Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish



Yüklə 62 Kb.
səhifə1/15
tarix23.05.2023
ölçüsü62 Kb.
#120191
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar


Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar
REJA:


Kirish.



  1. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining barqarorligi va uning nazariy asoslari




  1. O‘zbekiston Respublikasi pul agregatlari va uning holati tahlili



  1. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimining barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar



Xulosa.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish


Hozirgi zamon talablariga to’liq javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning mustaqil ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda bu borada yetarlicha ko’nikmalarni shakllantirishda kurs ishining o’rni beqiyosdir.
Globallashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi paytda zamon talablariga har tomonlama javob beradigan bilimli va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyoti haqida”gi Nizomiga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarida bank ishini chuqur o‘rgatishni nazarda tutgan holda ishlab chiqilgan va bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb hisoblanadi.
Shuning uchun, mazkur o’quv qo’llanma 60410500 - “Bank ishi va auditi” sirtqi ikkinchi oliy talim shakli 2-bosqich talabalari uchun “Pul va banklar” fanidan kurs ishini yozish, ularning bitiruv malakaviy ishini samarali tayyorlashga zamin yaratadi.
O’tgan yillarda mamlakatimizda bank tizimining me’yoriy-huquqiy va uslubiy asoslari shakllantirildi va mustahkamlandi. Innovatsion bank xizmatlari va moliyaviy texnologiyalar qo’llanila boshlandi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3272-sonli qarorida umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosati o;rtasidagi muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilsh operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish kabi pul-kredit siyosatini takomillashtirish bo’yicha dolzarb vazifalar qo’yilgan1.
“Pul va banklar” fanini o’rganish bank tizimining, jumladan tijorat banklarining iqtisodiyotni rivojlantirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi. “Pul va banklar” fani hozirgi rivojlangan iqtisodiyotda bank tizimining o’rni va ahamiyati, iqtisodiy tartibga solishda tijorat banklarining roli, bank tizmi ko’rsatkichlari va iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilib, real ma’lumotlarga ega bo’lish, banklarning iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha xulosa hamda takliflar berishda yetarli darajada bilimlarni beradi.
Bank ishi yo’nalishi talabalari fanlar bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalarini, mavzular doirasida ularda shakllangan mustaqil fikr mulohazalarini bildirish hamda tanlagan mavzusi bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan xulosani bayon etishi maqsadida kurs ishlarini yozishi va muvaffaqiyatli himoya qilishlari belgilangan. “Bank ishi va auditi” yo’nalishi talabalari tomonidan tayyorlangan kurs ishlari ilmiy rahbarning ilmiy xulosasi asosida kafedra oldida himoya qiladilar.
Mamlakat iqtisodiyotining va bank-moliya tizimining xalqaro miqyosda integratsiyalashuvi davom etayotgan hozirgi vaqtda tijorat banklari faoliyatini ham xalqaro talablar darajasida mos holda rivojlantirish zarur. Shu boisdan xorijiy mamlakatlarda auditorlik faoliyatining hozirgi rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish, auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda tartibga solish masalalarini chuqur o’rganish respublikamiz moliya-bank tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo’shadi.
“Bank ishi” fanining asosiy maqsadi talabalarda tijorat banklari faoliyati, banklarning likvidliliginini tartibga solish bo’yicha yo’nalishiga mos bilim, zamonaviy ko’nikma va malaka shakllantirish hisoblanadi.




  1. Yüklə 62 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin