Ulug‘ yozuvchimiz Oybekning «Qutlug1 qon» romanida o'zbek ziyolilarining ilg‘or vakili Abdushukur tilidan o ‘zimizning millatdan boylar chiqishi uchun ular iqtisod ilmini chuqur o ‘rganishlari kerak, deydi. «Kaminaning g'oyaviy hayoti shunday, yana takrorlayman, -deydi Abdushukur, - milliy sarmoyani o ‘z boylarimiz, musulmon boylarimiz to‘la egallasinlar ya’ni Turkistonimizda tijorat o‘z boylarimiz qo'lida bo‘lsin, bu bilan qanotlanmay zavod, fabrikalar qursinlar. Buning uchun ilmiy iqtisodni, ilmiy tijoratni bilgan savdogarlar yetishishi kerak1». Demak, mulkdor bo'lmoq, milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va Vatan ravnaqini ta’minlamoq uchun iatisod ilmini eeallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabat- larini jadallik bilan shakllantirayotgan davrimizda ham saqlanib qolayotir. 2. Raqobatchilik muhiti va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish omillari haqidagi fikrlar. Iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi raaobat ekanligi ma’lum. Biroq raqobatchilik bo‘lmog‘i uchun raqobatchilik muhiti bo‘lmog‘i lozim. Jadidlaming iqtisodiy tafakkurida raqobat va uning muhitiga oid bir qancha iqtisodiy qarashlar mavjud. Ulardan bin Abdurauf Fitrat uqtiradiki, qo‘l mehnatiga asoslangan mayda ishlab chiqarish mashaqqatli mehnatni yengillashtiradigan, mahsulot qiymatini arzonlashtiradigan mashinali ishlab chiqarish bilan raqobatlasha olmaydi. «... Turkistonlik hunarmandlar ovrupalilar singari qo‘l mehnatiga asoslangan korxonalarni doimiy fabrikalarga aylantirmas ekanlar, bir necha yildan keyin ulaming sharafli san’atidan nom-nishon qolmaydi2. Shuning uchun ish tanazzulga borib yetmasdan ishlab chiqarishni zamonaviy sanoat asosiga ko'chirish lozim»,