Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


Bilimni nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bilimni nazorat qilish uchun savollar:
1. Yerdan foydalanishning paydo bo'lish shakllari qanday?
2. Jamiyatning rivojlanishida yerning roli va undan foydalanish xususiyatlarini 
ayting?
3. Yer resurslarini boshqarishning qanday rivojlanish bosqichlari dan iborat?
4. Y er m unosabatlari nima?
5. Y erda ishlab chiqarish munosablari deganda nimani tushunasiz?
6. Y er munosabatlarining rivojlanish qonunlarini ayting?
IV-BOB. YER RESURSLARINI BOSHQARISH USULLARI VA
MEXANIZMLARI
1. Yer resurslaridan foydalanishni boshqarish usullari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat miqyosida o'tkazilayotgan umumiqtisodiy, 
yer va agrar islohotlam i 
am alga oshirishning murakkab jarayonlari davrida yer 
resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishni takomillashtirish ehtiyojini 
kuchaytiradi. Aynan shu m a’noda yer kadastri va yer tuzish bo'yicha yangi nazariy 
va amaliy jihatdan yondashuvlari yer resurslarini boshqarishning amaliy masalalarini 
yechimlarida o 'z isbotini topganligi qo'yilgan muammoning amaliy ahamiyatini 
bildiradi.
O 'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni tubdan o'zgartirish jarayonida yer 
munosabatlari va yer resurslarini boshqarishning samarali ko'rinishlari namoyon 
bo'lm oqda. Y er o'zining asosiy xususiyatlaridan tashqari ushbu resurs ishlab 
chiqarish vositasi, hududiy biznes, tabiiy boylik, huquqiy munosabatlar va ko'chm as 
mulk obyekti b o 'lib qoldi.
Bozor munosabatlari qaror topishi sharoitida yerlarni davlat boshqaruvining 
majmuali uslubini eng qulay qo'llash va byudjet daromadlarini ko'paytirishni 
ta ’minlovchi, yerdan foydalanishning eng samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq shakli sifatida yerni ijaraga berishning rivojlanishi ayniqsa muhim
65


ahamiyatga ega bo'Iadi. Shu bilan birga yer munosabatlarining davlat boshqaruvidagi 
yagona tartibini o'rnatish, ijara haqi miqdorini usullarini ishlab chiqish, yer 
bozorining holatini aniq aks ettiradigan m intaqa iqtisodiyotining holati va undagi 
jarayonlam i boshqarish tizimida, yer ijara siyosatida tadbirlar majmuasini 
shakllantirishm ng birlamchiligini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega b o ‘ladi. 
Y er munosabatlarini tartibga solishning uslubiy nazariyasini ishlab chiqish, yerning 
oldi-sotdi shakllari va uslubini faollashtirish, yer uchastkalarini xususiylashtirish 
jarayonlarini, investitsion, baholash, sug‘urta faoliyati, ipoteka, kreditlashtirish, yerga 
oid qimmatbaho qog'ozlar bilan muomala o'tkazishni rag ‘batlantirish zarur.
Yerdan foydalanishning sanab o ‘tilgan va qator boshqa kamchiliklari qishloq 
va o ‘rmon x o ‘jaIigi, sanoat, transport va undan foydalanishning boshqa sohalari 
uchun amaliy jihatdan t o i a haqqoniydir. Shu m unosabat bilan iqtisodiy mahsulotni 
qayta ishlab chiqarish davrida yerning roli, tabiiy resurs sifatidagi yerning o'zini 
qayta ishlab chiqarish siklidagi mohiyati va o ‘ziga xos xususiyatlari, ishlab 
chiqarishning boshqa omillari bilan uni o ‘zaro aloqalar xarakteri yo'nalishlarida 
tadqiqotlarni davom etirish zarur boMadi.
Yerning o ‘zini to ‘la qayta ilab chiqarishini (yer resurslarini) oldindan ko'rib
chiqamiz. O ’zining to ‘la takror ishlab chiqarish davrida yer uchta bosqichdan o ‘tadi: 
yer resurslarini taqsimlash yoki qayta taqsim lash (foydalanish uchun yer berish); 
jam iyat faoliyatining barcha sohalarida yerdan to ‘g ’ridan-to‘g ’ri foydalanish; yer 
resurslarini qayta ishlab chiqarish (tiklash).
Bosqichlarning barcha sikllari (davrlari) nisbatan alohidadirlar, o'zlarining 
aniq ichki mazmuniga va turli m ohiyatga egadirlar, ammo bunda o ‘zaro bog’liq va 
o ‘zaro aloqadadirlar. Birinchi fazani oshirish yerdan 
foydalanish xarakteri va 
maqsadli mohiyatini belgilagan tarzda jam iyatdagi yerdan foydalanish sohalari 
hamda iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yer resurslarini taqsim lashnio'z ichiga 
oladi,qaysiki bu ikkinchi bosqichni am alga oshirishga m anba yaratadi. Iqtisodiyotni 
doimiy rivojlanishi sharoitida ikkinchi bosqichni am alga oshirish yer resurslarini 
keyingi taqsimlash va yangidan qayta taqsim lash usun obyektiv holda manbaa
66


F
yaratadi, yani ikkinchi bosqichni am alga oshirishi birinchi bosqich amalga oshirish 
zarurligini muhim obyektiv shartidir.
Ikkinchi tomondan, siklning ikkinchi bosqichini amalga oshirish yer resurslarini 
ishlab chiqarish iste’mol bilan bog’liq v a keyingi har bir,yangi ishlab chiqarish sikl 
ularni qayta ishlab chiqarish obyektiv tarzda talab qilinadi, ya’ni siklni ikkinchi 
bosqichini am alga oshirishi uchinchi bosqichni mavjud bo ‘lishining asosiy shartidir. 
Shu bilan bir vaqtda, yer resurslarini qayta ishlab chiqarish (uchinchi bosqich) 
siklning ikkinchi bosqichida ulardan samarali foydalanishning (iste’mol) obyektiv 
zaruriyati hisoblanadi. V a nihoyat, uchinchi bosqichni amalga oshirish yer 
resurslarini navbatdagi qayta ishlab chiqarish sikli uchun yer resurslarini taqsimlash 
va qayta taqsimlash zaruriyatini k o'zda tutadi. O ’z navbatida yangidan taqsimlanishi 
(qayta taqsimlanishi) ham da ularni navbatdagi siklda keyingi foydalanishi vositasida 
siklning birinchi bosqichini am alga oshirish ulami oldindan qayta ishlab chiqarish 
(tiklanish) zaruriyatini k o ‘zda tutadi. Bunday o ‘zaro aloqalar va o'zaro bog’liqliklar 
to ‘la qayta ishlab chiqarish siklining birligi va yaxshiligini tashkil etadi. Qayd qilish 
zarurki,o‘zaro aloqalar qishloq xo'jaligida yerlardan to 'g ’ri foydalanishda yer 
resurslarini qayta ishlab chiqarish (tiklash) m a’lum miqdorda to ‘g ’ridan-to‘g ’ri 
ham da ulardan foydalanish bosqichida am alga oshiriladi, kabi ichki tuyg’u bilan 
am alga oshiriladi.
Qishloq xo'jaligida yerlarni qayta tiklash sikli (tuproq unumdorligi)bitta 
kalendar yoki qishloq xo'jalik yiliga teng, keyin yangi qayta tiklash siklining birinchi 
va ikkinchi bosqichlarini am alga oshirish zaruriyati vujudga keladi. Bundan uchinchi 
bosqich (tuproq unumdorligini qayta tiklash) aniq muvoqqat chegaraga ega emas, 
tuproq unumdorligini tiklash bo'yicha oldingi qayta tiklash siklida o'tkazilgan 
tadbirlar samaradorligi ikkinchi,uchinchi sikllar va keyingi sikllar vaqtida ham 
am alga oshirishi mumkin. Bu qishloq x o'jalik yerlari qayta tiklashning o 'zig a xos 
xususiyatidir. Prof. S.A.Tkachuk tomonidan yer resurslarini qayta tiklash siklining 
to 'rtta bosqichi qarab chiqilganligini haqqoniy ravishda e’tirof etamiz: ishlab 
chiqarish (foydalanish), taqsimlash (qayta taqsimlash), almashish (faoliyat bilan, 
texnologiyalar, axborotlar bilan), iste’mol (tiklash, qayta tiklash), ammo shu bitan bir
67


vaqtda ishlab chiqarish va almashishni birgalikda, jam lagan holda k o ‘rib chiqish 
zarur, deb e ’tiro f etiladi.
Sanoat v a noishlab chiqarish (ijtimoiy,rekreatsion,tabiatni qo‘riqlash sohalari) 
mohiyatidagi yerlarni qayta tiklash sikli, qoidaga binoan vaqt b o 'y ich a qishloq 
xo ‘jaligi yerlari siklidankatta va bir necha yildan bir necha o ‘ng yilgachani tashkil 
etadi. M asalan sanoat obyektlari yerlarini qayta tiklash ushbu yer uchastkasida aynan 
shuncha miqdordagi, ammo ancha kuchli agregatlar o ‘m atish vositasida yoki 
b o ‘lmasa, masalan, GESlardagi gorizontal joylashgan energiya bloklam i vertikalga 
aylantirish natijasida am alga oshiriladi, natijada obyekt tagidagi yerlar maydoni 
qisqaradi va hak. Ijtimoiy sohada yer resurslarini qayta tiklash kam qavatli binolarni 
(shu jum ladan uy-joylarni) k o ‘p qavatli uylar bilan almashtirish, ijtimoiy 
obyektlargaxizm at ko'rsatish uchun yer uchastkalarini ilmiy asoslangan tarzda 
ajratish va hak.
Y er resurslarini boshqarish 
mexanizmi 
ko 'rib
chiqilayotganda yerni 
boshqarish 

bu oddiy tadbirlar majmuasi emasligi, 
balki uzviy, yaxlit tizim 
ekanligidan kelib chiqish muhim dir.
Tizim li yondashuv nazariyasi bilan uzviy yaxlit tizim belgilari m uvofiqlikda 
uning unsurlari o'rtasidagi v a unda alohida unsurlarga tegishli bo'lm agan yangi 
integrativ xususiyatlarining paydo b o'lishiga xizmat qiladi. Uzviy yaxlit sifatidagi 
tizim ning rivojlanishi va xususiyati, uning unsurlari xususiyatining o'zgarishidagi 
oddiy xususiyatlar natijasi emas.
Yaxlit tizim sifatida yerdan foydalanishni boshqarishning umumiy tavsifida eng 
asosiysi - unda uning unsurlarini 
xususiyatlar natijasisiga olib kelmaydigan 
integrativ sifatlarning mavjudligidir.
Bu, yangi 
integrativ tizimni boshqarishning tizimning barcha unsurlari 
uzluksiz aloqalarining obyektiv m avjudligidan 
kelib chiqadigan majmuali 
funksiyalari 
deb 
atash 
mumkin va o 'zining quyidagi tom onlarinm g birligida 
nam oyon b o ‘ladi.
1) 
Yer resurslarini boshqarish yaxlit tizimning vazifalarini am alga oshirilgan 
ishlar samaradorligi natijasida, ayrim vazifalam i amalga oshirishdan xususiy
68


samaradorlik yuqoridir, jum ladan ularning muxtoriyatligi 
saqlangan 
sharoitda, 
bir-biri bilan ajratilmagan, balki kelishilgan holda shu bilan birga har bir ayrim 
vazifalarining am alga oshirish samaradorligi agar u (boshqarish vazifasi) o ‘z-o‘zicha 
amalga oshirilmasdan, balki boshqalari bilan o ‘zaro mustahkam aloqada bo'lganda 
amalga oshadi. 
Masalan, yerdan oqilona foydalanishni 
loyihalashtirishning 
samaradorligi, yer kadastrining materiallariga va yerdan foydalanish ustidan nazorat 
bilan mustahkam bog‘langan holda amalga oshirilsa o 'z natijasini beradi. Shunday 
qilib, boshqarish tizimining oliy maqsadiga to 'la erishish, 
faqat uning barcha 
unsurlari (vazifalarning bir-biriga ta ’sir qilishdagina mumkin bo'ladi).
2) 
Am aliyotda boshqarishni amalga oshirish paytida, har bir ayrim vazifa 
o'zida u yoki bu darajada boshqa vazifalarni yuklaydi.
M asalan yer tuzish va boshqa yerdan foydalanish loyihalarini tuzib chiqish va 
am alga oshirish o'zining to 'g 'rid a n to 'g 'r i tayinlanishidan tashqari yerdan samarali 
foydalanishni rag'batlantirish vazifasini ham bajaradi. 
Bu vazifani yerdan 
foydalanishni nazorat qilish ham bajaradi. Garchi nazorat mustaqil vazifa o 'z
maqsadiga ega b o 'lsa ham, yer kadastrini yurgizish, o'zining xususiy vazifasiga ega 
b o 'lsa ham, yerni m uhofaza qilish va foydalanishning m a’lum darajada vazifasini 
bajaradi. N azorat qilish vazifasini bajaradi.
Y er bahslarini yechish, aslini olganda, nafaqat xususiy aspektlarga, balki 
iqtisodiy 
aspektlarga 
ham 
ega, 
garchi 
yerdan 
samarali 
foydalanishni 
rag'batlantirishda, 
shuningdek yerdan oqilona, to 'g 'ri foydalanishni nazorat 
vositasining boshqa y o 'li bilan xizmat qiladi.
2. Y er re su rsla rin i bo sh q arish m exanizm lari
O 'zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o'tish jarayonida yer 
resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning obyektiv asosi bozor iqtisodiyoti 
qonunlari mexanizmi hisoblanadi.
Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning ikkita bir-biriga uzviy 
bog‘’liq bo'lgan boshqaruv vazifasi bo'lib, bular birinchidan, tashkiliy va 
ikkinchidan, bevosita xo'jalikdagi foydalanish shakllaridir. Boshqaruvni bu ikki
69


shakli alohida yo'nalish 
sifatida yer resurslaridan samarali 
foydalanishni 
boshqarishning tashkiliy tomonini aks ettiradi. Yer resurslarini boshqarish jarayoni 
bir qator tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy m exanizmlami o ‘z ichiga oladi. Yer 
resurslarini boshqarish m exanizmlari quyidagi tizim da o ‘z aksini topgan (2-rasm).
Y er kadastrini yuritish - 0 ‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 15- 
m oddasiga ham da “D avlat yer kadastri to ‘g ‘risida”gi qonunga muvofiq tashkil etilgan 
tizim b o iib , u yerlarning huquqiy va x o ‘ja lik holati, miqdori va sifati, unumdorlik 
darajasi, qiymat bahosi, ushbu yer fondining yer toifalari, yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar va m ulkdorlar o ‘rtasidagi taqsimoti to ‘g ‘risidagi m a’lum otlar va 
xujjatlar tizim idan iboratdir.
2-rasm. Yer resurslarini boshqarish mexanizmlari sxemasi
70


Y er kadastri o 'z mohiyati, maqsadi va vazifalariga k o 'ra to ‘rt tarkibiy qismdan 
iborat b o iib , ular yer uchastkalariga b o ig a n xuquqlami ro'yxatga olish, yerlarni 
miqdor va sifat hisobi, tuproq bonitirovkasi va yerlarni iqtisodiy baholashdan iborat.
Yer monitoringini yuritish - davlat miqyosida xalq xo'jalik tarmoqlari 
bo'yicha yerlardan foydalanishda ro ‘y bergan jarayonlam ing o'zgarishini, yer 
resurslarining miqdori va sifati holatini uzluksiz kuzatish tizimini tashkil etish ham da 
m a’Iumotlar bilan yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish jarayonini 
ta’minlashga qaratilgandir.
Yer tuzish ishlarini tashkil etish - Yerlardan oqilona va samarali foydalanishga 
qaratilgan asosiy tadbirlardan biri bo'lib, u yer fondini xalq xo'jaligi tarmoqlari 
orasida taqsimlash va ularni xududiy tashkil etish masalalarini yechishga qaratilgan. 
Boshqaruv vazifalaridan kelib chiqqan holda yer tuzish - yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlarni hududiy tashkil etish bo'yicha ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan asoslash, 
xalq xo'jaligi tarmoqlari ehtiyojiga mos keladigan yer tanlash va yer ajratish 
loyihalarini am alga oshirish, sug'orish va y o 'l tarmoqlarini loyihalash va boshqa 
loyihaviy ishlanmalam i yaratish ham da am alga tadbiq etish masalalarini hal etishdan 
iborat.
Y er resurslaridan foydalanishni prognozlash - yer resurslaridan foydalanishni 
rejalashtirish, ulami muhofaza qilishga asoslangan holda prognozlash masalalarini 
o 'z ichiga oladi. Bu m exanizm o 'z m ohiyatiga ko 'ra yer resurslaridan foydalanishni 
bosh chizmasini (sxemasini) v a yer tuzish ishlarini rejelashtirishdan iborat bo'ladi. 
Prognozlashning asosiy vazifasi xalq xo'jaligi tarmoqlari taraqqiyotiga mos holda 
yillik va uzoq m uddatga m o'ljallangan yer resurslariga bo'lgan talabning ta ’minoti 
bo'yicha asosiy ko'rsatkichlam i belgilab berish hisoblanadi.
Yer munosabatlarini tartibga solish - boshqaruvning huquqiy asoslariga 
suyangan holda ishlab chiqarish munosabatlari tarkibida yer munosabatlarini tartibga 
solishga xizmat qiladi. Bu mexanizmning asosiy vazifasi yerlardan foydalanishda 
qonuniylikni ta ’minlashdan iborat.
71


Yerlardan foydalanishni nazorat qilish - davlat organlari tomonidan yer 
eagalari va yerdan foydalanuvchilaming yer resurslaridan samarali foydalanishni 
boshqarishga oid faoliyatini huquqiy jihatdan nazorat qilishga qaratilgan.
Yerlarni m uhofaza qilish - yerlardan xalq xo'jaligi tarm oqlarida har xil 
m aqsadlarda foydalanish jarayonida yerlarni m uhofaza qilish, zarar yetkazilishining 
oldini olish, ayniqsa alohida ahamiyatga ega b o ‘lgan, qishloq xo'jaligiga 
m oijallangan yerlarni him oya qilishdan iborat.
Yerdan foydalanganlik uchun haq to ia s h - bu iqtisodiy rag'batlantirish 
m exanizm laridan biri har xil m aqsadlarda yerdan foydalanganlik uchun haq to ia sh n i 
tashkil etishdan iborat. Jumladan, yer uchun to ia n ad ig an haq ikki xil: ijara va yer 
so lig i shaklida undiriladi.
Bozor m unosabatlari qaror topishi sharoitida yerlarni davlat boshqaruvining 
majmuali uslubini eng qulay q o ila sh va byudjet daromadlarini ko'paytirishni 
ta ’minlovchi, yerdan foydalanishning eng samarali v a iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq shakli sifatida yerni ijaraga berishning rivojlanishi ayniqsa muhim 
ahamiyatga ega b o ia d i. Shu bilan birga yer munosabatlarining davlat boshqaruvidagi 
yagona tartibini o'rnatish, ijara haqi miqdorini usullarini ishlab chiqish, yer 
bozorining holatini aniq aks ettiradigan m intaqa iqtisodiyotining holati va undagi 
jarayonlam i boshqarish tizimida, yer ijara siyosatida tadbirlar majmuasini 
shakllantirishning birlamchiligini hisobga olish hal qiluvchi ahamiyatga ega b o ia d i. 
Yer munosabatlarini tartibga solishning uslubiy nazariyasini ishlab chiqish, yerning 
oldi-sotdi shakllari va uslubini faollashtirish, yer uchastkalarini xususiylashtirish 
jarayonlarini, investitsion, baholash, sug‘o ‘rta faoliyati, ipoteka, kreditlashtirish, 
yerga oid qim m atbaho qog'ozlar bilan muomala o ‘tkazishni rag‘batlantirish zarur.
Ishlab chiqarish munosabatlarining obyektiv majmui 
odamlarning ongi va 
irodasiga b o g iiq em as, shu bilan birga ishlab chiqarish munosabati bu odamlar 
o ‘rtasida ta ’sir ko'rsatadigan ongli va irodaviy munosabatdir. Shuning uchun ishlab 
chiqarish munosabati odam larning buyumlarga va bir-biriga irodaviy munosabat 
ko'rinishida nam oyon b o ia d i. H odisalam ing tashqi ko ‘rinishida odamlarning 
nisbatan mustaqil ta ’sir ko'rsatishini tug'diradi. Bu xolat ishlab chiqarish
72


