PUL KREDİT VA BANKLAR FANİGA KİRİSH
REJA:
Kirish
Pul va banklar fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.
Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning o‘zviy bog‘liqligi.
Moliya bozorlari faoliyati mazmuni.
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Bank
kreditlarining foizi qancha, inflyatsiya yoki pulning
qadrsizlanish darajasi qanaqa, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan kursi qanaqa va uning tez orada o‘zgarishi bo‘yicha qanday prognozlar mavjud kabi savollar qiziqtiradi hamda biz o‘z – o‘zidan bozor munosabatlarining faol ishtirokchilariga aylanamiz. Bu masalalar bozor munosabatlarining sub‘ekti bo‘lgan yuridik shaxslar faoliyatida har kuni echimini talab qiladigan vazifalardan hisoblanadi.Jahon iqtisodiy fanida o‘z asarlari bilan mashg‘ur bo‘lgan iqtisodchi –
olim Frederik
S. Mishkin ―Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi‖ kitobida
shunday misol keltiradi1.
Faraz qiling siz hozirgi yangiliklarda Federal zaxira tizimi (AQSh markaziy banki) qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizlarni 0,5 punktga oshirganidan xabardor bo‘ldingiz. Bunday xolat siz olgan avtokredit bo‘yicha to‘layotgan summangizga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? Ko‘chmas mulkning narxi ortadimi? Keyingi yilda yangi ish topish imkoniyati ortadimi yoki kamayadimi? degan savollarni qo‘yadi va aynan ―Pul va banklar‖ fani shu kabi savollarga javob topishga imkon berishini ta‘kidlaydi, chunki bu fan moliyaviy bozorning roli va funktsiyalarini o‘rganishga, moliyaviy muassasalar (banklar, sug‘urta tashkilotlari o‘zaro fondlar va boshqa muassasalar), hamda pullarning iqtisodiyotdagi rolini o‘rganishga imkon beradi. Moliyaviy bozorlar va institutlar nafaqat aholining kundalik hayotiga ta‘sir ko‘rsatadi balki bizning iqtisodiyotimizga trillionlab dollar qiymatga ega fondlarni jalb qiladi. Bu holat o‘z navbatida
korxonalarning daromadi, mamlakatda tovarlar va xizmatlarning
ishlab chiqarilishiga, hattoki AQShdan tashqari boshqa davlatlarning farovonligiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
D.Yum A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e‘tiroz
bildirib, ―Pul bu – savdo – sotiqning g‘ildiragi emas, balki u yog‘, shu savdo – sotiq g‘ildiragini erkin va yumshoq yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi.