3 savol javobi.Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berish,kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir. Quyida biz har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o’tmoqchimiz. Kreditni qaytib berish tamoyiliBu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - buqaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarishoborotdanchiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytaribberish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi.Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgagina o’z egasi qo’ridan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarniakkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi. Qaytarib berish muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi.