Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Reja


Annuitetlar. Teng bo’lmagan pul oqimlari va doimiy annuitetlar



Yüklə 38,15 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü38,15 Kb.
#189943
1   2   3
Pulning davriy qiymati va pul oqimlarining diskontli tahlili Rej

Annuitetlar. Teng bo’lmagan pul oqimlari va doimiy annuitetlar.
Annuitetlar. Annuitet ma’lum davrlar mobaynida teng qiymatli to’lovlarni bildiradi. Annuitetlar haqida gapirganimizda oddiy annuitetni nazarda tutamiz. Oddiy annuitetda to’lovlar har bir davrning ohirida amalga oshiriladi. Annuitetlar moliyada tez tez foydalanilib kelinadi-masalan, obligatsiya foiz to’lovlar-biz ularda
ko’p foydalanamiz. Annuitetlarning murakkab foizlar orqali joriy qiymatini toppish yuqorida tasvirlaganimiz kabi bir xil bo’lishi mumkin ammo bu jarayonlar-ayniqsa katta annuitetlar bilan amalga oshirilsa ko’p vaqtni talab etadi. Shunday qilib biz, annuitetlarda yaxshilangan yagona pul oqimlari formulasidan foydalanamiz.
Murakkab foizda annuitetlarni ifodalash. Murakkab foizli annuitet ma’lum bir davr davomida davr ohirlariga kelib, bir xil summadagi mablag’larni depozitga qo’yish yoki investitsiyalashni bildiradi. Biz balki ta’lim, yangi mashina yoki hordiq chiqaradigan uy sotib olish uchun mablag’ jamg’arishimiz mumkin.har qanday holatda ham, ma’lum bir miqdordagi pulning kelajakda qanday qiymatga
o’sishini aniqlashni xohlaymiz.

  • Yillik bo’lmagan qo’shma davrlar uchun joriy va kelgusi qiymatni aniqlash
    Foiz stavkalarini taqqoslab bo’ladigan qilish. Qayerga investitsiyalash yokiqarz olish bo’yicha to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun foiz stavkalarini taqqoslabbo’ladigan qilish maqsadga muvofiq. Baxtga qarshi ba’zi stavkalar yillikqolganlari esa, choraklik yoki kunlik hisoblanishi mumkin. Turli davrga tegishlibo’lgan foiz stavkalarini taqqoslash to’g’ri emas. Ularni taqqoslashning yagona yo’li ularni bir davrga keltirib olib taqqoslash hisoblanadi. Turli foiz stavkalarini taqqoslash mumkin qilish jarayonini tushunish uchun, dastlab, nominal yoki belgilangan foiz stavkasini tavsiflash zarur. Masalan, siz
    qarz olish maqsadida stavkalarni o’rganyapsiz va biri 8% yillik to’lanadi va yana biri 7.85% choraklik to’lab beriladi, 8% ham 7.85% ham nominal foiz stavkalar. Baxtga qarshi, stavkalardan biri yillik hisoblanadi, ikkinchisi esa oylik hisoblanadi, ya’ni ikki stavka ham taqqoslab bo’lmaydigan. Haqiqatda, nominal stvakalarni ularni bir davrda hisoblanadigan qilmaguncha taqqoslab bo’lmaydi. Ularni
    taqqoslab bo’ladigan qilish uchun umumiy davr uchun ekvivalent stavkani topamiz. Biz buni samarali yillik stavka (EAR) ni hisoblash orqali amalga oshiramiz. Bu nominal foiz stavka bo’lib, nominal yoki belgilangan stavka kabi bir xil qaytimga ega bo’ladi.
    Yüklə 38,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin