Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
Pul, kredit va banklar

yuruvchi usullari mavjud.   
Tartibga  solinadigan  valyuta  kursi  nazariyasinin  tarafdorlari  valyuta  kursini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish 
orqali 
uni 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishning  qo’shimcha  mexanizmi  ekanligini  ta’kidlaydi.  Frantsiya 
iqtisodchisi Dj. Mid, R. Mandellning fikricha xalqaro bozorlarda valyuta kursining 
doimiy  ravishda  o’zgarishi  milliy  iqtisodiyotga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi,  chunki 
davlat har doim ham undan samarali foydalana olmasligi mumkin, shuning uchun 
ham  davlat  milliy  valyuta  kursini  iqtisodiyotning  samarali  rivojlanish 
yo’nalishidan  kelib  chiqib  o’zi  belgilashi  lozimligini  ta’kidlaydi,  Amerikalik 
iqtisodchi E. Birnbaum valyuta kursi davlatlararo tashkil etilgan xalqaro moliyaviy 
tashkilotlarning o’zaro kelishuvi asosida o’rnatilishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Valyutaning  suzib  yuruvchi  kursining  nazariyasi  tarafdorlari  asosan 
neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar hisoblanadi. Jumladan, ularning qatoriga M. 
Fridmen  (Chikago  maktabining  yo’lboshchisi),  F.  Maxlup  (Prinston  universiteti), 
A.  Lindbek  (Stokgolm  universiteti),  G.  Djonson  (Chikago  va  London 
universitetlari), L. Erxard, G. Girsh, E. Dyurr (Germaniyaning Freyburg maktabi) 
va boshqalar kiradi.  


Valyutaning  suzib  yuruvchi  kursining  qattiq  valyuta  kursidan  quyidagi 
afzalliklari mavjud: 
• mamlakat to’lov balansini avtomatik tarzda tartibga soladi; 
•  mamlakatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  yo’nalishlari  bo’yicha  siyosatni  tashqi 
aralashuvsizlar tanlash imkoniyatini beradi; 
•  valyuta  savdosini  rivojlanishiga  keng  imkoniyat  beradi,  bozordagi  talab  va 
taklif asosida kimdir yuttiradi kimdir esa yutadi; 
• xalqaro savdoni rivojlanishini rag’batlantiradi; 
•  valyuta  bozori  valyuta  kursini  davlatga  nisbatan  tez  va  aniqroq  aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
Har bir mamlakat valyuta kursining qanday usulini joriy etishni mustaqil hal 
etadi. Bunga qator omillar ta’sir etadi, jumladan, mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy 
holati,  mamlakat  bank  tizimida  pul  –kredit  siyosatining  o’ziga  xos  xususiyatlari, 
iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi kabilar shular jumlasidandir. 
Valyuta kursining tartibga solinadigan usuli amaliyotda qo’llanilganda milliy 
valyutaning  kursi  asosan  Markaziy  bank  tomonidan  o’rnatiladi,  valyuta  kursining 
ushbu  turi  asosan  iqtisodiyotni  ma’muriy  boshqarish  sharoitiga  xosdir.  Bu 
sharoitda valyuta kursi mamlakat Markaziy banki tomonidan derektiv ko’rsatilgan 
tarzda joriy etilib, tovar va xizmatlar bahosi ma’muriy usulda joriy etiladi. Bunday 
sharoitda,  asosan  milliy  valyutalar  boshqa  mamlakat  valyutasiga  erkin 
ayirboshlanmaydi. 
Valyuta kursining suzib yuradigan turi, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tovar – 
pul  munosabatlarida  keng  joriy  etilib,  bunda  milliy  valyutalarning  xorijiy 
mamlakatlar valyutasiga nisbatan kursi talab va taklif asosida o’rnatiladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin