Q yo‘ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov iqtisodiy ta’limotlar tarixi



Yüklə 371,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/147
tarix22.12.2023
ölçüsü371,91 Kb.
#189442
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)

Islomda mulk masalasi. 
Iqtisodiyot nazariyasida m ulk, mulkiy 
munosabatlar masalasi asosiy o ‘rin egallaydi. Zero, har qanday jamiyat 
iqtisodiy tizimining asosini mulkchilik tashkil etadi. Mulkchilik — kishilar 
o ‘rtasida ishlab chiqarish vositalari va m ehnat mahsulini o ‘zlashtirish 
yuzasidan paydo bo‘lgan va tarixiy aniq bir shaklda nam oyon b o ‘luvchi 
iqtisodiy m unosabatdir. Mulk egasi b o ‘lish va b o ‘lmasligiga qarab 
kishilaming jamiyatdagi mavqyi, ulaming ijtimoiy maqomi yuzaga keladi.
Islomda mulk tushunchasi, uning mohiyati, odamlar qo‘lidagi boylik
— bu Allohning boyligi, odamlar-esa faqat uning yerdagi boshqaruvchilari 
ekanligini tan olishdan iborat.
Ijtimoiy m anfaatlar o ‘rtasidagi kelishuv, uning asosini mulk-sarmoya


tashkil etadi. Islom shaxsiy manfaat ijtimoiy manfaatga zarar keltirsa, 
un| (shaxsiy manfaatni) m a’qullamaydi. Shuning uchun ham ulaming 
kelishuvini yoqlaydi. Sarmoya ijtimoiy vazifani bajarishi, iqtisodiyot va 
jamiyatga foyda keltirishi uchun doimo harakatda (oborotda) bo‘lishi kerak.
Xususiy va ijtimoiy mulk m a’lum ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiladi. 
Xususiy mulkning har qanday shakli jamiyat tom onidan nazorat qilinishi 
va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi ham kerak. Demak, islom dinida 
xusilsiy mulk ijtimoiy vazifani bajaradi.
Ijtimoiy boylik—jamiyat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan tabiiy boylik- 
lardir. Bu boyliklardan jamiyatning barcha a’zolari foydalanishlari mumkin, 
lekin ularga tanho hukmronlik qilish va g'arazli maqsadda foydalanish 
qatliyan taqiqlanadi. «Qur’oni karim»ning bir qancha oyatlarida birovning 
haqiga xiyonat qilish qoralanadi. 
«Baqara» 
surasining 188-oyatida «Mol- 
dunyolaringizni oralaringizda nohaq — harom yo‘llar bilan yemangiz, 
ya’iii bir-biringizning haqqingizni yemang. Va (gunoh qilayotganingizni) 
bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini harom yo‘l bilan yeyish 
uchun mollaringizni pora qilib hokimlarga uzatmang», deyilgan. Bu oyati 
karimada Alloh musulmonlarga bir-birining molini botil — harom yo‘l 
bilan yemoqdan qaytarmoqda.
Shariat qonunlari to ‘g‘risidagi 
«Muxtasar» 
nomli kitobda musulmon- 
chilikda mulkiy munosabatlar qanday bo‘lishi kerakligi batafsil bayon 
etilgan.

Yüklə 371,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin