VIII asr) ilk iqtisodiy g‘oyalar kurtagi bo‘lgan «Iliada» va «Odisseya»
poemalarida bayon etilgan. Unda, asosan, natural xo'jalik konsepsiyasi ilgari
surilgan. Yunonshoiri Gesmad (er. av. VIII -VII asr)ning «Mehnat vaqonunlar»
asarida boylikning kuchi, hokimiyati aks ettirilgan. U dehqonchilikni
ulug‘laydi, bu sohada qullar mehnati ishlatilishi ham m a’qul topiladi. U
davrlarda oddiy xalq orasida mehnat ancha qadrlangan edi.
Eramizdan awalgi V II-VI asrlarda polinoy (shahar) tizimi shakllandi.
Qulchilik keng tus oladi, urug‘chilik mulki xususiy mulkchilik tomonidan
siqib chiqariladi, savdo, sudxo‘rlik tez rivojlanadi. Ana shu bosqichda Solop
(er. av. 640-559-yil) va Pisistrat (er. av. 560-527-yil )
islohotlari pul
xo‘jaligining afzalligini ko‘rsatib berdi. Ular islohotda qulchilikning keng
tarqalinishini chegaralash, qulni qarzga berishni tugatish masalalarini
bayon qildilar. Bu davrda fuqarolar va fuqaro bo'lmagan aholini bir-biriga
qarama-qarshi qo'yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni
hunarmandchilik va savdo sohalarida
ekspluatatsiya qilish, savdo va pul
xo‘jaligini rivojlantirish hisobiga amalga oshirildi.
Qadimgi iqtisodiy ta ’limotlarda grek olimlari Ksenofont, Platon va
Aristotellaming о ‘m i va roli, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Ksenofont (er. av. 430-335-yil) yirik quldorlik sinfivakili, Afinaning
badavlat aslzodalaridan hisoblanadi. U Afinada tug‘ilgan bo‘lsa ham
demokratik Afina
quldorligi tarafdori emas, balki Sparta tuzumi, ya’ni
qattiqqo‘l quldorlik tuzum i tarafdori edi. Uning birinchi iqtisodiy asari
«Ekonomiya» (ekonomikos-uy qurilishi) bo‘lib, mazmuni (oykonomiya,
«oykos»- uy xo‘jalik va «nomos»-qonun, qoida) tom m a’noda uy xo‘jaligi
to ‘g‘risida qoidani bildiradi. Keyinchalik, bu asar quldorlik xo‘jaligini
boshqarish uchun qo‘llanma boidi. Unda xo‘jalikni unumli yuritish g‘oyasi
ilgari surildi, uv xo‘ialiei masalasi fan sifatida o'rganildi.
K senofont uy x o ‘jaligini
unum li yuritish deganda, asosan, pul
jamg'arishni tushunadi. U «
Shunday yashash kerakki, doimo ortiqcha
mahsuloting bo ‘Isin»
deydi. Xo‘jalik foydaligini esa u turli narsalami sotish
va sotib olish bilan bog‘laydi, jumladan, nonni, quldorlik plantatsiyalarini
va boshqalami sotib foyda ko‘rishni quwatladi.
Ksenofontning qarashlarida
quldorlik tuzum ida ayirboshlash m unosabatlarining natural shakli
evolyutsiyasi o ‘z aksini topdi.
K senofont d eh q o n ch ilik va h u n arm an d ch ilik h aqida gapirib,
dehqonchilikni «eng asosiy hunar»
deb baholaydi. «Ozod insonlar
dehqonchilikda boshqarish bilan shug‘ullansin,
oddiy mehnatni esa qul
bajarishi kerak», - deydi. U «Dehqonchilik insonlarni yaqinlashtiradi,
34
birodarlashtiradi» deyish bilan birga, hunarmandchilikning boshqa turlariga
no to ‘g‘ri yondashadi. U ningcha, boshqa hunarlar vaqtni ko‘p olib,
insonlarni bir- biridan uzoqlashtiradi.
Ksenofont qullar haqida, quldorlar aristokratiyasi
vakili sifatida,
qullarga «gapiruvchi qurol» sifatida qaraydi. Shu bilan birga, qullarni
ishlatishda ikki omil birligini ta ’minlashga da’vat etdi:
Dostları ilə paylaş: