Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi.
Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi.
Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo’lishiga qaramay, ular ham «Veda»ning muqaddasligini tan olmagan.
Sankxya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo’lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) yotadi, deb hisoblaydi. Bu yo’nalishga, asosan, olamdagi barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi.