print("Salom dunyo")#Bu yerda izoh Kodning biror qismini izohga kiritsak o’sha qism natija bermaydi. Quyidagi holatda Salom dunyo jumlasi ekranga chiqmaydi:
# print ("Salom dunyo") print ("Dasturlashni o'rganamiz")
Izohlar dastur kodini o'qiyotganlar uchun foydali bo'ladi va dastur nima qilishini oson tushunishga yordam beradi. Unga yechimdagi muhim joylarni, muhim bo'lgan qismlarni yozish mumkin.
Ko’p qatorli izohlar
Python ko’p qatorli izohlar hosil qilish uchun alohida belgiga ega emas . Shuning uchun har bir qator uchun alohida # belgisi ishlatiladi. Ammo 3 talik qo’shtirnoq ichiga yozilgan matnni o’zgaruvchiga biriktirilmasa ko’p qatorli izoh sifatida ishlatish mumkin:
""" Bu izoh ko'p qatorli ozihdir """ print("Dasturlashni o'rganamiz")
Pythonda o`zgaruvchilar
Biror ma'lumotni saqlash va uning ustida turli amallarni bajarish uchun bizga o'zgaruvchilar yordam beradi. O'zgaruvchining qiymati, o'z nomi bilan aytib turibdiki, o'zgarishi mumkin. Unda xohlagan qiymatni saqlash mumkin. O'zgaruvchilar kompyuter xotirasidagi joy bo'lib, u yerda siz biror ma'lumotni saqlaysiz. O'zgaruvchining konstantadan farqi, o'zgaruvchiga dastur ishlashi davomida (run time) murojaat qilib, uning qiymatini o'zgartira olamiz. Konstantaga esa oldindan ma'lum bir qiymat beriladi va bu qiymatni o'zgartirib bo'lmaydi.
Pythonda o’zgaruvchilar ularni qiymatlarini tenglashtirish bilan hosil qilinadi. O’zgaruvchilarning turini alohida e’lon qilish shart emas. Pythonda barchasi avtomatik tarzda ishlaydi:
= 5
= "Salom dunyo"
O’zgaruvchilarni hosil qilish
O’zgaruvchilar ma’lum bir turdagi qiymatni o’zida saqlovchi konteynerlardir. Boshqa dasturlash tillaridan farqli, Python o’zgaruvchilarni e’lon qilish uchun alohida buyruqqa ega emas.
O’zgaruvchilar ularga qiymatni tenglashtirish orqali hosil qilinadi. Quyida biz 2 ta o’zgaruvchini 2 xil trudagi qiymatga biriktiramiz va ekranga chiqaramiz: