalar uchun yetakchi,
tashabbuskor rolini o’taganini, shu bilan birga, gazeta tili yildan-yilga
takomillashib, o’sib-o’zgarib borgani kuzatildi. Bizningcha, bunday ijobiy o’sish -
o’zgarish, avvalo, gazeta sahifalarida qo’llangan ruknlarda namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, rukn
−
e’lon qilinayotgan materialning peshtoqi, devizi, «shiori»
bo’lib, matn g’oyasi va muallif fikrining nimaga qaratilganligiga ishora qiladi. «U
nima haqda gap borayotganini anglatadi, o’sha materialning mazmuni,
mohiyatidan darak beradi. Mana shu xususiyati bilan rubrika (ya’ni rukn – SH. R. )
gazetxonga ancha yengillik, qulaylik tug’diradi».
1
Rukn va sarlavha tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshashdek ko’rinsa ham,
lekin ular bir-biridan o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan, sarlavha
har bir maqola uchun alohida qo’yilsa, ruknda bu jihatdan turg’unlik seziladi, yani
ruknlar takrorlanishi yoki nashrdan nashrga ko’chib o’tishi mumkin. Masalan:
«Tahlil», «Bashorat», «Uchrashuv», «Voqealar, sharhlar, dalillar», «So’rang, javob
beramiz», «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni», «Muqaddas burch», «Sarhisob»,
1
Бобоева А. Газета тили ҳақида. - T.: Фан,1983, 31-б.
- 32 -
«Tilloga teng satrlar», «Deputatlik guruhlarida» va boshqalar. Biroq sarlavhaga
xos bo’lgan uch funksional vazif–maqolani nomlash, maqolaning mazmunini
bildirish va reklamalilik xususiyatlari ma’lum darajada rukn uchun ham xosdir.
Ayniqsa, maqola mazmuniga xos markaziy g’oyani bo’rttirib ko’rsatish va
reklamalilik ruknni ham xarakterlovchi belgilardandir. Agar sarlavha maqolani
atash, mazmunni ifoda qilish va ma’lum darajada o’quvchini qiziqtirishga xizmat
qilsa, ruknda o’quvchi e’tiborini mohiyatga yo’naltirish, diqqatini asosiy masalaga
qaratish ustuvorlik qiladi.
Tadqiqotchi A.Boboyeva ruknlarni doimiy, mavsumiy, ma’lum sohaga
moslangan bo’lishi mumkinligiga ko’ra uch turga bo’lib o’rganishni taklif etadi.
1
Siyosiy matbuotdagi ruknlarni shu tarzda o’rganilsa, qo’llanilayotgan ruknlarning
axborotlar ichidagi o’rni va bajarayotgan vazifasi yanada yaqqol ko’rinadi.
Masalan: siyosiy nashrlardagi ruknlarning ko’pchiligi siyosiy soha atamalari
asosida shakllangan bo’lib, qaysi sohaga tegishli ekani izohsiz ham anglashilib
turadi: «Siyosiy madaniyat», «To’rtinchi hokimiyat», «Ob-havo», «Sport». Lekin
ular bilan yonma-yon shunday ruknlar ishlatiladiki, siyosiy sohaga moslangani
uchun siyosiy ma’no kasb etadi: «Inson va huquq», «Partiya tashkilotlarida»,
«Deputatlik guruhlarida», «Tadbirkorlik
−
prokuratura himoyasida», «Viloyat
kengashida», «Qonun va ijro», «Konsepsiya g’oyalari amalda», «Voqealar,
sharhlar, dalillar»… kabi.
Siyosiy nashrlarda yilning biror-bir faslida bo’lmasa-da, ma’lum bir vaqtda
bajariladigan ish yoki tadbirlar munosabati bilan qo’llanadigan mavsumiy ruknlar
ham uchrab turadi: «14-yanvar
−
Vatan himoyachilari kuni», «2010-yil
−
Barkamol
avlod yili », «2011-yil
−
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili», «Anjuman»
kabi.
Siyosiy matbuotda, xususan «XXI asr » gazetasining 2010-2011 yillarga oid
sonlarida qo’llangan runklarni uning mundarijasini belgilash nuqtai nazaridan
shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1
Qarang: Shu joyda.
- 33 -
Dostları ilə paylaş: |