Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi. Yo\'ldoshev Q.Muftaydinov Q (2)
davrlashtirish g‘oyasi bilan chiqadi. Uning fikricha, agar sanoat inqilobiga qadar iqtisodiy o'sish tasodifiy xarakterda va tashqi omillar ta’sirida kechgan 145
bo'lsa, endigi sharoitda iqtisodiyot rivoji avtoraatik, ya’ni «o‘z-o ‘zini quwatlovchi o ‘sish» sharoitida borayotir. U iqtisodiy taraqqiy etishning beshta bosqichdan iborat bo‘lishini isbotlashga harakat qildi: 1. An’anaviy jamiyat: fan sekin o ‘ssa-da, texnika taraqqiyoti ham past, iqtisodiyot sohasi faqat qishloq xo'jaligida bo'ladi. 2. 0 ‘tish jamiyati: bu yerda iqtisodiy o'sishga asoslar yaratiladi-ishlab chiqarishga fan yutuqlari kirib boradi, kommunikatsiya va xalqaro savdo rivojlanadi, qazib olish sanoati va qishloq xo'jaligiga investitsiya kiritila boradi. 3. Ko'tarilish bosqichi (sanoat inqilobi): eski an’anaviy iqtisodiyot o ‘zgartiriladi, iqtisodiy o ‘sish oddiy holga aylanadi, qayta ishlash sanoati tez o'sadi, qishloq xo‘jaligining salmog‘i ancha pasayadi, davlat eksportni rag‘batlantira boshlaydi. 4. Yetuklik bosqichi: doimiy iqtisodiy o ‘sish kuzatiladi, yangi texnologiya hamma sohaga kiradi, investitsiya milliy daromadning 10-20 foiziga teng bo'ladi, milliy iqtisodiyotlar jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashadi, an’anaviy jamiyat to'laligicha mag'lub bo‘ladi. 5. Ommaviy iste’mol bosqichi: iqtisodiyot tarmoqlari yetakchi o ‘ringa chiqadi, ularda uzoq muddatli iste’mol tovarlari va xizmatlarini yaratish yo‘lga qo‘yiladi, jamiyatda umumiy iste’molchilik farovonligi boshlanadi. Sotsial-institutsionalizm ta’limoti kishilik jamiyati taraqqiyotini «noindustrial», «industrial», va «postindustrial» jamiyatlar tarzida talqin etadi. «Postindustrial jamiyati» mualliflari bunday yuksak pog‘onaga erishuv