Pul, kredit va banklar


Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
Pul, kredit va banklar

Plastik kartochkalar bilan hisob – kitoblar 
 
Mamlakatimizda  bozor  munosabatlarining  taboro  takomillashib  borishi  tijorat  banklari 
tomonidan  ko‘rsatilayotgan  bank  xizmatlarining  turlarini  ko‘paytirmoqda.  Xuddi  shunday  bank 
xizmatlaridan  biri  bu  plastik  kartochkalar  bilan  amalga  oshiriladigan  hisob  –  kitoblar 
hisoblanadi.  
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo‘lib, 
ular  orqali  naqd  pullarni  bankomatlardan  olish  va  savdo  shaxobchalarida  foydalanish  mumkin. 
Plastik  kartochkalar  asosan  aholi  o‘rtasida  qo‘llanilib,  naqd  pulga  bo‘lgan  talabni  kamaytirish, 
olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag‘larni daromad keltirish kabi 
ijobiy jihatlari mavjud.  
Plastik  kartochka  tegishli  bankda  kartochka  egasining  hisobvarag‘i  mavjudligini 
tasdiqlovchi va naqd pulsiz tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni sotib olish huquqini beruvchi, shaxsi 
belgilangan, bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasini o‘zida ifoda etadi. 
Plastik  kartochkalar  jismoniy  shaxslar,  yuridik  shaxslar  yoki  yakka  tartibdagi 
tadbirkorlar, bir tomondan, hamda mahsulotni sotuvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi 
yuridik  shaxslar  yoki  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  (keyingi  matnda    –    savdo  yoki  xizmat 
ko‘rsatish  korxonalari),  ikkinchi  tomondan,  o‘rtasidagi  bo‘ladigan  naqd  pulsiz  hisob  – 
kitoblarda,  shuningdek,  naqd  pul  berish  punktlari  (NPBP)  va  bankomatlardan  naqd  pul  olishda 
qo‘llaniladi. 
Vakolatli  banklar  xalqaro  plastik  kartochkalar  chiqarishi  va  ular  bo‘yicha  xizmat 
ko‘rsatishi mumkin, bunda ular xalqaro to‘lov tizimlari bilan tuzilgan shartnomalarga va tegishli 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq, bajariladigan operatsiya qoidalariga amal qilishlari shart. 
Bitta elektron kartochkada bir necha “elektron xamyonlar” joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Plastik kartochkada, uni shaxs nomiga biriktirishda,quyidagi rekvizitlar yozilgan bo‘lishi 
shart: 
a) identifikatsiya belgilari (kartani raqami, seriyasi va boshqalar);  
b) bank – emitent (kartochkalarni chiqaruvchi bank)ning kodi; 
v)  hisobvaraq  raqami  va  kartochka  egasining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi    (tashkilot 
nomi); 
g) kartochkaning amal qilish muddati
Plastik kartochkada bir necha xamyonlar mavjud bo‘lganda, identifikatsiya belgilari har 
bir  hamyonni  bir  xil  ma’noli  identifikatsiyalashi  lozim.  Ko‘rsatilgan  rekvizitlardan  tashqari, 
kartochkaga  operatsiyalarni  amalga  oshirish  va  ular  hisobini  yuritish  uchun  zarur  bo‘lgan 
qo‘shimcha belgilar kiritilishi mumkin. 
Plastik  kartochkalar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  kog‘oz  ko‘rinishida  (slip, 
elektron  terminal  kvitantsiyasi)  va/yoki  elektron  shakldagi  (elektron  terminal  jurnalidan  yoki 
bankomatdan  olingan  xujjat)  xujjatlarni,  shuningdek,  hisob  –  kitoblar  qatnashchilari  o‘rtasida 
tuzilgan  shartnomalarda  belgilangan  boshqa  hujjatlarni  (bankomat  kvitantsiyasi  va  boshkalar) 
tuzish lozimligini ko‘zda tutadi.  


