Pul, kredit va banklar


Mamlakatda  pul  oborotining  tarkibi  va  uni  tashkil  etish



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154
Pul, kredit va banklar

Mamlakatda  pul  oborotining  tarkibi  va  uni  tashkil  etish.  Pul  oboroti  o‘z 
tarkibiga  naqd  pulli  va  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  oladi.  Iqtisodiyotda  amalga 
oshirilayotgan  pul  oborotining  asosiy  qismi  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  ulushiga 
to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladi.     
Har  bir  mamlakatda  pul  tizimining  tarkibi,  amal  qilish  usullari  va  tartibi 
davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi.  
Pul  tizimining  mustahkamligi  va  uning  barqarorligiga  turli  omillar  ta’sir 
qiladi.  
a).  Mamlakat  Markaziy  bankining  pul  –  kredit  siyosatini  amalga 
oshirishdagi  mustaqilligi.  Ko‘pchilik  hollarda  Markaziy  bank  pul  –  kredit 
siyosatini  amalga  oshirishga  hukumatning  aralashuvi  va  taziyqi  natijasida  milliy 
valyutaning  sotib  olish  qobiliyati  zaiflashadi,  mamlakat  bank  tizimiga  aholining 
ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‘lib, Markaziy 
bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini 
bermaydi. 
b).  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy  barqarorligi  va 
raqobatbardoshligi.  Mamlakatning  iqtisodiy  jihatdan  mustahkamligi  va  ishlab 
chiqarilayotgan  tovarlar  va  ko‘rsatilayotgan  xizmatlarning  raqobatbardoshligi  pul 
tizimining  braqarorligini  ta’minlashga  bevosita  xizmat  qiladi.  Chunki  bozor 


munosabatlarining  chuqurlashuvi  mamlakatlar  o‘rtasida  iqtisodiy  integratsiyani 
rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib 
borilayotgan  makrova  mikroiqtisodiy  siyosat  tegishli  samarani  bermasa, 
mamlakatda  importining  hajmi  eksportga nisbatan  ortib ketishi  kuzatiladi. Bu  esa 
o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  
Xulosa  o‘rnida  ta’kidlash  joizki,  pul  tizimi  va  uning  elementlarini 
rivojlanish,  shuningdek,  samarali  tashkil  etilishiga  qator  omillar  ta’sir  qiladi. 
Bulardan  asosiylari  sifatida  mamlakat  iqtisodiyotining  raqobatbardoshligi  va 
barqarorligini ta’minlanganligi hisoblanadi. 
 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin