datetime modulida juda ko’p funksiyalar bor. Ular orqali vaqtni nafaqat to’liq holda, balki faqatgina bizga kerakli holda ham aniqlashimiz mumkin. Masalan, bizga faqat joriy yil yoki bugungi hafta kuni kerak. Bularning alohida funksiyalari bor. Quyidagi kodimizda dastlab faqat joriy yilni so’ngra bugungi hafta kunini ekranga chiqaramiz:
Biz o’zimiz sana yoki vaqtni belgilashimiz mumkin. Buning uchun kerakli sonlarni ko’rsatsak kifoya. Masalan, hozir sanani 28-noyabr 2020-yil deb belgilaymiz:
import datetime as dt x = dt.datetime(2020, 11, 28) print(x)
strtime() funksiyasi vaqtga oid turli ma’lumotlarni turli formatlarda bizga qaytaradi. Ushbu fuksiyani maxsus format kodlari bilan qo’llash kerak. Masalan, joriy oyning nomini ko’rsatish kodi %B. Demak hozirgi oy nomini ekranga chiqarish quyidagicha bo’ladi.