Elektron  hujjatlar  bank  –  ekvayer  (savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  korxonalariga  xizmat 
ko‘satuvchi  bank)ga,  bank  –    emitentga  yoki  kliring  markaziga,  shartnomada  kelishilgan 
davriylikda jo‘natiladi. 
Bitta  bank  bo‘limlari  o‘rtasida  kartochkalar  bo‘yicha  hisob  –  kitoblar  qilish 
texnologiyasi,  Bosh  bank  tomonidan,  o‘z  imkoniyatlari  va  foydalanadigan  kartochkalar 
turlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi. 
Kartochkalar  bo‘yicha  banklararo  hisob  –  kitoblar  texnologiyasi  quyidagi  variantlarni 
ko‘zda tutadi: 
a) Hisob – kitoblarni amaldagi elektron to‘lovlar tizimi (ETT) orqali yalpi hisob  – kitob 
asosda o‘tkazish; 
b) Hisob – kitoblarni hisob – kitoblar qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan protsessing 
markazlaridan kun davomida o‘tkazilib, yakuniy o‘zaro majburiyatlar hisoblangan holda, tijorat 
banklarining vakillik hisobvaraqlaridan yakuniy hisob – kitoblar summasini o‘tkazish. 
ETT  orqali  plastik  kartochkalardan  foydalangan  holda,  amalga  oshirilgan  operatsiyalar 
bo‘yicha yalpi hisob – kitoblar qilish, quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
 
1) bank – emitent tomonidan avtorlashtirilmagan holda amalga oshirilgan hisob – 
kitoblarda: 
a)  bank  –  ekvayer  xizmat  ko‘rsatilayotgan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  tashkilotidan 
olingan,  kartochkalardan  foydalangan  holda,  tuzilgan  elektron  hujjatlarga  asosan,  mablag‘larni 
uning  hisobvarag‘iga  o‘tkazadi,  bunda  elektron  to‘lovlar  tizimi  orqali  bank  –  emitentga 
jo‘natiluvchi debetli elektron memorial orderi avtomatik ravishda shakllantiriladi.  
b)  bank  –  emitentda  olingan  debetli  elektron  memorial  orderga  asosan  mijozning 
kartochkali hisobvarag‘idan dasturiy ravishda mablag‘lar hisobdan chiqariladi. Debetli elektron 
memorial order bosmadan chiqariladi va kunlik hujjatlarga tikiladi. 
2)  bank  –  emitent  tomonidan  oldindan  shart  bo‘lgan  tartibda  avtorizatsiya  qilinadigan 
hisob – kitoblarda: 
a)  bank  –  ekvayerda  xizmat  ko‘rsatilayotgan  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  tashkilotidan 
olingan,  kartochkalardan  foydalangan  holda  tuzilgan  elektron  hujjatlarga  asosan,  ETT  orqali 
avtorizatsiyalash va o‘tkazmani amalga oshirish uchun bank – emitentga jo‘natiladigan elektron 
ma’lumot,  foydalanilayotgan  texnologiya  qoidalariga  muvofiq,  avtomatik  ravishda 
shakllantiriladi; 
b)  bank  –  emitent,  olingan  elektron  ma’lumotlarga  asosan,  tranzaktsiyalar 
avtorizatsiyasini  o‘tkazadi,  mijozning  kartochka  hisobvarag‘idan  mablag‘larni  hisobdan 
chiqarish  uchun  avtomatik  ravishda  elektron  memorial  orderni  shakllantiradi,  savdo  va  xizmat 
ko‘rsatish  tashkilotining  talab  qilib  olinguncha  depozit  hisobvarag‘iga  mablag‘larni  o‘tkazish 
uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali bank – ekvayerga jo‘natadi.  
v)  bank  –  ekvayerda,  bank  –  emitentdan  olingan  elektron  memorial  orderga  asosan, 
mablag‘lar  savdo  yoki  xizmat  ko‘rsatish  tashkilotining  talab  qilib  olinguncha  depozit 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Memorial order bosmadan chiqariladi va bankning kunlik hujjatlariga 
tikiladi. 
Protsessing  markazlari  orqali  hisob  –  kitoblarni  o‘tkazish  quyidagi  tartibda  amalga 
oshiriladi: 
a)  kun  davomida  kartochkalar  bo‘yicha  barcha  tranzaktsiyalar,  xisob  –  kitoblar  uning 
qatnashchilari tomonidan tasdiqlangan tartibda, protsessing markazi orqali o‘tkaziladi va hisob – 
kitoblarda  qatnashuvchi  har  bir  bank  uchun  alohida  ochilgan  shaxsiy  hisobvaraqlarda  aks 
ettiriladi; 
b) hisob  – kitoblar qatnashchilari  kelishuviga  asosan, hisob  – kitoblar bo‘yicha  yakuniy 
summalar  (majburiyatlar)  tijorat  banklarining  Markaziy  bankning  Xisob  –  kitoblar  markazida 
ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali, shartnomada qayd etilgan davriylikda o‘tkaziladi; 
v)  banklar,  protsessing  markazidan  olingan  ma’lumotlarga  asosan,  kartochkalardan 
foydalangan  holda  amalga  oshirilgan  operatsiyalar  bo‘yicha,  mablag‘larni  mijozlarning 
hisobvaraqlariga kiritadilar yoki chiqaradilar.  



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin