Pul tizimi va pul muomalasi Reja


O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi



Yüklə 33,23 Kb.
səhifə3/6
tarix02.01.2022
ölçüsü33,23 Kb.
#40794
1   2   3   4   5   6
Pul tizimi va pul muomalasi Reja-fayllar.org (1)

O’zbekiston Respublikasining pul tizimi va uning rivojlanish tarixi

Ќar bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.

O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:


  1. Pul birligi - so’m


  2. Pul birligining turlari - qoђoz va metal pullar


  3. Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.


  4. Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.


  5. Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.


  6. Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.


  7. Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.


  8. Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.


O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov – « bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va katta kuchga ega bo’lishi lozim» - degan edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.

Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.

Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli «Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul tulovlarini o’zliksiz ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar - iyul oyida bank kassalariga tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust – dekabr oylarida bu ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.

Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi 80-93 foiz oraliђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar 2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga oshdi.





  1. Yüklə 33,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin