Pulning mohiyati va uning xususiyatlari Kreditlash tamoyillari



Yüklə 24,07 Kb.
tarix26.04.2023
ölçüsü24,07 Kb.
#102752
Kredit


Reja:

  1. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari

  2. Kreditlash tamoyillari

  3. Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmi

Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi


Har bir iqtisodiy kategoriya amal qiluvchi mamlakat rivojlanishining asosiy dastaglaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiga o’tish va unda ish yuritishda uning roli va ahamiyati yana oshib boradi. Darhaqiqat, pul - «bozor tili» deb bekorga aytishmagan. Yoar bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. Bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulni ahamiyatining oshishi shundaki, jamiyatimizda mavjud huquqiy va jismoniy shaxslar faoliyati va ularning natijasi - daromadi pul bilan bog’liq. Shuning uchun ham pul barcha iqtisodiy rivojlanish pog’onalarida odamlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha Aristotel va Platondan boshlab XX asrning boshigacha pul to’g’risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop qilingan. Agar biz hozirgi kunda pul to’g’risida yozilgan va chop qilingan adabiyotlar soni bir necha marta oshib ketgan desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko’p bo’lishiga qaramasdan pul va uning xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodga ta’siri, nega alohida olingan individumlar qo’lida pulning ko’payishi ularning boyligining ko’payishiga olib keladi-yu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko’payishi jamiyat boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi degan savollarga hali to’liq javob berilgan emas. Pul va uning vazifalari to’g’risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarning qo’llanmalarini olib qaraydigan bo’lsak, pulning kelib chiqishi to’g’risida ikki xil g’oya mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion g’oyalardir. Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Aristotel bo’lib, u pul kelib chiqishining asosini o’zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir maxsus «qurol», kishilar orasida o’zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli 6 birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining bo’lishiga olib kelgan deydi. O’zaro tovarlarni almashtirishga pul qatnashmaganda tovarni sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar o’rtasidagi proportsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo’lgan mahsulotga talab qay darajada va uning miqdorining kam ko’pligiga bog’liq holda o’rnatilgan. Keyinchalik shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi ba’zi tovarlar ajralib chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi. Rivojlanishning birinchi bosqichlarda bular mis, bronza, temir bo’lib almashinuv T-P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o’rtasidagi shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Yoozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi1 deb izohlangan. Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreit qimmatbaho metallarning pul vazifasini bajarishi bu kishilar o’rtasidagi kelishuvning mahsulidir deb uqtirmoqda. Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K.Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. Pulning kelib chiqishini tadqiqot qilishda, u A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga asoslangan holda pulning mohiyatini ochib berishga harakat qilgan. Pulning o’zi ham tovar ekanligini, pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o’lchashning asosi bo’lib xizmat qiladi deb ko’rsatgan. Yoozirgi vaqtda yuqoridagiga o’xshagan real pullar o’rniga o’z qiymatiga ega bo’lmagan qog’oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. Shuning uchun, qog’oz va kredit pullar, pul kelib chiqishi to’g’risidagi ratsionalistik kontseptsiyaning to’g’ridan-to’g’ri isboti bo’la olmaydi. Qog’oz pullar yuzaga kelguncha jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o’tgan. Pulning kelib chiqish tarixi pulning evolyutsion nazariyasi bilan ko’proq bog’liq. Tovar muomalasining evolyutsion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har xil tovarlar o’ynagan. Yoar bir jamoa o’z tovarini ekvivalent sifatida o’rtaga qo’ygan. Lekin jamiyat tarraqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular: birinchi ehtiyoj uchun zarur bo’lgan tovarlar va zebu-ziynat tovarlaridir. Ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida dehqonchilik va chorvachilikdagi mehnat taqsimoti, tovar turlarining ko’payishi almashinuv jarayoninig yana rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari o’zaro muloqotda bo’lib, tovarning egasi o’z mahsulotini (mulkini) baholagan. Shu baholash jarayoni biror o’lchov birligi bo’lishini taqozo qilgan.
Pulning mohiyati va uning xususiyatlari
K. Marks pulni pul - bu tovarlarning tovari deb ifodalangan va uning quyidagi xususiyatlarini izohlab bergan. Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa tovarlarning qiymati o’z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq mehnatning asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga asoslangan holda pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega bo’lgan, maxsus tovardir degan xulosaga kelish mumkin. Uning maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o’ziga ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi. Umumiy ekvivalent rolini uzoq yillar davomida oltin bajarib kelgan bo’lsa-da, tovar xo’jaligining va pul muomalasining rivojlanishi kog’oz pullar, boshqa kredit vositalari, yuzaga kelishiga, kredit va pul mablag’larining bankda bir schyotdan ikkinchi schyotga o’tkazilishi kabi jarayonlar bo’lishiga olib kelgan. Pul qanday shaklda bo’lishidan qat’iy nazar - u pul bo’lib qoladi. Yuqoridalarga asoslangan holda pulning mohiyatini qo’yidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul - bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Bu ta’rif pulning barcha xususiyatlarini o’zida to’liq ifodalaydi deb aytishimiz mumkin. Bular, birinchidan; pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi; ikkinchidan - pul bu umumiy ekvivalent - yagona tovar bo’lib, qolgan tovarlarning qiymatini o’zida ifoda qilishi, (boshqa xohlagan bir tovar bu xususiyatga ega bo’la olmaydi); uchinchidan, pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa xarajatlarini o’zida ifoda qilishi; to’rtinchidan, pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda kishilar o’rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarini ifoda qilishi va boshqalardir. Pul to’g’risidagi evolyutsion nazariya uning o’lchov birligi va muomala vositasi ekanligini ochib beradi.
Chet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va zarurligiga kam e’tibor berishgan. 1857 yillarda taniqli ingliz iqtisodchi U. Djevons Iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi - bu geometriyadagi aylana kvadraturasiga teng demakdir degan ekan. Shuning uchun chet el iqtisodchilari bu bobni chetlab o’tishgan. 50 - yillardagi darsliklarning avtorlari pulning mohiyatidan ko’ra uning iqtisodga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o’rganish muhimroqdir deb ta’kidlashgan va ko’p chet el olimlari shu yo’nalishda ish olib borishgan. Yoozirgi vaqtda pul to’g’risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko’rilgan masalalar bu fikrimizning isboti bo’lishi mumkin. Yoaqiqatda ham bozor iqtisodiga o’tish sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiqot qilishdan ko’ra, pulning iqtisodga, ishlab chiqarishga, bandlikka ta’sirini tadqiqot qilish jamiyatimiz uchun ahamiyatliroq deb o’ylaymiz. Pulning turlari. Pul o’zining evolyutsiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), qog’oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o’zida ifodalashiga qarab pullar ikki turga bo’linadi: -haqiqiy pullar:, -haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari Yoaqiqiy pullar nominal qiymatini o’zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo’lgan metall pullar bo’lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda qulay bo’lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo’ladi) shaklda chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar asosan oltindan zarb qilingan, keyinchalik oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to’lov , muomala vositasiga bo’lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini kiritish zarur bo’lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo’qola bordi. Qog’oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo’lib, pulning muomala funktsiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Kreditlash tamoyillari.
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berish, kreditning muddatliligi, kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir. Quyida biz har bir tamoyilning mazmunini qisqacha tariflab o’tmoqchimiz. 1. Kreditni qaytib berish tamoyili Bu tamoyil kreditning mustaqil iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Qiymatning qaytuvchi harakatida huquqiy tomoni ham muhimdir. Muayyan bir muddatga beriladigan qiymatga egalik huquqi kreditordan qarz oluvchiga o’tmaydi. Qarzga beriladigan qiymat faqat muayyan bir muddatgagina o’z egasi qo’ridan uzoqlashadi, lekin egasini o’zgartirmaydi. Bo’sh turgan resurslarni akkumulyatsiya qiluvchi banklar bu resurslardan o’z resurslari sifatida foydalana olmaydi. Bank qarzga beruvchi mablag’ning egasi bo’lib korxona, tashkilot, alohida shaxslar hisoblanadi. Qaytarib berish muayyan shartnomada o’zining o’rnini topadi. Qaytarib berish ob’ektiv belgi hisoblanadi. kreditni qaytarib berishlilik tomoni uni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan, moliyadan farq qilish imkoniyatini beradi. Kreditdan samarali foydalanishi asosidagi qaytarib berish- butun bank faoliyatining markaziy punkti hisoblanadi. Kreditning bu tomoyili o’z amaliyot aksini kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi, Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. Bizning amaliyotimizda markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida kreditlashning «qaytarilmaydigan ssuda degan» norasmiy tushunchasi bor edi. Kreditlashning bu shakli xalq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida ayniqsa qishloq xo’jaligi sohasida keng tarqalgan edi. Kredit davlat banki tomonidan qarz oluvchining moliyaviy ahvolini hisobga olmagan holda berilar edi. O’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra qaytarilmaydigan ssudalar byudjet subsidiyasining qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida «qaytarilmas kredit» tushunchasi bozor iqtisodi tamoyillariga yod bo’lib bunday kreditning amaliyotda bo’lishi iqtisod uchun juda xavfli hisoblanadi. 2. Kreditning muddatliligi. Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko’ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo’linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo’lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko’rsatilgan malum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o’z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o’z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o’z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan manfaatdor.Kreditning muddati bo’yicha kredit shartnomada ko’rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar ( jarimalar shaklida, kredit bo’yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqa ) ni qo’llashi mumkin.Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog’liqdir. 3. Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. Bu tamoyil yordamida xalq xo’jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy shilab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan proportsiyalarining bir me’yorda bo’lishi rag’batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik oborotida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan moddiy boyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo’jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va malum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta tasir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga muhim e’tibor berilmoqda. Yoozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha ifodalash mumkin. Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini,boshqa biror shakldagi mulkini garovga qo’yadi. Agarda bank bergan kredit qarz oluvchi tomonidan o’z vaqtida bankka qaytarilmasa bank tovarni sotish hisobidan qarz o’rnini qoplash huquqiga ega bo’ladi. Bazida kredit varrant asosida ham berilishi mumkin. (Varrant - garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditor berayotgan krediti tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bank ssudalarini tovar - moddiy boyliklar bilan to’liq ta’minlanganligi pul muomalasini barqarorligini ta’minlaydi, chunki bank oborotidagi pullar naqd pulga va aksincha transfomatsiyalanib turadi. Xulosa qilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik tamoyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi va o’zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barqarorlik davrida ayniqsa muhimdir. 4. To’lovlilik tamoyili. Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi. (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno). Kreditning to’lovligi nafaqat banklar xo’jalik hisobi statusiga, shu bilan birga korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi normasini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi: huquqiy shaxslar foydasining va jismoniy shaxslar daromadining taqsimlanishi; ishlab chiqarishni tartibga solish va ssuda kapitalining taqsimlanishi orqali tarmoq, tarmoqlararo va xalqaro miqyosda aylanishi; iqtisodiyot rivojlanishining inqirozli bosqichida bank mijozlarining pul mablag’larini inflyatsiyadan himoyalash va boshqalar. Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan aniqlanib, kredit resurslarining bahosi sifatida namoyon bo’ladi.
Boshqa tovarlar bahosi belgilanishining ananaviy mexanizmidan farqli o’laroq kreditning bahosi, ssuda kapitali bozoridagi talab va taklifning nisbatini o’zida aks ettiradi va u bir qator omillarga bog’liq bo’ladi: bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi ( inqiroz davrida ssuda foizi o’sadi va aksincha, yuksalish davrida esa pasayadi); inflyatsiya jarayoni suratlari (amaliyotda ssuda foizining inflyatsiya o’sish sur’atlaridan orqada qolishi uchrashi mumkin); tijoart banklarni kreditlash jarayonini amalga oshiruvchi Markaziy bank orqali davlat kreditini tartibga solishning samaradorligi; xalqaro kredit bozoridagi holat (masalan, biror mamlakatda kredit bo’yicha foiz stavkasining oshishi shu mamlakatga chet el kapitalining oqib kelishiga olib keladi va bu milliy bozorlar holatiga tasir ko’rsatadi.); jismoniy va huquqiy shaxslar pul jamg’armalarining dinamikasi (ularning hajmi qisqargan holda ssuda foizi o’sadi); potentsial qarz oluvchilarning kredit resurslariga bo’lgan ehtiyojini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish dinamikasi; ishlab chiqarishning mavsumiyligi (chet el amaliyotida banklar mavsum davrida kreditlar bo’yicha foizlarni oshiradilar); davlat tomonidan beriladigan kredit miqdori bilan davlatning ichki qarzlari o’rtasidagi nisbat (ssuda foizi ichki davlat qarzlari o’sishi bilan birga o’sibboradi). 5. Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Kreditning qaysi maqsadga yo’naltirilganligi, masalan, tovar moddiy boyliklar sotib olishga yoki biror ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashga va hokazo aniq biror ob’ektga maqsadli yo’naltirilganligi korxona bilan bank o’rtasida tuziladigan kredit shartnomada ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona olgan kreditini faqatgina kredit shartnomada ko’rsatilgan shini bajarishga sarflashi kerak . Bunda kredit muayyan, aniq ob’ektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zaxiralariga, tayyor mahsulotga, jo’natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi. Yuqorida keltirilgan tamoyillar kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida mavjud bo’lishi va harakat qilishining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning yuqorida keltirilgan tamoyillaridan tashqari, kreditdan oqilona foydalanishni ifodalovchi tamoyil kreditning samaradorligi tamoyilini kiritishimiz zarur. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankka qaytarib to’lashni, undan tashqari shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida beriladigan kreditlar malum bir loyihalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Banklar loyihalarni kreditlash yoki moliyalashtirishidan oldin loyihani bajarish uchun yo’naltiriladigan mablag’larning samaradorligini hisoblab chiqishlari zarur. Agar biz bozor iqtisodi yuqori rivojlangan mamlakatlarda kreditlash va loyihalarni moliyalashtirish amaliyotiga e’tibor beradigan bo’lsak, bu mamlakatlarda korxona, tashkilotlarga kredit berishdan oldin qo’yiladigan mablag’larning samaradorligi hisob-kitob qilib chiqiladi. Agarda loyihaga qo’yiladigan mablag’lar samara beradigan bo’lsagina, shu loyiha uchun mablag’ ajratiladi. Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g’arb mamlakatlari amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi qo’llaniladi. Bu qoida kreditlashda «5 «G»lar qoidasi» deb yuritiladi. «5 «S» lar qoidasi»ga asosan har bir «S» bo’yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit beriladi. Qoidaga asosan «S» harflari korxonalarning xo’jalik faoliyatininrg quyidagi jihatlarini ifodalaydi. Gharakter - qarz oluvchining xarakterini baholash, uning avvalgi qarzlari; qarzni to’lay olish qobiliyati, hamda bozordagi obro’si; Gapfgity - bu qarz oluvchining boshlagan ishni oxiriga etkaza olish, tegishli daromad olish hamda bank kreditlarini qaytara bilish qobiliyati; Gapital - qarz oluvchining sarmoyasining etarliligi; Gonditions - shartlar. Bunda iqtisodiy muhim va mazkur biznesning rivojlanishi nazarda tutiladi; Golateral - garov (kafolat, kafillik, sug’urta polisi, tovar-moddiy boyliklar) va boshqalar. Sotsialistik xo’jalik yuritish shakli davrida kreditlashning bu tamoyillaridan tashqari yana bir necha boshqa tamoyillar qo’shimcha ravishda amal qilar edi. Sotsialistik xo’jalik davrida yuqoridagi tamoyillar ikkinchi darajali hisoblanar edi. Quyidagi tamoyillar esa asosiy, birinchi darajali tamoyillar bo’lib, kreditlash jarayonida banklar ko’proq shu tamoyillarning bajarilishiga e’tibor berar edi.

  1. Kreditni rejaning bajarilganligiga qarab berish. Bu tamoyilning mohiyati shunda ediki, bank kreditlarining umumiy hajmi va shakllari banklarning kredit rejalari asosida o’rnatilar edi. Bunda korxona va tashkilotlarga beriladigan kreditlar ularning ishlab chiqarish rejalarini bajarishlariga qarab berilar edi.

  2. Undan tashqari, kredit hajmi bo’yicha muayyan reja tuzilar va shu rejaga asosan kredit berilishi, uni hajmi va shakli belginalardi va bu bank tomonidan boshqarilar edi. Bu tamoyilga asosan, kredit rejasida ko’zda tutilgan bank ssudalari kvartal yoki oyiga bir marta emas, balki tovar-moddiy boyliklarini yaratish jarayoniga va ularni ishlab chiqarish maqsadlariga sarflash yoki sotishning malum bosqichlarida bank tomonidan o’rnatilgan miqdorda berilar edi.

  3. Diferentsiyalashtirish (kreditlashda har xil yondashish) tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiy zaruriy normalarga mos holda ishlab chiqarish va mahsulotni realizatsiya qilish asosida korxona va tashkilotlarning qanday moliyaviy natijaga erishganligiga qarab belgilangan. Xo’jalik faoliyatining natijalariga qarab korxonalar «yaxshi ishlaydigan» va «yomon ishlaydigan» korxonalarga bo’lib kreditlangan.Bu tamoyilga asosan ijobiy moliyaviy natijalarga erishgan korxona va tashkilotlarga kreditlash jarayonida malum engilliklar berilgan. Korxonalarda moliyaviy qiyinchiliklar bo’lganda ishchilarga ish haqi to’lash uchun yoki boshqa to’lovlarni amalga oshirish uchun kreditlar berilgan. Undan tashqari, yaxshi ishlaydigan korxonalarga engil sharoitda kreditlar berilgan, masalan, berilgan kreditning foiz stavkasi kamaytirilgan, korxona uchun zarur bo’lganda kreditning muddati uzaytirilgan va hokazo. Agar korxona ishlab chiqarish rejasini bajarmasa yoki bankdan olingan kreditlar bo’yicha o’z majburiyatlarini vaqtida amalga oshirmasa bunday korxona yomon ishlovchi korxonalar qatoriga kiritilgan va bank tomonidan bunday korxonalarga iqtisodiy choralar qo’llanilgan. Lmon ishlovchi korxonalarni kreditlashda bank qattiq yondashgan, yani kreditlarni juda qisqa muddatga, yuqori foiz stavkalari bo’yicha bergan. Bazida bank oldindan bergan kreditlarini muddatidan ilgari undirib olgan, korxona yuqori tashkilotining kafolati asosida kredit bergan yoki bazi hollarda kredit berishni umuman to’xtatib qo’ygan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu tamoyillarning barchasi ham o’rinli bo’lmasligi mumkin.

Banklar bajaradigan funktsiyalar, ularning bajaradigan vazifalariga shug’ullanuvchilar (masalan, biz bu sohada Londonda bank ishini ilk bor rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytishimiz mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqaniga qarab turli xil bo’lishi mumkin. Bu bobda biz banklarga taalluqli bo’lgan umumiy funktsiyalar to’g’risida gapirib o’tmoqchimiz. Keyingi boblarda biz alohidaalohida olingan holda birinchi va ikkinchi zveno banklarining funktsiyalari to’g’risida fikr yuritamiz. Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak, banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
• vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va kapitalga aylantirish;
• kredit munosabatlarida vositachilik qilish;
• to’lov jarayonlarida vositachilik qilish;
• muomalaga kredit vositalarini chiqarish.
Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish - banklarning ilk funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash qudratini tashkil qiladi va shu resurslarga asoslangan holda banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo’sh pul mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin: birinchidan, kreditga so’ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa o’rtasida nomutanosiblik bo’lishi mumkin; ikkinchidan, ortiqcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani qoniqtirmasligi mumkin;
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to’g’ridan-to’g’ri kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy ahvolini to’liq o’rgana olmasligi mumkin. Qarz oluvchining to’lovga layoqatsiz bo’lishi kreditor korxonaning ham moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin. Xalq xo’jaligidagi barcha bo’sh mablag’larning bank tomonidan yig’ilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan qarz oluvchi korxonaga zarur bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratiladi. Undan tashqari, bank korxonalarning to’lovga layoqatliligini har tomonlama tahlil qilishi ularning moliyaviy ahvolini yaqqolroq baholab bera olishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining qo’llanilish ko’lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan bog’liq ishlab chiqarish va muomala jarayonining qisqa muddatli ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga bo’lgan ehtiyojni qoplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun banklar mablag’larni jalb qilish miqyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko’lamini kengaytirdi. To’lovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirig’iga asosan to’lov jarayonlarini amalga oshiradi, hisob varaqlariga mablag’larni qabul qiladi, pul tushumlarining hisobini olib boradi, mijozlarga pul mablag’larini beradi. Hisob-kitoblarning bank orqali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o’z mablag’larini bank orqali o’z hisob varaqasidan boshqa korxona hisob varaqasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin. Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo’sh mablag’lar va kapital bo’lib qolmasdan, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit miqdori mavjud jamg’armalardan ko’p bo’lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Undan tashqari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar - banknotalar chiqariladi. Bank kredit pullar chiqarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. "O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank to’g’risida"gi Qonuni. T. “O’zbekiston” – 2021.
2. "Banklar va bank faoliyati haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni .
3. O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida» gi Qonuni
4. O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»gi Qonuni
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoni, Xalq so’zi. 2019 y. 21 mart.
Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin