Dastur davomida listning tarkibi o'zgarishi, yangi elementlar qo'shilishi, ba'zi elementlar o'chirilishi tabiiy hol. Misol uchun "Bozorlik ro'yxati" degan dasturni tasavvur qilaylik, foydalanuvchi ro'yxatga yangi mahsulotlar qo'shishi, sotib olganlarini esa o'chrishi mumkin.
Elementni o'zgartirish
Ro'yxatdagi biror elementning qiymatini o'zgartirish uchun, o'sha elementga indeksi bo'yicha murojat qilamiz va yangi qiymat yuklaymiz
narhlar = [12000, 18000, 10900, 22000]
narhlar[0] = 13000 # 1-qiymatni 13000 ga o'zgartiramiz
narhlar[2] = 11000 # 3-qiymatni 11000 ga o'zgartiramiz
narhlar[3] = narhlar[3]+2000 # 4-qiymatga 2000 qo'shamiz
print(narhlar)
Natija: [13000, 18000, 11000, 24000]
Yangi element qo'shish
.append() metodi
Ro'yxatga yangi element qo'shishning oson usuli bu .append() metodi yordamida ro'yxatning oxiriga qiymat qo'shish:
mevalar = ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik"]
mevalar.append("tarvuz") # mevalar ga tarvuz qo'shamiz
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'anjir', 'shaftoli', "o'rik", 'tarvuz']
.append() metodi bo'sh ro'yxatni to'ldrisihda juda qulay usul. Odatda dastur boshida bo'sh ro'yxat yaratilib, dastur davomida ro'yxat foydalanuvchi tomonidan to'ldirib borilishi odatiy hol.
cars = [] # bo'sh ro'yxat yaratamiz
cars.append('Lacetti') # ro'yxatga Lacetti mashinasini qo'shamiz
cars.append('Nexia 3') # ro'yxatga Nexia 3 mashinasini qo'shamiz
cars.append('Cobalt') # ro'yxatga Cobalt mashinasini qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']
.insert() metodi
Ro'yxatning istalgan joyiga yangi element qo'shish uchun .insert() metodidan foydalanamiz. .insert() metodi ichida yangi elementning indeksi va qiymati beriladi:
cars = ['Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']
cars.insert(0, 'Malibu') # 1-o'ringa yangi qiymat qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Malibu', 'Lacetti', 'Nexia 3', 'Cobalt']
cars.insert(2, 'Damas') # 3-o'ringa yangi qiymat qo'shamiz
print(cars)
Natija: ['Malibu', 'Lacetti', 'Damas', 'Nexia 3', 'Cobalt']