Pul, kredit va banklar


 Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154
Pul, kredit va banklar

13.3. Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari 
 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  tijorat  banklari  mijozlarning  moliyaviy 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida 
qator  noa’nanaviy  operatsiyalarni  bajaradi.  Bunday  operatsiyalar  sirasiga 
faktoring,  kredit  –  ijara  (lizing),  kontokorrent  (overdraft),  forfeyting,  trast  kabi 
operatsiyalarni kiritish mumkin.  
 
Faktoring operatsiyalari 
 
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini 
sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.  
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi 
bo‘limi.  Odatda,  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasida  faktoring  operatsiyalarini 
amalga  oshirishga  ixtisoslashgan  faktoring  kompaniyalari  tashkil  etish  amaliyoti 
ham mavjud.  
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi 
bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi. 
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi
Mijoz  sotilgan  tovar  yoki  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  olinishi  lozim 
bo‘lgan  pul  mablag‘ini  talab  qiluvchi  hujjatlar  asosida  “faktor  –  vositachi”  bilan 
faktoring  operatsiyasi  bo‘yicha  shartnoma  tuzadi.  Faktor  –  vositachi  imzolangan 
faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan 
tovar  yoki  ko‘rsatilgan  xizmatlarga  to‘lovni  amalga  oshiradi.  Soddaroq  qilib 
aytganda,  faktor  –  vositachi  mijozdan  tovar  sotib  oluvchiga  mablag‘larni  to‘lash 
bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.   


Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar 
sotib  oluvchining  moliyaviy  holatini  oqilona  baholashi  juda  muhim  hisoblanadi. 
Agar  sotib  oluvchining  moliyaviy  holati  yomonlashib,  faktoring  operatsiyasi 
bo‘yicha  faktor  –  vositachi  tomonidan  mijozga  to‘lagan  summani  to‘lay  olmasa, 
ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.    
Iqtisodiyotda  faktoring  operatsiyalarni  vujudga  kelishining  asosiy  omillari 
sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 
 –  sotib  oluvchi  korxona  va  tashkilotlar  olingan  tovar  yoki  ko‘rsatilgan 
xizmatlarga  to‘lashi  lozim  bo‘lgan  mablag‘larni  o‘z  vaqtida  to‘lash 
imkoniyatlarining  mavjud  emasligi. Bu qator  ijtimoiy  –  iqtisodiy  oqibatlar tufayli 
vujudga keladi;  
 –  tovar  sotuvchi  yoki  xizmat  ko‘rsatuvchi  mijozning  ishlab  chiqarish 
jarayonini  doimiy  ravishda  davom  ettirib  turishi  uchun  moliyaviy  mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;  
 –  banklarning  moliyaviy  mablag‘lardan  samarali  foydalanish  hisobiga 
qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin