Pul -kredit siyosati Reja Kirish Asosiy qisim


O`zbekistonda ijtimoyi- iqtisodiy muvozanati takomilashishi pul kredit tahlil



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#159087
1   2   3   4   5
Pul -kredit siyosati Reja Kirish Asosiy qisim

3. O`zbekistonda ijtimoyi- iqtisodiy muvozanati takomilashishi pul kredit tahlil
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi.Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan. Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.Majburiy zaxiralashning amaldagi tartibiga muvofiq, zaxiralash valyutasi tijorat banklari tomonidan mustaqil tanlanadi. Mazkur amaliyot banklarga valyuta aktivlarini majburiy zaxiraga yo‘naltirish orqali saqlash va buning natijasida bo‘shaydigan milliy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish imkoniyatini yaratmoqda.Bugungi kunda tijorat banklarining Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari tarkibida xorijiy valyutaning ulushi umumiy summaning 90 foizidan ziyodini tashkil etayotganligi ushbu instrumentning so‘m likvidligini tartibga solish samaradorligini pasaytirmoqda.Natijada tijorat banklari milliy valyutadagi qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirchanligining kamayishiga hamda bank tizimi likvidligini boshqarishdagi majburiy zaxiralash instrumenti samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.Xalqaro tajribani o‘rganish natijalari mazkur instrument samaradorligini oshirish va qo‘llanilayotgan me’yorlarning bank tizimi likvidligiga ta’sirini aniq baholash maqsadlarida tijorat banklari tomonidan zaxiralash valyutasini erkin tanlash imkoniyatini chegaralash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatmoqda.Majburiy zaxiralar shakllantiriladigan majburiyatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqilishi, jumladan, ro‘yxatga jismoniy shaxslar depozitlari va boshqa moliyaviy resurs manbalarining kiritilishi zaxiralash tartibidagi mavjud tafovut va nomutanosibliklarni kamaytirish imkonini beradi.Depozit va kreditlarlarning umumiy hajmida xorijiy valyutadagi depozit va kreditlar ulushining yuqoriligi pul-kredit siyosati instrumentlarining samaradorligini cheklovchi yana bir omil hisoblanib, amaldagi majburiy zaxiralash tartibining takomillashtirilishini taqozo qiladi.Shu bilan birga, Bazel III qoidalarida ko‘zda tutilgan talablardan tashqari banklar likvidligiga qo‘shimcha prudensial talablarning o‘rnatilishi majburiy zaxiralash me’yorlarining aniq ta’siriga baho berishni qiyinlashtiradi.Bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan takrorlanishlarning oldini olish maqsadida zaxiralash talablariga tegishli tuzatishlar kiritilishi talab etiladi.Majburiy zaxiralash tartibini takomillashtirish va talablarning maqsadli darajalarini belgilashda bank tizimidagi likvidlik hajmi va tijorat banklarining moliyaviy holati hisobga olinadi.Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion xatarlarning pasayib borishini va bank tizimidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda majburiy zaxira talablarini o‘rtachalash tartibini joriy etish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu esa, o‘z navbatida, banklarning moliyaviy holatini mustahkamlashga va moliyaviy resurslarning qiymatini maqbullashtirishga xizmat qiladi.Inflyatsion targetlash rejimida pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan foydalanishda asosiy e’tibor tijorat banklarining likvidligini boshqarish maqsadlariga qaratiladi. Bunda bozor instrumentlarini qo‘llashni faollashtirish vazifalaridan kelib chiqib, Markaziy bank foiz instrumentlarining samaradorligi oshirib boriladi.Xususan, ularning ta’sirini oshirish maqsadida likvidlik taqdim etish va tijorat banklarining mablag‘larini Markaziy bank depozitlariga jalb qilish operatsiyalarining turlari va hajmlarini kengaytirish nazarda tutilgan.Pul-kredit siyosatining asosiy mo‘ljali sifatida monetar operatsiyalar bo‘yicha asosiy stavka va foiz koridori joriy qilinishi Markaziy bankning foiz instrumentlari ta’sirchanligini oshirish imkonini yaratadi.Bundan tashqari, xalqaro tajribani hisobga olgan holda, pul-kredit siyosatining operatsion parametrlari qaytadan ko‘rib chiqiladi.Kelajakda Markaziy bankning garov asosida kreditlash operatsiyalari muddatlari qayta ko‘rib chiqilib, ularning turlari optimallashtirilib umumlashtiriladi. Shu bilan birga, tijorat banklariga milliy valyutadagi ortiqcha zaxiralarni joylashtirish imkonini beruvchi depozit sxemalari joriy qilinib, bu foiz koridorining pastki chegarasini saqlab qolinishini ta’minlaydi.Shu bilan birga, tijorat banklari likvidligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida garov ta’minoti turlari va tartibini kengaytirish orqali likvidlik berish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.Bank tizimidagi qisqa muddatli likvidlikni sifatli prognozlash masalasi pul-kredit siyosatining foiz instrumentlaridan samarali foydalanishda katta ahamiyat ega. Mazkur yo‘nalishda Markaziy bankning prognoz-tahlil imkoniyatlarini kuchaytiriladi, bu borada Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va axborot almashinuvi yanada mustahkamlanadi.Markaziy bank tomonidan bank tizimidagi likvidlikni tartibga solishning asosiy bozor instrumentlaridan biri ochiq bozor operatsiyalari hisoblanadi.Pul-kredit siyosatining faol bosqichga o‘tish sharoitida bank tizimidagi likvidlikning maqsadli operatsion ko‘rsatkichlarga mosligini ta’minlashda ochiq bozor operatsiyalarini doimiy ravishda o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda. Ochiq bozor operatsiyalari strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi:

  • operatsion maqsadlarga erishish;

  • likvidlik oqimlarining keskin tebranishlarini qisqartirish;

  • pul bozoridagi foiz stavkalarini Markaziy bank foiz stavkasiga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash;

  • instrumentlarning harajat va foydaliligining maqbul nisbatiga erishish;

  • bozorni yanada rivojlantirish va boshqalar.

Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin