Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154
Pul, kredit va banklar

Kreditor  –  kredit  munosabatlarini  tashkil  etishda  kredit  beruvchi  sifatida 
maydonga chiqadi. Kreditor pul mablag‘larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi 
sub’ektlar hisoblanadi. Bunday sub’ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit 
tashkilotlar, lombardlar, davlat va boshqa moliyaviy tashkilotlar bo‘lishi mumkin. 
Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag‘lari ularning o‘z mablag‘lari va jalb 
qilingan mablag‘larihisobidan shakllantiriladi. Kreditor sub’ektlar ichida, banklar 
va  kredit  uyushmalari  nafaqat  o‘z  mablag‘lari  hisobidan,  balki  chetdan  jalb 
qilingan  mablag‘lar  hisobidan  kreditlar  beradi.  Mablag‘larni  jalb  qilishning  turli 
yo‘llari  mavjud  bo‘lib,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  aktsiyalar  va  obligatsiyalarni 
muomalaga chiqarish asosiy va samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi.  
Kreditor  jamiyatdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larni  tegishli  shartlar 
asosida  jalb  qilib,  ushbu  mablag‘larni  kreditning  qayta  taqsimlash  funktsiyasi 
orqali  real  sektorning  zarur  bo‘lgan  bo‘g‘inlariga  joylashtiradi.  Bu  jarayon 
iqtisodiyotdagi  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  samarali  ishlashini,  ya’ni 
kapital  aylanmasini  to‘xtovsizligini  ta’minlash  bilan  birga,  kreditor  jamlangan 
mablag‘larni  zarur  maqsadlarga  joylashtirish  asosida  ushbu  mablag‘larni  o‘z 
maqsadi  va  kredit  munosabatlari  ishtirokchilari  manfaatlari  yo‘lida  xizmat 
qilishiga erishadi. 
Kredit oluvchi– kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadi. 
Kredit  oluvchi  sub’ektlar  sifatida  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar,  aholi,  davlat, 
banklar  va  boshqa  shaxslar  maydonga  chiqadi.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  kredit 
oluvchini  qarzdor  sifatida  talqin  etish  holatlari  uchraydi,  shuningdek,  kredit  va 
qarzning  bir  –  biridan  iqtisodiy  jihatdan  farqlanishi  xususida  ham  tortishuvlar 
ko‘zga  tashlanadi.  Albatta,  “kredit”  va  “qarz”  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘liklik  bo‘lishi 


mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o‘rtasida bir – biridan jiddiy 
farq qiladigan jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy 
–  iqtisodiy  qonunlar  va  tamoyillar  asosida  amal  qiladi.  Kredit  munosabatlarida 
ishtirok etuvchi har ikkala tomonning iqtisodiy  manfaatlari mavjud bo‘lib, ushbu 
manfaatlar o‘zaro mujassamlashganda kredit munosabatlari ro‘y beradi.  
Kreditor  berilgan  kredit  uchun  iqtisodiy  manfaatdorlik  (foyda)ni  foiz 
ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida ishlab chiqarish jarayonining 
uzluksizligini  ta’minlash  orqali  qo‘shimcha  qiymat  yaratish  imkoniyatiga  ega 
bo‘ladi.  Kredit  munosabatlarida  kreditor  uchun  kredit  oluvchi  shaxsning  qanday 
shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim emas, asosiysi 
berilgan  kredit  o‘z  vaqtida  va  tegishli  foiz  to‘lovi  bilan  to‘liq  qaytishi  muhim 
hisoblanadi. 
Qarz  munosabatlarida  esa  qarz  beruvchi  uchun  birlamchi  masala  shaxs 
hisoblansa,  berilayotgan  qarz  summasi  uchun  tegishli  manfaatdorlikni  ustama 
to‘lov  sifatida  olishga  umid  bog‘lamaydi,  ya’ni  ko‘pchilik  hollarda  berilgan  qarz 
uchun qo‘shimcha haq talab etilmaydi.  
Xulosa  o‘rnida  aytadigan  bo‘lsak,  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab 
chiqarish  munosabatlarining  chuqurlashuvi,  tovar  –  pul  munosabatlarining 
mavjudligi,  ishlab  chiqarish  tsiklining  davriyligi,  o‘zaro  iqtisodiy  manfaatlarning 
bir  –  biriga  mos  kelishi  kreditning  zarurligiga  zamin  yaratuvchi  asosiy  omillar 
bo‘lib  qolaveradi.  Kredit  munosabatlari  jarayonida  ishtirok  etuvchilar,  mavjud 
ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu darajada yoki ko‘rinishda 
namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin