kirish kerak,
shuningdek, ko‘proq darom ad olish uchun dehqonlar
bozor bahosini o'zgarishini, albatta, hisobga olishlari zarur, deb
ta’kidlaydi.
U dehqonchilik bilan birga daromadli soha deb, chorvachilikni ham,
tavsiya qiladi. Qullarga u «gapiradigan qurollar» deb qaraydi. U Katondan
farq qilib,
qullarni ishlatuvchi, boshqaruvchining o ‘zi qul bo'lmasligi,
aqlli va m a’lum bilimga ega odam bo‘lishi kerakligini aytadi. Yana u qulni
ham, boshqaruvchini ham moddiy rag‘batlantirishni taklif etadi. Agar
Katon qullarni qattiq ekspluatatsiya qilish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Varron
xo'jalikni intensivlashtixish tarafdori sifatida maydonga keldi. Bu esa qullaming
Italiyadagi quldorlik tuzumiga qarshi yirik harakatlarining ta’siri edi.
Kolumella Lushiy Moderat - Rimning ko‘zga ko‘ringan agronom olimi
edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haaida» asarida krizisga uchragan Rim
quldorlik davlatining xo‘jalik holatini aks ettirishga urinadi. U qishloq
ho'jaligida unumdorlikni pasayib borishini tabiiy deb ta’kidlashlarini tanqid
qilib, uning bosh sababi dehqonchilikda xo‘jalik yuritishni bilmaslikda,
deb ta’kidlaydi. Uningcha, yerlar «jazolash» uchun «yomon qullarga»
berib qo'yilgan degan fikrni ilgari surgan. Yuik quldorlik xo‘jaliklari o‘rniga
uncha katta bo'lmagan unumli xo‘jalik yuritish tarafdori edi. U qullaming
mehnat unumdorligini orttirishga chaqiradi.
U mahsulotlardan shaxsiy
iste’mol uchun foydalanishdan ko‘ra sotish uchun ishlab chiqarishga chaqiradi.
U o'zidan oldingi olimlardan farq qilib, qullardan foydalanishda
m ehnat taqsimoti va rag‘batlantirishdan foydalanishni ham targ‘ib qildi.
Uning ta ’limotida Katon va Varronlardan yana bir farq qiluvchi
mulohaza bo‘lib, bu ham b o ‘lsa, yer egalari bilan ozod bo‘lgan insonlar
o ‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini tahlil qilishga qaratilgan
harakatdir. Kolumellaning iqtisodiy qarashlarida
Italiyada eramizning
birinchi asrlarida quldorlik tuzumining inqirozi yaqqol ko‘rinmas edi.
Bulardan keyin Rim olimlari qarashlarida erkin insonlar mehnatini ko'proq
targ‘ib qilinishi va quldorlik tuzumini himoya qilishni juda qiyinlashib
borishini ko'rishimiz mumkin.
Qadimgi dunyoning iqtisodiy ta ’limoti tarixi bilan tanishib, quyidagi
xulosalarga kelishimiz mumkin:
- bu davr olimlari qarashlarida quldorlik tuzumi himoyachilarining
qiyofalari mavjud;
- bu ta ’limotdan tovar-pul munosabatlarini
kishilik jamiyatida juda
qadimdan qo‘llanilganligini bilib olamiz;
- bu davr olimlarining ilmiy iqtisodiy, o ‘ziga xos fikrlari hozirgi zamon
iqtisodiy ta ’limot va fanining asosi bo‘lganligi ko‘rinib turibdi.
38