Qabul qildi: Maxmudov Z. Tayyorladi: Salimova S



Yüklə 33,34 Kb.
tarix02.01.2023
ölçüsü33,34 Kb.
#78292
1-referat I.V.R.T.F

Mavzu:Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda informatika va raqamli texnologiyalarining o’rni





Qabul qildi: Maxmudov Z.
Tayyorladi: Salimova S.

Reja:


1. RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI FANI, MAQSAD VA VAZIFALARI.

2. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

3. RAQAMLI IQTISODIYONING ASOSIY MEZONLARI

Tayanch so’z va iboralar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash, kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalar



Raqamli iqtisodiyot texnologiyalari fani, maqsad va vazifalari. Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o’stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o’tish bo’yicha yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta ‘minlashga alohida e’tibor qaratish zarur. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida1, shuningdek, respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19fevraldagi PF-5349 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to'g'risida"gi Farmoni shuningdek, axborot havfsizligini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo'yicha qo 'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qaror qabul qildi, hamda O'zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi "O'zbekiston Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo'yicha quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha eng muhim vazifalar deb ko'rsatilgan: > Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt, konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'urtalash, kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish. > Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko'nikmalariga ega bo'lgan malakali kadrlarni tayyorlash. > Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining yaqin hamkorligini ta'minlash. > Kriptoaktivlar bo'yicha faoliyat va blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yuqori malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish. > Horij tajribasini hisobga olgan holda blokcheyn

texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish. Yuqoridagi farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiqpuhta bilib olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog'liq bo'lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va kontseptsiyalarni to'g'ri tushunish mumkin bo'ladi. Qisqa va lo'nda qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot-bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etishni ko'zda tutadigan insonning xo'jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga hos nazariya boʻlib, uning o'rganish ob'ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o'z rivojlanishining boshlang'ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o'tishi bir necha o'n yilavvalgina boshlangan. "Raqamli iqtisodiyot' atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat' nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to'laligicha hali shakllanmagan va ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "Yangi raqanli iqtisodiyoti" turli xilatamalar bilan nomlanadi. Masalan, "postindustrial iqtisodiyot' (D.Bell), "axborotlashgan iqtisodiyot' (O.Toffler), "megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), "axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot' (1.Niniluto), "texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot' (B.Geyts), "bilimlarga asoslangan iqtisodiyot' (D.Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog'lab turadigan omil-bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o'rinni egallashi bo'lib hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so'z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta'rif berib o'tish o'rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan kishilarning ko'p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo'lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo'lgan jamiyatga aytiladi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.


2.O’zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni joriy qilishning huquqiy asoslari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2018 yilning 3 iyulida «O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3832 son qarorni imzoladi. Qarorda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Uzoq istiqbolda «raqamli» (elektron) iqtisodiyot og’ir jismoniy mehnatga mahkum odamlarning erkinlik haqidagi ko’p asrlik orzularini ro’yobga chiqirishga qodir bo’lgan vositaga aylanishi mumkin. Ko’pchilik insonlarga ijod, fan (ham fundamental, ham amaliy) vasan’at uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Raqamli inqilob qaysidir tarmoqlar va mamlakatlarga ilgariroq va kuchliroq, boshqalarga esa kechroq va kamroq kirib keladi. Servis hizmatlari, media va ko’nilocharliklar birinchi bo’lib, ulardan keyin esa telekommunikatsiya kompaniyalari va banklar raqamlashtirishga mubtalo bo’ladi. Lekin tahlilchilarning umumiy fikrlari va kompaniyalar menejerlari orasida o’tkazilgan so’rov natijalariga asosan, raqamlashtirish u yoki bu darajada hammamizga ham daxl qiladi. Bugungi kunda bizhar bir mohiyatni u yoki bu olamga mansub sanagan holda identifikatsiya qilishimiz mumkin, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng, ko’pchilik ob’ektlar uchun bunday taqsimlashni amalga oshira olmaymiz. Bunday misollar bugunning o’zidayoq mavjud: IP-kamera yoki tarmoqqa ulangan boshqa har qanday uzatgich u qaysi olamning bir qismi hisoblanadi? Shubhasizki, ular ikkala olam hodisalirining mohiyati sanaladi. Mobil telefon bugungi kunda ko'plab ma'lumotlarni: telefon raqamlarini, tug'ilgan kun haqidagi ma'lumotlarni, fotosuratlarni, parollarni va boshqa ma'lumotlarni saqlaydi. Biz hatto telefon bilan jismonan bog'lanmagan bo'lsakda, funksional jihatdan o'zimizni u bilanbir butun deb his qilamiz. Realva virtual dunyolarning birlashib ketish jarayoni boshlan va uni to'xtatishning imkoni yo'q deb aytish uchun alohida bir jasurlik shart emas. Real va virtual dunyolarning birlashuvi natijasida yangi gibrid dunyo hosil qilinib, unda biz uchun hozirgi kunda odatiy boʻlgan qonunva qoidalardan farq qiladigan boshqacha qonun-qoidalar amal qiladi. Shu nuqtai nazardan aytish joizki, qolgan iqtisodiyotdan alohida ravishda bo'ladigan «raqamli» iqtisodiyot mavjud emas: «Raqamli» (elektron) iqtisodiyot bu-gibrid dunyo sharoitlarida mavjud bo'lgan iqtisodiyotdir. Gibrid dunyo bu- real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega> harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasidir. Bu jarayon uchun axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) qiymatining pastligi, yuqori samaradorligi va raqamli infratuzilma ochiqligi zarur shartlar hisoblanadi. Raqamli biznes bu-jismoniy va raqamli dunyolarni birlashtiradigan yangi biznes-modellar paydo bo'lishidir. Schoolof Management esa raqamli o'zgarishni «korxonalar qiymati va unumdorligini tubdan oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish»> sifatida ta'riflaydi. Ijtimoiy tarmoqlar, smartfonlar bozori, internetga keng polosali ulanish, mashinali o'qitish texnologiyalari vasun'iy intellektning «portlab» o'sishi kompaniyalar faoliyat yuritayotgan dunyoni o'zgartirib yuboradi. Ular yoki yangi bozordagi bo'sh joylarni egallashlari yoki mavjud bo'sh o'rinlarni o'zgartirgan holda o'zlarini o'zgarishlarga moslab olishi lozim bo'ladi. Shunday bo'lib chiqadiki, tashkilotlarning raqamli o'zgartirish bu-yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi va butun dunyo bo'ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi. Raqamli o'zgartirishturli darajalarga erishib, ular o'rtasidagi farq ikkita atama - «raqamli ko'rinishga keltirish» va «raqamlashtirish» o'rtasidagi farq bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Raqamli ko'rinishga keltirish bu - axborotni jismoniy vositalardan raqamli vositalarga o'tkazishdir. Raqamli ko'rinishga keltirishga misollar - elektron kitoblar, videokurslar, suratning raqamli nusxasini yaratish va boshqalar. Bunda axborot strukturasining o'zgarishi ro'y bermaydi: u faqat elektron shaklga ega bo'ladi, xolos. Raqamli ko'rinishga keltirishko'pincha mavjud biznes-modelni takomillashtirish va biznes-jarayonlarni optimallashtirish uchun foydalaniladi. Raqamlashtirish esa - raqamli shaklda bo'lgan butunlay yangi mahsulotlar yaratishdir. Masalan, multiplikatsiyali dinamik o'quv kursi yokihujjatni sharhlashning interaktiv tizimi - bu raqamlashtirishdir. Raqamlashtirish asosida yaratilgan mahsulotni uning sifatini jiddiy yo'qotmasdan turib, texnik vositalarga o'tkazishning imkoni yo'q, shu sababli raqamlashtirish, raqamli ko'rinishga keltirishdan farqli ravishda, biznesga sezirarli darajada keskin rivojlanish va yangi raqobatli ustunliklar qo'lga kiritishga imkon beradi. Amalda raqamli o'zgartirishning ikkita yo'nalishi mavjud. Birinchi yo'nalish bu- mavjud biznes-jarayonlarda odamlar ishtirokini minimallashtirish uchun ularni avtomatlashtirish va robotlashtirishdir. Ikkinchi yo'nalish - eksponensial tashkilot yaratish maqsadida olingan boshqaruv tizimini masshtablashtirishdir. Eksponensial tashkilot deganda biz ularni masshtablashtirish tufayli ular xuddi shu sohada ishlaydigan boshqa tashkilotlar bilan taqqos onda ida o'n baravar yuqori unumdorlikka ega bo'lishini tushunamiz.Sir emaski, kompaniyalarning mintaqaviy va xalqaro ekspansiyasi ko'pincha boshqaruv tizimini jahon darajasida nusxalashtirish qiyinligi bilan to'xtatib turiladi. Tez o'sishning chegaralanishi muammolari ko'pincha nusxa ko'paytirishdagi qiyinchiliklar tufayli yuzaga keladi.

3.Raqamli iqtisodiyoning asosiy mezonlar Raqamli iqtisodiyot ustuvor bo’lgan axborotlashgan jamiyatga ta’rif



Berishda iqtisodchilar turli texnologik, iqtisodiy, mehnat, fazoviy, iste’mol va kreativ mezonlardan foydalanadilar. 1. Texnologik mezon. Yangi texnologiyalar axborotlashgan jamiyatning tug’ilish belgisi deb qabul qilinadi. Bunda kabelli va yo’ldosh orqali televideniye, kompyuter tarmoqlari, shaxsiy kompyuterlar, yangi ofis texnologiyalari va boshqalar nazarda tutiladi. Texnologik yangiliklarning bunday hajmi ijtimoiy qayta qurishga olib keladi deb tasavur qilinadi, chunki ularning jamiyatga ta’siri juda ham sezilarli darajada bo’ladi. Yaponiyada aloqa va telekommunikatsiya vazirligi 1975-yildan boshlab, telefon orqali so’zlashuvlar, axborotni yetkazib berish vositalari hajmini o’lchash, hisobga olish uchun murakkab texnikadan foydalanadi. Texnologik mezonga qarshi quyidagi e’tirozlar olg’a suriladi: - jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hajmini o’lchashning oqilona birligi mavjud emasligi;-texnologik daraja ko’rsatkichida jamiyatni axborotlashgan deb atash mumkin boʻlgan nuqtani aniqlashning qiymatli yechimi topilmaganligi muammosi;-texnologiyalar ijtimoiy sohadan ajralmasdir, ular ijtimoiylikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Misol uchun, u yoki bu tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar masalasida qabul qilinadigan qarorlar ijtimoiy ustuvorliklarni ifodalaydi va bu baholovchi mulohazalar asosida turli texnologiyalar rivojlanadi. Texnologik determinizm texnologiyaga asossiz muhim o'rin ajratib beradi, lekin texnologiya noijtimoiy hodisa sifatida jamiyat rivojlanishining asosiy, ijtimoiy omili bo'lib hizmat qila olmaydi. 2.Iqtisodiy mezon esa axborotning iqtisodiy qadr-qimmati o'sishini hisobga olishni nazarda tutadi. Yalpi ishlab chiqarishning ichki mahsulotida axborot biznesi ulushining ko'payishi jamiyat rivojlanishining axborotlashgan jamiyat tomon harakatlanishini bildiradi.Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasini aniqlash uchun olimlar tomonidan "Yalpi raqamli mahsulot ko'rsatkichini kiritish taklif qilinmoqda. U axborot texnologiyalari yoki axborot va intellektual tarkibiy qism yordamida iqtisodiy sektorlarda yaratilmolchi uchun foydali boʻlgan axborot, tovar va hizmatlarining bozor qiymatini aks ettiradi. Iqtisodiy mezonni eng birinchilardan bo'lib, amerikalik olim Fris Maxlup taklif etgan, u axborot sohalariga ta'lim, huquq, noshirlik ishi, ommaviy axborot vositalari va kompyuterlarni ishlab chiqarishni kiritdi. Mark Porat esa birlamchi va ikkilamchi iqtisodiyot sektorlari orasiga farq kiritgan amerikalik olimlardan biri hisoblanadi. Birlamchi sektor aniq iqtisodiy baholanishi mumkin, chunki u bevosita bozor qiymatini yaratadi. Ikkilamchi sektor iqtisodiyot uchun muhim hisoblansada, ammo uni iqtisodiy baholanishni amalga oshirish ancha mushkul amal hisoblanadi, chunki u kompaniyalar va davlat korxonalari ichidagi axborot faoliyatini o'z ichiga oladi. Axborot jamiyatini aniqlashning iqtisodiy mezoni amerikalik olim,professor Gerbert Shiller ishlarida ham o'zining nazariy asosini topgan. U "axborot va kommunikatsiya bilan bog'liq bo'lgan har qanday innovatsiyalarga nisbatan bozorning o'rni hal qiluvchi bo'lib qoladi: axborotlar tovar bo'lib qolishi kerak, ya'ni ularga kirish yo'li faqat tijorat asosida bo'ladi"- degan hulosaga keladi. Bunday holatda axborot ko'proq har qanday boshqa tovarlarga o'xshab qoladi. Shillerning ta'kidlashicha, bozor tamoyillari axborot sohasida ham xuddi kapitalistik jamiyatdagidek to'laligicha ishlaydi. Shu mezonga mos holda, ishlab chiqarilgan axborotlarning miqdori va sifati to'g'ridan-to'g'ri ularni foyda olish imkoniyati mavjudligiga bog'liq bo'ladi. Bunda bozor tamoyillariga asosan, qanday ko'rinishdagi axborotni ishlab chiqarish kerak, kim uchun va qanday shart-sharoitlarda, degan savollarga duch kelinishi tabiiy hol hisoblanadi. Ushbu iqtisodiy mezonga qarshi quyidagi e'tirozlar ilgari surilmoqda: > axborot sektoriga nimani kiritmoq kerakligi haqidagi masalani hal etishda, yashirin sharh va baholi mulohazani chetlab o'tish mumkin bo'lmay qoladi. Natijada axborot sektorining iqtisodiy ahamiyati bo'rttirib ko'rsatilishi mumkin. Misol uchun, F. Maxlup o'zining «bilimlar sohasi»ga "axborot binolari"ni qurishni kiritadi, bu esa shunga o'xshash binolar, masalan, universitetlar va kutubxonalar qurilishi oziq- ovqat mahsulotlarini saqlash uchun moʻljallangan omborxona inshootlari qurilishidan keskin farq qilishini nazarda tutadi. M. Porat o'zining "ikkilamchi axborot sektori"ni tadqiq etganda, u har qanday sohani axborot va noaxborot qismlarga bo'lib oladi. 2. Mehnat mezoni. Bu yerda aholi bandlik tuzilmasi va bu tuzilmaning o'zgarish tendensiyasi ko'rib chiqiladi. Faoliyat yurituvchi jamiyat a'zolarining ko'pchiligi axborot sohasida ishlaganda, jamiyat o'z rivojlanishining raqamli axborotlashgan bosqichiga kirib boradi deb tushuniladi. Bunday yondashuvda axborot jismoniy bo'lmagan mehnat uchun xomashyovazifasini bajaradi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi insonlar bo'lib, ularning asosiy vazifasi axborot yaratish va undan foydalanishdan iborat bo'ladi. Mehnat mezoni amerikalik sotsiolog Deniyel Bell asarlarida o'z nazariy asosiga ega bo'ldi. U har qanday bosqichda butunlay va yaxlit holda mehnatning ustuvor yo'nalishi bilan belgilanadigan ijtimoiy tuzilish turkumlarini taklif qildi. Uning fikricha, industrial rivojlanish davrigacha bo'lgan jamiyatlarda qishloq xo'jalik mehnati asosiy faoliyat turi bo'lgan, industrial jamiyatlarda eng ko'p tarqalgan mehnat manufakturalardagi mehnat bo'lsa,postindustrial jamiyatda bandlikning asosiy turi hizmat ko'rsatish sohasi ustuvorligida namoyon bo'ladi. Bunday o'zgarishlarning asosiy sababini Bell ishlab chiqarish samaradorligining o'sishi tufayli deb tushuntiradi. Ishlab chiqarish unumdorligining o'sishi sababli, jamiyatda o'qituvchilar, shifokor hamda shifoxonalar va shu kabilar sonining oshishi imkoniyati paydo bo'ladi. Industrial jamiyat qanchalik ko'p ne'matlar yaratsa, hizmat ko'rsatish turlari shunchalik ko'payadiki, industrial soha ishchilari hizmat ko'rsatish sohasiga o'tadi. Hizmat ko'rsatish sohasida mehnatni avtomatlashtirish qiyin bo'lgani sababli, ushbu sohada ishlaydigan ishchilar soni industrial ishlab chiqarish unumdorligi o'sgan sayin oshib boraveradi. Shuning uchun ish bilan bandlik keskin pasayib ketishiga mutlaqo o'rin qolmaydi, deb hisoblaydi D.Bell. Yuqoridagi mehnat mezoniga qarshi quyidagi e'tirozlar bildirilgan: mehnatni axborot va noaxborot turlarga ajratishning ob'yektiv usuli mavjud bo'lmaydi. Masalan, temir yo'ldagi yo'naltiruvchilar yo'llar, poyezdlarning harakatlanish jadvali, marshrutlar haqida katta hajmdagi ma'lumotiga ega bo'lishlari kerak. Shunga qaramay, ular industrial asr xodimlariga kiritiladi; Raqamli axborot jamiyatida intellektual va texnik ziyolilardan tashkil topgan yangi sinf jamiyatning rivojlanish omili bo'lib hizmat qiladi. Ushbu sinf a'zolarining soni qanchalik o'sib bormasin, ularning soni aholining band qismidan juda kam bo'lib qolaveradi.



Yüklə 33,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin