ishlab chiqarishda bosh omil ekanligiga e’tiborni tortadi. Uning fikricha,
shaharlar qancha katta bo‘lsa, ular qancha ko‘p bo‘lsa, ularda odamlar,
ish kuchi qanchalik to ‘plansa, taraqqiyot va jamiyat taraqqiyoti shunchalik
yuqori bo‘ladi. U shaharlar paydo bo‘lgach, odamlar ham ochlik, qash-
shoqlikdan, qoloqlikdan qutiladilar deb hisoblaydi.
Xo‘sh, odamlami to ‘planib ishlashga, shaharlar barpo etishga, m ehnat
taqsimoti asosida faoliyatlarini muvofiqlashtirishga nima majbur etdi? Bu
savolga uning o ‘zi quyidagicha javob beradi: «Bunga odamlarning osoyishta,
xotiijam va badavlat yashashga bo'lgan intilishlari sababdir». Demak,
jamiyatning harakatlantiruvchi kuchi mehnat taqsimoti asosida to ‘planib,
m ehnat qilishlaridir. Butun tarix haqiqati, sanoat shaharlari tarixi Ibn
Xaldun g‘oyalarining naqadar asosli ekanligini isbotlab turibdi.
Ibn Xaldunning fan olamidagi buyuk xizmatlaridan biri insoniyat
iamivatning rivoilanish konsepsivasini varateanidadir. Bu ta’limotga ko‘ra
jamiyat quyi fazadan yuqori fazaga tomon progressiv ravishda rivojlanib
boradi. Bu rivojlanish kuchi jamiyatning o ‘zidadir, ya’ni odamlarning
shaharlarda to ‘planib kooperatsiyaga uyushib, m ehnat taqsimoti asosida
uyushgan faoliyat yuritishlaridir. Bu g‘oyaning ahamiyati shundaki, ungacha
jamiyat taraqqiyoti qandaydir tashqi kuch ta ’sirida bo‘ladi degan qarash
hukmron edi. Albatta, «Tashqi kuch» g‘oyasi jamiyatni taraqqiyotga
rag‘batlantirmas edi. Ana shunday sharoitda Ibn Xaldun ta’limoti harakat
lantiruvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: