all(ketmaketlik)- agarda hamma elementlar haqiqiy bo`lsa (yoki ketmaketlik bo`sh bo`lsa) True ni qaytaradi.
any(ketmaketlik)-agarda elementlardan hech bo`lmaganda bittasi haqiqiy bo`lsa True ni qaytaradi. Bo`sh ketmaketlik uchun False qaytaradi.
ascii(object)- repr ga o`xshab obyekt ko`rinishiga mos qatorni ekranga xuddi shunday qaytaradi.
bin(x)- butun sonni ikkilik sanoq sistemasiga o`tkazadi chr(x)- x ning Unicode ga mos belgini qaytaradi.
classmethod(x)- sinf metodi ko`rsatgan funksiyani taqdim etadi.
compile( source, filename, mode, flags=0, don’t_inherit=False)- ketmaketlik eval yoki exec funksiyalari bilan bajariladigan dastur kodiga komplyatsiya qilinishi. Qator karetkani qaytaruvchi belgilar yoki nolga teng baytlarga ega bo`lmasligi kerak.
delattr(object, name)- “name” nomidan atributni qaytaradi.
dir([object])- obyekt nomlarining ro`yxati, agar obyekt ko`rsatilmagan bo`lsa, local maydondagi nomlar ro`yxati.
divmod(a,b) – a ni b ga bo`lganda hosil bo`lgan bo`linmaning butun va qoldiq qismi.
enumerate(iterable, start=0)- nomer va unga mos ketmaketlik a’zosidan tarkib topgan kortejni har bir o`tishda taqdim etuvchi iteratorni qaytaradi.
eval(expression, globals=None, locals=None)- dastur kodi qatorini bajaradi.
filter(function, iterable)- function yordamida rost qiymatni elementlarga qaytaruvchi iteratorni qaytaradi.