vositasida ularning qiymat atrofida qalqishi orqali harakat qilishini
tushuntirib berdi. Yuqorida qayd etilgan asarlar K. Marksning kapitalistik
ishlab chiqarish usulini chuqur o‘rganishga jiddiy qaraganidan,
u endi
yirik iqtisodiy asar yozishga kirishganidan darak beradi. U 1857-58- yillarda
«Kapitabning birinchi varianti qo‘lyozmalari, 1861-63- yillarda «Kapital»
asarining ikkinchi qo‘l yozma variantini ishlab chiqdi. Bu ishlarda u tovar
ishlab chiqarish, uning tarixiy shakllari, yer rentasi va uning ko'rinishlari,
qiymat, pul va uning kelib chiqishi, kapital va uning shakllari, ilmiy-
texnika
taraqqiyoti, fabrikalarda mashinalardan foydalanish oqibatlari,
ijtimoiy kapitalning takror hosil qilinishi masalalaridagi o‘zining dastlabki
qarashlarini ilgari surdi.
Albatta, marksizm iqtisodiy ta’limotida bosh asar- «Kapitabning alohida
o‘rni bor. U K. Marks muallifligida chiqqan bo‘Isa ham, aslida, unda
Engelsning katta hissasi borligini e’tirof etish lozim. Bu asar 4 ta jild, 7 ta
kitobdan iboratdir. Uning birinchi jildi «Kapital ishlab chiqarish jarayoni»
deb nomlanib, 1867- yilda nashr etildi. Bu jildda tovar, uning xususiyatlari,
tovarda gavdalangan mehnatning ikkiyoqlama xarakteri, tovar fetishizmi,
pul va uning kelib chiqishi, pulning kapitalga aylanishi, qo'shimcha qiymat
va uni ishlab chiqarish, qo‘shimcha qiymat, uning shakllari, uning kapitalga
aylanishi, ish haqi va uning ish kuchi qiymatining
pul shakli ekanligi,
kapitalning jamg'arilishi va uning oqibatlari bayon etilgan. Mana shu jildda
qo‘shimcha qiymatning mohiyati, u kapital mahsuli va uning jamg‘arish
manbayi ekanligi, u ishchilarga to‘lanmay qolgan qiymat ekanligi, yangi
tuzumning asl mohiyati qo‘shimcha qiymatni ekivalentsiz o'zlashtirishdan
iborat ekanligi tavsiflanadi.
«Kapital» asarining 2-jildi 1885- yilda F. Engels tomonidan nashr
etiladi. Uning mavzusi kapitalning muomala sohasidagi harakatini tahlil
etishdir. Unda kapitalning aylanish va doiraviy aylanishi, bu jarayonda
kapitalning uch funksional shaklga kirishi, takror ishlab chiqarish jarayoni
va uning shakllari, jami ijtimoiy mahsulot
va uning qiymat va buyum
jihatdan tuzilishi, ijtimoiy ishlab chiqarishning ikki bo'linmasi va ular
o‘rtasidagi realizatsiya sharoitlari tasvirlanadi.
«Kapitabning 3-jildi ham F. Engels tomonidan nashrga tayyorlanib,
1894- yilda chop etildi. Unda kapitalning ishlab chiqarish va muomala
jarayonlaridagi harakati yaxlit olib o‘rganilgan. Unda qo‘shimcha qiy
matning kapitalistlarning turli sinflari daromadlariga aylanishi, ularning
sinf sifatida ishchilarga qarshi turishi, savdo va ssuda kapitallarining harakati,
yer rentasi tahlili o'rin olgan.
117
«Kapital» asarining 4-jildi esa 1905-1910- yillarda nashr etildi. U
«Qo‘shimcha qiymat nazariyasi» deb ataladi va qo'shimcha qiymat atrofida
Marksgacha bo'lgan iqtisodchilar qarashlari tanqidiy tahlil qilinadi.
Siyosiy iqtisod fani rivojida F. Engelsning «Anti Dyuring» nomli asari
alohida o‘rin tutadi. Bu asar 1878- yilda e’lon qilindi. Unda siyosiy iqtisodning
predmeti ham tor, ham keng ma’nolarda
tavsiflab boriladiki, bu fanni
tushunishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu asarda marksizm ta’limotining
hamma qismlari ensiklopedik asnoda tushuntirib berildi. Engelsning «Oila,
xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asari ham iqtisodiyot
nazariyasi tarixida muhim o‘rin tutdi. K. Marksning 1875- yilda yozilgan
«gota programmasining tanqidi» asari uning marksizm qarashlarming
umumlashmasi sifatida maydonga chiqdi. Unda proletar diktaturasi,
kommunistik ishlab chiqarish usulining
vujudga kelishi, uning ikki - quyi
va yuqori fazalaridan iborat bo‘lishi, har ikki fazadagi taqsimot
munosabatlarining qanday bo‘lishi bashorat qilingan edi.
Dostları ilə paylaş: