Qadimgi hind madaniyati: qadimgi Hindistonda astronomiya va matematika fanlari yuksak darajada rivojlangan. Hindlar yil hisobining 360 kundan tarkib topgan taqvimini tuzganlar. Hindistonda ixtiro qilingan, hindlarning o‘zi «qo‘shinning to‘rt turi » deb ataydigan o‘yin bugungi kunda butun jahonda «shaxmat» nomi bilan ma’lum va mashhurdir. Qadimiy hind tillari asosida yangi ada biy til bo‘lmish sanskrit tili vujudga kelgan. «Mahabharat», «Ramayana» dostonlari hamda boshqa asarlar ana shu tilda yozilgan bo‘lib, ular bugungi kunga qadar yetib kelgan.
Hindlar ixtiro qilgan shaxmat
donalari
Sanskrit yozuvi
Mil. avv. VI asrda Hindistonda buddaviylik dini vujudga keladi. Bu dining yaratilishi Budda taxallusini olgan shahzoda Siddhartha Gautama nomi bilan bog‘liq. Avvaliga buddaviylarda xudo bo‘lmagan, chunki ular xudolar inson azob-uqubatlarini yengillashtira olmaydi, deb hisoblaganlar. Biroq ko‘p o‘tmay, Buddaning o‘zi xudoga aylanadi. Bugun ham buddaviylik ibodatxonalarida uning haykallarini ko‘rish mumkin.