Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
Pul, kredit va banklar

Elektron pullar 
Banklarning rivojlanishi, o‘zaro to‘lovlar va hisob – kitoblar hajmining ortishi, shuningdek, 
texnika  va  texnologiyaning  takomillashuvi  natijasida  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  elektron 
pullar  vujudga  keldi.  Elektron  pullarning  to‘lov  instrumenti  bo‘lib    –    plastik  kartalar 
hisoblanadi. 
Plastik  karta  –  bu  pullarni  naqdsiz  ko‘rinishda  ko‘chirish  yoki  naqd  pul  ko‘rinishda  olish 
imkoniyatini  beradigan,  banklar  va  boshqa  kredit  muassasalari  tomonidan  chiqarilgan  nomli 
to‘lov hujjat hisoblanadi.  
Plastik  kartalar  bank  tizimi  va  undan  foydalanuvchilar  uchun  qulaylik  jihatlari  juda  ko‘p. 
Xususan: 
 –  kishi  1,  2,  3  mln  so‘mni  hamyonida  olib  yurolmaydi,  lekin  plastik  kartada  bunday 
muammo mavjud emas; 


 – hamyoningizdagi pulni yo‘qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ularni begona 
shaxs  foydalanishi  mumkin,  lekin  plastik  kartalardan  begona  shaxslarni  foydalanish  imkoniyati 
juda  chegaralangan.  Chunki  ularning  maxsus  paroli  mavjud,  shu  bilan  birga,  plastik  kartani 
yo‘qotgan  shaxs  zudlik  bilan  bankka  xabar  bersa  uning  hisobraqamlari  bo‘yicha  to‘lovlarni 
to‘xtatib qo‘yish mumkin; 
 –  banklar  naqd  pullarni  tashish,  saqlash,  ularning  hisobini  yuritish  va  mijozlarga  berish 
kabi qo‘shimcha mehnat va sarf xarajatdan forig‘ bo‘ladi; 
 –  banklar  depozit  siyosatidan  kelib  chiqib  foydalanuvchi  plastik  kartadagi  vaqtinchalik 
foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo‘shimcha foiz to‘lashi mumkin. 
O‘zbekistonda  plastik  kartochkalarni  joriy  qilish  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti  va  Vazirlar  Mahkamasining  qator  qarorlari    qabul  qilindi.  Xususan,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2004  yil  24  sentyabrdagi    “Plastik  kartochkalar  asosida 
hisob  –  kitob  qilish  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora  –  tadbirlari  to‘g‘risida”  445  –  sonli 
Qarori,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  3  avgustdagi  “Plastik  kartochkalar 
asosida  naqd  pulsiz  hisob  –  kitob  tizimini  yanada  rivojlantirishga  oid  qo‘shimcha  chora  – 
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 433 – sonli va 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan 
foydalangan  holda  hisob  –  kitob  tizimini  rivojlantirishni  rag‘batlantirish  bo‘yicha  qo‘shimcha 
chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ – 1325 – sonli Qarorlari shular jumlasidandir. 
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o‘z plastik kartochkalariga ega bo‘lib, ularning soni 
yildan – yilga ortib bormoqda. 
O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan hisob – kitoblar 
samaradorligini yanada oshirish maqsadida: 
–  savdo  nuqtalarida  plastik  kartalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirish  uchun 
terminallarni ko‘paytirish;  
 –  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  mablag‘larni  plastik  kartalarga  o‘tkazish  jarayonini 
yanada takomillashirish; 
  –  barcha  bank  bo‘limlari  boshqa  banklarning  plastik  kartochkalari  bo‘yicha  ham  naqd 
pullarni yechishlishini ta’minlash kabi ishlarni yo‘lga qo‘yish lozim. 
Yuqorida  qayd  etilgan  holatlar  bo‘yicha  Markaziy  bank  va  tijorat  banklari,  tegishli 
muassasalar,  shuningdek,  savdo  nuqtalaritomonidan  amlaga  oshirilayotgan  ishlar  plastik 
kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi. 
 
 
 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin