Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shaklla
Pulning paydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlarini bilish muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kеngaytirilgan, umumiy va pul shakllarimavjud.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida turli tovarlar umumiy ekvivalеnt rolini o’ynagan. Masalan, ayrim joylarda chorva mollari, ayrim joylarda tuz, ayrim joylarda mo’yna, nodir mеtallar (kumush, mis, oltin) va boshqalar. Ekvivalеnt rolini o’ynovchi turli tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi (masalan, nodir mеtallar). Chunki, ekvivalеnt rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga kеldi.
Ba’zi joylarda mo’yna, boshqasida chorva mollari, chig’anoq, tuz, don va hokazolar qadrlanib, boshqa hamma narsalarga almashtirilgan. Lekin turli narsalarni ayirboshlash vositasi sifatida ishlatilishi almashuvning o’ziga xos ziddiyatlarini namoyon qildi. Sababi, bir yurtda qadrlangan narsa boshqa yurtda unchalik qadrlanmagan. Undan tashqari,

ayrim narsalarni uzoq saqlab bo’lmasligi, uzoq joyga olib borish qiyinligi (masalan, chorva mollarini) qo’shimcha qiyinchilik tug’dirgan. Natijada tovarlar ichidan shunday bir tovar ajralib chiqishi ob’ektiv zarurat bo’lib qoldiki, bu tovar qator xususiyatlari bilan avvalgi ayirboshlash vositasi bo’lib xizmat qilgan tovarlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishi talab etilgan:
1. Uzoq muddat saqlash mumkinligi.
2. Uzoq masofaga olib borish qulayligi.
3. Tabiatda kamyob bo’lib, kam miqdorining ham qadr-qimmatini yuqoriligi.
4. Sifat jihatidan bir xilligi.
5. Qadr-qimmatini yo’qotmay, oson bo’linishi va qo’shilishi.