2.4.Math, cmath, random va os moduli. Math va cmath modullarida haqiqiy va compleksli argumentlar uchun matematik funksiyalar to`plangan. Bu C tilida foydalaniladigan funksiyalar. Quyida math modulining funksiyalari keltirilgan. Qayerda z harfi bilan argumentga belgilash kiritilgan bo`lsa, u cmath modulidagi analogik funksiya ham shunday belgilanishini bildiradi.
Acos(z)-arkkosinus z.
Asin(z)- arksinus z.
Atan(z)- arktangens z.
Atan2(y, x)- atan(y/x).
Ceil(x)- x ga teng yoki katta eng kichik butun son.
Cos(z)- kosinus z.
Cosh(x)- giperbolik x kosinusi.
e- e konstantasi.
Exp(z)- eksponenta (bu degani e**z)
Fabs(x)-x absolute raqami.
Floor(x)-xga teng yoki kichik eng katta butun son
Fmod(x,y)- x ni y ga bo`lgandagi qoldiq qism.
Frexp(x)- mantisa va tartibni (m, i) juftligi kabi qaytaradi, m- o`zgaruvchan nuqtali son, i esa- x=m*2**i ga teng butun son bo`ladi. Agarda 0-(0,0) qaytarsa boshqa paytda 0.5<=abs(m)<1.0 bo`ladi.
Factorial(x)-x ning faktoriali. N!=1*2*3*…*n
Hypot(x,y)- sqrt(x*x+y*y)
Ldexp(m,i)- m*(2**i).
Log(z)- natural logarifm z.
Log10(z)- o`nlik logarifm z.
Log2(z)-logarifm ikki asosga ko`ra z.
Modf(x)- (y,q) juftlikda x ning butun va kasr qismini qaytaradi.
p-pi konstantasi.
Pow(x,y)- x**y.
Sin(z)- z ning sinusi.
Sinh(z)-z ning giperbolik sinusi.
Sqrt(z)- z ning kvadrat ildizi.
Tan(z)- z ning tangensi.
Tanh(z)- z ning giperbolik tangensi.
Trunc(x)- x haqiqiy sonning butun qismini qaytaradi.
degrees(x)-x ni radiandan gradusga o`tkazish.
radians(x)- x ni gradusdan radianga o`tkazish.