Pulning nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir.
Iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funksiyalari va pul muomilasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi.
Eng asosiy pul nazariyalari sifatida metallik, nominallik, va miqdoriylik pul nazariyalari ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida e’tirof etiladi. Hozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosabatlari orqali turtiblashtirish nazariyalari mavjud.
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o’z qarashlarini 1581 yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo’lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshkalar hisoblanadi.
Ushbu nazariya namoyondalari:
Qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o’tayoladi.
Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan o’lchanadi.
Bu boylikningg manbai savdodadir deydilar.
Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo’lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo’lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o’rnini qog’oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya kilgan.
Nominallik nazariyasiXVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo’lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo’lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan.
Nominalistlar:
Pulnidavlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlatpul nazariyasi ham deb yuritiladi – G.Knapi).
Pulni qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to’la vaznga ega bo’lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma’lum qismi eskirib yo’qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o’zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o’ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshkarilmasligini anglab yetmadilar.