munosabatining 
obyektiv 
mazmunini 
niqoblaydi. 
Ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining obyektiv mazmunini ayrim odamlarning irodaviy harakati, 
kimningdir irodasi bilan belgilab emas, balki ishlab chiqaruvchilarining rivojlanishi 
ijtimoiy ishlab chiqarishning sharoiti, moddiy-texnikaning erishilgan darajasi bilan 
belgilanadi. Pirovardida aynan ana shu obyektiv 
omiliar odamlarning ongi va 
irodasini ularning iqtisodiy faoliyati jarayoniga y o ‘naltiradi.
Odamlarning irodaviy munosabati ishlab chiqarish munosabatlarining nafaqat 
tashqi ko'rinishining namoyon bo'lishi deb, balki ular xolatining ichki zaruriyati 
sifatida b o'lib chiqadi.
Yer munosabatlarining irodaviy namoyon bo'lishi ularning obyektiv iqtisodiy 
mazmunining aks ettirilishidir. Yer munosabatlarining obyektivligini, 
ularning 
rivojlanish 
yo'nalishini 
ishlab chiqarishning barcha 
ijtimoiy moddiy sharoit 
majmuasini ishlab chiqarish kuchlari belgilaydi.
Buyumlashgan 
ishlab chiqarish munosabatlari 
har doim ham kelib 
chiqavermaydi. Balki buyum faqatgina m a’lum ijtimoiy 
munosabatlar obyektiv 
bo'lgan taqdirdagina ro 'y beradi. Ishlab chiqarish munosabatlarining buyumlashgan 
dalilida muhimi shuki, bu yerda munosabatlami tashuvchi nafaqat oddiy buyum 
bo'ladi, balki odam lam ing moddiy faoliyati, ishlab chiqarishning maxsuli sifatidagi 
buyum shaklida yuzaga keladi. Yer abadiy, 
uni bizga tabiat 
in’om etgan va 
buyumlashgan mehnatning mahsuli ham emas. 
Binobarin yer munosabatlarining 
buyumlashgan, predmetli shakllari boshlang'ich punkt sifatida berilgan.
Yer munosabatlarini tartibga solish mexanizmini unga obyektiv jihatdan xos 
b o'lgan uchta bir-biriga bog“ lik nuqtai nazardan qarash kerak: iqtisodiy, siyosiy va 
huquqiy (yuridik);
Bunday yondashuv yer munosabatlariga 
iqtisodiy, 
siyosiy 
va huquqiy 
ta ’sirini nazariy aniq chegaralanishini nazarda tutishga imkon beradi. Biroq bu 
omillam i bir-biriga qarama-qarshi qo'yish, xato bo 'lar edi. Yer munosabatlarining 
rivojlanishiga ularning o 'z ta ’sirini ko'rsatish bir-biridan ajralgan xolda emas, balki 
o 'zaro bir-biriga ta ’sir ko'rsatish mustahkam, 
ajralmagan birlikda bo'ladi. Yer
73


munosabatlarini tartibga solish mexanizm ida birlamchilik iqtisodiy qonunlarga 
tegishlidir.
B a ’zan yer munosbatlarini tartibga solishni yer 
qonunchiligining ayrim 
huquqlari tashkil etadi degan ta ’kidlam i uchratish mumkin. Yer munosabatlarini 
tartibga solish uchun huquqning mutloq ahamiyati haqida fikm ing paydo bo ‘lishiga 
sabab huquqiy adabiyotlarda "ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga 
solish", 
"iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish", "yer munosabatlarini tartibga solish" kabi 
ifodalanishlar eng ko‘p uchraydi. Ehtimol uning sababini ana shu holatlar bilan 
tushuntirish mumkin. Ammo huquq umuman yer m unosabatlarini tartibga solmaydi, 
balki ularning m aqsadli shakllarining namoyon b o iis h ig a ta ’sir ko'rsatadi, u yer 
munosabati ishtirokchilarining fe’l-atvorini, m unosabatlar sub’ektlarining huquq 
va burchlarini belgilab, ular o ‘rtasida muvofiq ravishda huquq munosabatlarini 
o 'm atish yordam ida tartibga soladi. Aynan shu fikm i yer munosabatlarini huquqiy 
tartibga solish tushunchasiga kiritish kerak). Yer munosabatlarining ichki iqtisodiy 
m azm uni rivojlanishini iqtisodiy qonunlar tartibga soladi.
Iqtisodiy qonunlar harakat qilishning obyektiv harakterlarini e ’tirof etish kerak. 
O dam lar ishtirokisiz harakat qiladigan tabiat qonunlaridan farqli o'laroq iqtisodiy 
qonunlar odam lar orasida tarkib topadigan ishlab chiqarish munosabatlari soxasida 
harakat qiladi. Ammo, bu iqtisodiy qonunlar eng a w a ld an odam larga ravshan ekan 
deganligini bildirm aydi. 
Iqtisodiy qonunlar obyektivdir. U lam ing 
harakati 
va 
m azmuni odam lar irodasi va ongiga b og“ lik emas.
Iqtisodiy qonunlar, 
xususan yer munosabatlari rivojlanishi qonuni yerni 
m uhofaza qilish va ratsional foydalanishni tashkil kilish uchun foydalanish yer 
resurslarini boshqarishning asosi, bosh mazmunidir.
Yer resurslarini boshqarishning mohiyati, yer munosabatlari tizim ining jam i 
yig'indisini ularga m aqsadga qaratilgan ta ’sir yordam ida harakatda bo'lgan iqtisodiy 
qonunlardan ongli 
foydalanish asosida 
yer 
munosabatlarini ishlab chiqarish 
kuchlariga muvofiqlashtirish maqsadida tartibga solishdan iboratdir. Shu bilan 
ta ’sir ko'rsatish obyekti nafaqat yer munosabatlari nam oyon b o iis h i shakllari b o ‘lib


chiqadi (tashqi, 
irodaviy) balki bevosita moddiy asosi ham. Bu boshqarishning 
chuqur ijtimoiy-iqtisodiy aspektidir.
Yer resurslarini boshqarishning tashqi ko'rinish tomoni yer zaxirasini eng 
ratsional foydalanishini ta ’minlash bo'yicha davlatning rejali iqtisodiy, tashkiliy - 
xo'jalik-texnikaviy, texnikaviy va huquqiy tadbirlarining 
yig'indisi sifatida 
gavdalanadi. Yerdan foydalanishni boshqarishning moxiyatli momentining quyidagi 
tavsifiga e ’tibor qaratilishi kerak. K o'rsatib o'tilganidek, u yer munosabatlarini 
tartibga keltirishga 
qaratilgan. 
Shu 
bilan 
bir vaqtda yerdan foydalanishni 
boshqarish o ‘z-o ‘ziga obyektiv va nisbatan mustaqil xodisadir. Binobarin bu yer 
munosabatlari 
namoyon 
bo'lishining aniq 
shaklidir. A niqrog'i esa, yer 
munosabatlarini takomillashtirishning maqsadga qaratilgan ongli shaklidir.
Har qanday boshqaruv, shu jum ladan yerni boshqarish ham, aniq maqsadni 
nazarda tutadi. Boshqarishning maqsadi davlatning iqtisodiyoti maqsadi bilan 
obyektiv qaratilgan va unga bo'ysundirilgan, keyingisi asosiy iqtisodiy qonunda 
ifodalanadi. Shu nuqtai nazardan yuqorida yerdan samarali foydalanishning mohiyati 
to ‘g ‘risidagi ta ’rifhi hisobga olish bilan yer resurlarini boshqarishning boshlang'ich 
uzoq muddatli maqsadini davlatning yagona yer zaxirasini barcha xalq xo'jaligi 
manfaati, uning tarm oqlari va ayrim yerdan foydalanuvchilar manfaati uchun 
maksimal samarali foydalanishni ta ’minlashni aniqlash mumkin.

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin